Umidjon Ergashev (1999-yil 20-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „OKMK“ klubida darvozabon ampulasida oʻynaydi.

Ilk yillar Umidjon Ergashev 1999-yil 20-mart kuni Samarqand viloyatining Chelak qishlogʻida tavallud topgan. Juda kichik yoshidan futbolga kuchli qiziqishi boʻlgan. Buni sezgan oila aʼzolari Umidjonni Nasaf akademiyasiga olib kelishgan. 2017-yilgacha darvozabon Nasaf jamoasining turli yoshdagi jamoalari darvozasini qoʻriqlagan.

Futbolchilik faoliyati Klub faoliyati 2017-yil 1-yanvardan Nasaf klubi bilan shartnoma tuzgan. Shundan buyon turli musobaqalarda 60 ta oʻyinda jamoa darvozasini qoʻriqlagan. Amaldagi shartnomasi 2024-yil 31-dekabrgacha imzolangan boʻlib, transfer narxi 300 000 yevroni tashkil etadi.

2023-yilgi mavsumda Umidjon Oʻzbekiston Superligasida 2 marotaba asosiy tarkibda maydonga tushgan va 180 daqiqa davomida toʻliq harakat qildi. Ushbu 2 ta oʻyinda jami 9 ta toʻp oʻtkazib yubordi va bu uning asosiy tarkib uchun kurashiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Sariq va qizil kartochkalar olmadi. 10 ta oʻyinni zahiradan kuzatdi.

2024-yil 27-dekabrda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Oʻzbekiston terma jamoalarida Umidjon Ergashev 2016-yilda Oʻzbekiston U-19 jamoasiga chaqirilgan va Osiyo chempionatida 2 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2018-yilda Uzbekistan U-20 jamoasiga, 2020-yil esa Oʻzbekiston U-23 jamoasiga chaqiruv olgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga ham bir necha marotaba chaqiruv olgan boʻlsada, hali maydonga tushmagan. +Terma jamoaOʻyinGolDaqiqaOʻzbekiston U-1920180Oʻzbekiston U-2030270Oʻzbekiston U-2320180Oʻzbekiston000 Yutuqlar 2021-yilda Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-23 jamoasi tarkibida Antalya Cup 2021 xalqaro turnirining eng yaxshi darvozaboni deya topilgan. Jamoaviy Nasaf

Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024

Oʻzbekiston Superligasida kumush medal: 2017, 2020, 2023 Oʻzbekiston Superligasida bronza medal: 2022 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2021, 2022, 2023 AFC Kubogi finalchisi: 2021 Manbalar

Havolalar

Umidjon Ergashev Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Samarqand viloyati kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari