Kamolova Xosiyat(toʻliq ismi: Xosiyat Kamolova; 2011-yil 30-mart, Pastdargʻom tumani, Oʻzbekiston SSR) — shoira, tarjimon, bir necha ssenariylar muallifi. „Shuhrat“ medali hamda „Oltin qalam“ milliy mukofoti, Rossiya Yozuvchilar uyushmasining nufuzli „Oltin Ritsar“ kabi mukofotlar bilan taqdirlangan. Hozirda „Kitob dunyosi“ gazetasi bosh muharriri. 2022-yildan Kolumbiyaning The World Poet Movement (Jahon sheʼriyati harakati)ning Oʻzbekistondagi kordinatori. 2015-yil 18-noyabr kuni Londonda Hertfordshire Press Awards adabiy mukofotini topshirish marosimida Xosiyat Rustamovaning „Rangli koʻz yoshlar“ sheʼriy toʻplami „TCritics’ Choice Award“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilgan. Xosiyat Rustamova ayni paytda Oʻzbekiston hamda Ozarbayjon yozuvchilari uyushmasining aʼzosidir.
Uning sheʼrlari bugunga qadar dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan. Jumladan, ingliz, rus, turk, ozarbayjon, arab, alban, vetnam, venger va boshqalar. Ayni paytda shoira Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetining mustaqil tadqiqotchisi.
Tarjimai holi 1971-yil Namangan viloyati, Chust tumani, Olmos qishlogʻida tugʻilgan. 1993-yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning Jurnalistika fakultetini tamomlagan.
2003-yil Oʻzbekiston Milliy universitetining Oʻzbek filologiyasi fakulteti qoshidagi Oliy Adabiyot kursida tahsil olgan. 2021-yil Amerikaning Ayova universiteti Xalqaro yozuvchilar dasturi rezidentidir.
Mukofotlari Xosiyat Rustam 2004-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tarafidan „Shuhrat“ medali va 2016-yil „O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Bir necha xalqaro sheʼriyat festivallarida ishtirok etgan va 2012-yil Turkiyaning Bursa shahrida oʻtkazilgan xalqaro konkursning sheʼriyat yoʻnalishi boʻyicha gʻolibi boʻlgan. 2015-yil Ozarboyjonning Mikoil Mushfiq mukofoti, 2020-yil Nurangiz GUN Xalqaro shoir mukofoti va 2021-yili Rasul Rizo nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan.
2017-yili AMEA Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot Institutining „Ozarboyjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ilmiy va adabiy aloqalar faoliyati uchun“ Faxriy Farmoni berilgan. 2018-yilda esa Tailandda boʻlib oʻtgan xalqaro adabiyot festivalida nazm yoʻnalishi boʻyicha eng oliy mukofotni qoʻlga kiritgan. 2003-yil Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va 2019-yildan Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
2021-yili Naji Naaman nomidagi xalqaro mukofot sovrindori.
2021-yili Rossiya Yozuvchilar uyushmasining nufuzli „Oltin Ritsar“ mukofoti bilan taqdirlangan.
2022-yil Livanda joylashgan Naji Naaman nomidagi Madaniyat jamgʻarmasi (FGC) Xalqaro tashkiloti Xosiyat Rustamning Madaniyatning favqulodda elchisi, deb eʼlon qildi. Londondagi Yunus Emre Institutida Hertfordshire Press nashriyoti tomonidan oʻtkazilgan adabiy mukofotlarni topshirish marosimida shoiraning „Rangin koʻz yoshlar“ toʻplami Alegerea Criticului (Tanqidchi tanlovi) nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topilgan.
Faoliyati Xosiyat Rustam sheʼriyatdan tashqari yozuvchi, dramaturg sifatida ham bir qancha hikoyalar, pyesalar, kinossenariylar yozgan. 2015-yilda „Osmonga sigʻmagan qush“ nomli pyesasi Oʻzbekistondagi yirik teatrlardan biri boʻlgan Muqimiy teatrida Oʻzbekiston Xalq artisti Mirza Azizov rejissyorligida sahnalashtirilgan. Bosh rol 2016-yil „Yilning eng yaxshi“ teatr aktrisasi deb topilgan Dilorom Abduvaliyeva tomonidan ijro etilgan. Xosiyat Rustam ijodi namunalari „Oʻzbek sheʼriyati antologiyasi“da oʻrin egallagan boʻlib, antalogiya „Ladomir nashriyoti“ tomonidan rus tilida nashr etilgan.
Ijodi Xosiyat Rustam modern sheʼriyat vakilasi sifatida tan olingan. Uning ijodida asosan vatan, sevgi, ayol qismati, urush va XXI asr mojorolari bosh mavzu sifatida koʻtarilgan. 2024-yil Xosiyat Rustam dunyo yozuvchilari va shoirlariga „Yer butun insoniyatning uyidir!“ nomli chaqiriq bilan chiqqan. Asli alban amerikalik shoir Vangjush Ziko shoira sheʼriyatining asosiy mavzulari sifatida sevgi-muhabbat, xudo, hayot va oʻlimni sanab oʻtgan. Chaqiriq oʻzbek, ingliz, ozarbayjon, turk, hind, serb tillariga tarjima qilingan. Unda yer sayyorasiga tahlika solayotgan muammolarga bagʻishlangan asarlar yaratish va ularni „Kitob dunyosi“ gazetasida chop etilishi nazarda tutilgan. Ijodida qadriyatlar muhimligiga urgʻu beradigan Xosiyat Rustam dunyoning materialistlar uchun oʻyinchoq boʻlib, XXI asrda globalistlarning taʼsiri kuchayotganini aytgan. Xosiyat Rustamning 2024-yil „Kitob dunyosi“ gazetasida butun dunyo shoir va yozuvchilariga murojaat bilan chiqqan „Yer shari butun insoniyatning vatani“ nomli maqolasi chiqarilganiga hali 3-4 kun oʻtmasdanoq 18 ta: italyan, ingliz, turk, ozarboyjon, qirgʻiz, qozoq, alban, ispan, portugal, hind, neypal, serb va boshqa tillariga tarjima qilindi hamda butun dunyoga mashhur boʻldi. 2022-yil noyabr oyida Xosiyat Rustamning Londonda nashr etilgan "Rangin koʻzoynaklar " kitobi „Tanqidchilar nigohida“ bosh mukofoitiga loyiq deb topilgan edi. Shundan soʻng bu kitob adabiyotshunoslar, shoir-tarjimonlar, keng jamoatchilikda katta qiziqish uygʻotdi va kitob doʻkonlarda qolmay sotilib ketdi. Oqibatda amazon.comda kitob narxi keskin oshdi.
Tarjimalari Tarjimon sifatida Marina Svetayeva, Yevgeniy Yevtushenko, Anna Axmatova, Boris Pasternak, Ramiz Rövşən, Nigor Refibeyli, Rizo Halil, Fozil Kisakurak, Xusnu Dogʻlarja va boshqa koʻplab jahon shoirlarining sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 2015-yildan buyon eng nufuzli „Kitob dunyosi“ gazetasining Bosh muharriri. Xosiyat Rustamning sheʼrlari dunyoning 30 dan ortiq tillariga tarjima qilingan va kitoblari bir necha Xorijiy mamlakatlarda chop etilgan.
Ssenariylari 2016-yili „Gilam“ nomli hikoyasi asosida „Ajal jodusi“ nomli kinossenariy yozgan va rejissyor Hilol Nasimov tomonidan ekranlashtirilgan.
Eʼtirof va tanqidlar Oʻzbekiston xalq shoiri, drama turg Usmon Azim Xosiyat Rustam ijodiga quyidagicha taʼrif bergan:
Alban-amerikalik taniqli shoir, tarjimon Gjekë Marinaj Xosiyat Rustam ijodini quyidagi fikrlari bilan ifoda etgan:
Ozarbayjonlik shoir, tarjimon Ramiz Asker shoiraning ijodiga quyidagicha toʻxtaladi:
Madaniy aloqalar
Uning tashabbusi bilan 2020-yil oktyabr oyida dunyoning bir guruh taniqli shoir, yozuvchi va adabiyotshunoslari Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida boʻlib oʻtgan Qorabogʻ mojarosi tufayli Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga birdamlik maktubi yoʻllashadi. Ushbu mojarolar paytida shoira qorabogʻliklar dardini oʻzida ifoda etgan „Adı Lalə idi o qızın“ („Ismi Lola edi u qizning“) nomli poemasini yozgan va u 2020-yilning oktyabr oyidayoq kitob holida nashrdan chiqqan. Poemada Qorabogʻ urushi yillarida ota-bobolar yurtidan koʻchirilgan Lolaning achchiq hayoti, oilasi, boshidan kechirgan iztirob va qaygʻulari, bolalik xotirasi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, Xosiyat Rustamning Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida boʻlib oʻtgan 44 kunlik urushga atab yozgan „44 kun“ kitobi Ozarbayjonda nashr qilingan.
Xosiyat Rustamova „Kitob dunyosi“ gazetasida dunyoning taniqli adabiyotshunos, yozuvchi va shoirlari bilan uyushtirilgan suhbatlar, ularning ijodini oʻzbek tiliga tarjima qilinib, oʻzbek gazetxonlariga yetib borishida oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Shu bilan birga ularning ayrimlarini — alban-amerikalik shoir, protonizm nazariyasi asoschisi Gjekë Marinaj hamda ozarbayjonlik siyosatchi, jurnalist Ganira Pashayeva va boshqalarni Oʻzbekistonga taklif qilgan. Xosiyat Rustam haqida mashhur shoirlar, yozuvchilar va adabiyotshunoslar yozgan maqolalar va esselar asosida tayyorlangan „XOSIYAT“ nomli kitob oʻzbek tilida Oʻzbekistonda va „KHOSIAT“ ingliz tilidagi nashri esa Londonning „EGG London“ nashriyotida nashrga tayyorlangan. 2022-yil Xosiyat Rustam hayoti va ijodi haqida Ozarboyjon TV va Oʻzbekiston TV hamkorlikda ikki qismli film suratga olish rejalashtirilgan.
2024-yil 25-yanvar kuni Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasi tashabbusi bilan Xosiyat Rustamovaning ozarbayjon tiliga tarjima qilingan asarlari taqdimoti boʻlib oʻtgan. Ozarbayjon adabiy muhitiga yaqinligi bilan bilingan shoira har yili oʻtkaziladigan „Xoʻjali qirgʻini“ni xotirlash tadbirlarida ishtirok etib keladi.
Oʻzbekistonda chop etilgan kitoblari +Asar nomiNashriyotiNashr etilgan yili"Osmondagi uy"Gʻ. Gʻulom nashriyoti1997"Najot".Maʼnaviyat nashriyoti2003"Rido"Yangi asr avlodi2004"Yupanch"Namangan nashriyoti2005"Devor"Gʻ. Gʻulom nashriyoti2006"Avgust"Yangi asr avlodi2008"40:0"Akedemnashr2011"Ishgʻol"Akedemnashr2011"Unitilgan yillar"Orzu nashriyoti2014"Bebosh bulutlar"Oʻzbekiston2019"Tunning boshi qorongʻu"Yangi asr avlodi2021"Sargardon soyalar"Adabiyot2021"Jigarrang daftar"Gʻ. Gʻulom nashriyoti2021"44 kun"Arjumand media2021
Xorijda chop etilgan kitoblari +Asar nomiChop etilgan tiliNashriyotiNashr etilgan yili"Ertasi yoʻq kunlar".turk tilidaYeni kitaplar nashriyoti2006"Qoʻrqinch"ozarbayjon tilidaVektor nashriyoti2008"Muhabbat anatomiyasi"qozoq tilidaUsh Kiyan nashriyoti2019"Rangin koʻz yoshlar"ingliz tilidaEGG London nashriyoti2020"Shabboʻ"tojik tilidaBalogʻat nashriyoti2020"Ikki quyosh"turk tilidaGünce Yayinlari nashriyoti2020"Shamolning vajohati"vyetnam tilida.NHA XUAT BAN HOI nashriyoti2020"Layli daraxtlar"ozarbayjon tilidaAvropa2020"Ismi Lala edi u qizning"ozarbayjon tilida.Avropa nashriyoti2020"Majnun tol"ozarbayjon va oʻzbek tillaridaTürksoy nashriyoti2020"Tushovlangan shamol"belarus tilida.Vishnyooʻka nashriyoti2021"Tutqunlikdagi ozodlik"tatar tilidaDolya nashriyoti2021"Hovuchimdagi yulduz"ukrain tilidaBurago nashriyoti2021"Koʻngil izidan"serb tilida.Liberland Art nashriyoti2021"Bir hovuch shamol"turkman tilidaGünce Yayinlari nashriyoti2021"Sakkiz"rus tilidaChetire nashriyoti2021"Men qazip ochındamın"qozoq tilidaAnnur Sana nashriyoti2022"Oʻn uchinchi oy"ispan tilidaAyame-Editotial nashriyoti2022"Ochiq derazalar"qoraqalpoq tilida"Bilim" nashriyoti2022"Meni yuraklardan qidir"ingliz tilida.Mundus Atrium Press nashriyoti2023"Rangsiz koʻzyoshlar".arab tilidaHassanbook nashriyoti2023"Sheʼrlar va Kundaliklar"rumin tilida.Bistrita-Nasaud nashriyoti2023
Manbalar
Havolalar Özbək şairəsi Xasiyyət Rüstəm: „Elə bilirdim, Şuşanın hər daşını, hər yerini, hər ağacını tanıyıram“ Sheʼr sehri. Xosiyat Rustamova | Sheʼr sehri. Xosiyat Rustamova Surayyo Mansurova va Xosiyat Rustamova Hayot va Xayol yoʻllarida „Doʻstlar davrasida“ | Oʻzbekistonning eng yosh yozuvchilaridan biri, shoira Xosiyat Rustamova 05.02.2022 Xosiyat Rustamova. Oʻzimni qancha koʻp ehtiyot qilmay, Sening sogʻinchingni yuqtirib oldim… Ijodiy uchrashuv | Oʻzbekistonning eng yosh yozuvchilaridan biri, shoira Xosiyat Rustamova 21.01.2021 Xosiyat Rustamova, poet, Uzbekistan Khosiyat Rustamova Hayot va xayol yoʻllari | Shoira Xosiyat Rustamova 14.03.2021 Oʻzbekistonda Xosiyat Rustamovaga bagʻishlangan „Xosiyat“ hujjatli filmi taqdimoti boʻlib oʻtdi Oʻzbekiston, adabiyot: …Hayotning qoʻrqinchli joyiga etib kelganday…- BBC Uzbek Hertfordshire press award 2022 Oʻzbek shoirasining kitobi Londonda nashr etildi উজবেকিস্তানের কবির রবীন্দ্র প্রেম Azərbaycanın özbək qızı! Xasiyyat Rüstəmovanın „44 gün“ kitabının təqdimatı oldu — REPORTAJ XASİYYƏT RÜSTƏM _44 GÜN
Turkum:Oʻzbekistonlik shoiralar Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oltin qalam milliy mukofoti sohiblari