+ Minoy sivilizatsiyasicenter|thumb|273x273px|Minoy davri Krit oroli xaritasiGeografik chegaralariKrit oroli, Egey dengizidagi qoʻshimcha manzilgohlarDavrBronza davriBoshlanish va yakunlanish sanalariM. av. 3100 – 1100 yillarAsosiy manzilgohlarKnossos, Phaistos, Hagia Triada, Malia, ZakrosOldingi sivilizatsiyaNeolit davri Krit oroliKeyingi sivilizatsiyaMikena Grek sivilizatsiyasi Minoy sivilizatsiyasi – Krit orolidagi Bronza davri sivilizatsiyasidir. Mahobatli arxitekturasi va joʻshqin tasviriy sanʼati bilan tanilgan ushbu sivilizatsiya koʻpchilik tomonidan Yevropa qitʼasidagi dastlabki sivilizatsiya sifatida tan olingan.
Minoy sivilizatsiyasi orolda oldin mavjud boʻlgan Neolit davri madaniyatidan tahminan m.a. 3100 yillarda oʻsib chiqqan boʻlib, m.a. 2000 yillar atroflarida murakkab shaharlashuv alomatlari yuzaga kela boshlagan. Tahminan m. a. 1450-yillar atroflarida Minoy sivilizatsiyasi qitʼadagi MIkena yunon sivilizatsiyasining madaniy, ehtimol siyosiy taʼsir doirasiga tushib qoladi va natijada shakllangan qorishma madaniyat m. a. 1100 yillarga qadar davom etadi.
Minoyliklar ulkan binolar barpo etishgan boʻlib, dastlabki arxeologlar bu binolarni saroylar deb atashgan. Keyinchalik oʻtkazilgan tadqiqotlar bu binolar shunchaki hukmdorlar turar joylari emas, balki turli xil diniy va iqtisodiy tadbirlar oʻtkaziluvchi manzillar ekanini koʻrsatdi. Lekin bu binolarning Minoy jamiyatida aniq qanday rol oʻynagani hali-hanuz tadqiqotchilar bahs-munozarasiga sabab boʻladi. Ushbu saroylar odatda ulkan toʻrtburchak hukmdor zali va uni oʻrab turuvchi koʻp qavatli xonalar va boʻlmalar, labirintsimon yoʻlaklardan iborat boʻlgan. Knossos va Phaistos xarobalari bugungi kunda ham yirik turistik manzillar hisoblanadi.
Minoy sivilizatsiyasi sanʼati namunalari qatoriga bezakli kulolchilik buyumlari, muhrlar, kishik haykalchalar va rangin freskalarni keltirish mumkin. Tadqiqotchilar fikricha, Minoy sivilizatsiyasi vakillari asl freskani ixtiro qilishgan boʻlib, bunda devorga surilgan boʻyoq devorning bir qismiga aylanishiga erishiladi. Sanʼat asarlarlarida tanlangan odatiy mavzular tabiat va turli marosimlardir. Minoy sanʼati fantastik, yoki ekstatik sifatga ega boʻlib, asarlarda obrazlar harakatda aks ettirilgan.
Minoy sivilizatsiyasining ijtimoiy tabaqalanishi haqida bizga juda oz maʼlumotlar maʼlum. Dafn marosimlari va xonaki arxitektura ijtimoiy tabaqalanish mavjudligidan dalolat beradi, lekin Minoy tasviriy sanʼatida hech qanday shubhasiz hukmdor tasvirini uchratmaymiz. Lekin Qadimgi Misr solnomalarida Minoyliklarning muayyan davlat boshqaruv tizimiga ega ekanliklari keltiriladi. Xuddi shu yoʻsinda, baʼzi manzilgohlar siyosiy va iqtisodiy jihatdan bir-biri bilan bogʻliq tuyilsada, birlashgan Minoy davlati, yoki davlatlari mavjud boʻlgani ham aniq emas. Diniy amaliyotlar sifatida tepaliklardagi ibodat manzilgohlari va muqaddas gʻorlarda sigʻinish amaliyotini keltirish mumkin, biroq Minoyliklar Panteoni yoki xudolari haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas.
Minoyliklar Egey dengizi va Sharqiy Oʻrta yer dengizi boʻylab keng koʻlamli savdo aloqalarini olib borishgan. Ular odatda qishloq xoʻjalik mahsulotlari va qimmatbaho hunarmandchilik buyumlarini eksport qilib, evaziga orolda topilmaydigan metallarni import qilishgan. Savdogarlar va hunarmandlar orqali Minoy madaniyati Krit sarhadlaridan oʻtib, Kikladlar, Kipr, Misr, Italiya, Anatoliya va Levantgacha yetgan. Minoylik sanʼatkorlar huroj davlatlari hukmdorlari tomonidan yollangan boʻlib, bunga misol sifatida Misrdagi Avaris freskalarining Minoylik usta-sanʼatkorlar tomonidan ishlanishini keltirish mumkin.
Minoyliklar ikki yozuv oʻylab topishgan boʻlib, ular Krit ierogliflari va Chiziqli A deb nomlanadi. Bu yozuvlarning hech biri zamonaviy olimlar tomonidan oʻrganilmagani tufayli, Minoyliklarning tili borasida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Mavjud maʼlumotlarga asoslangan holda olimlar Minoyliklar tili Hind-yevropa, yoki Som kabi mashhur va maʼlum til oilasiga tegishli boʻlmaganini faraz qilishadi. M. a. 1450-yillardan keyin Chiziqli A alifbosining oʻzgargan koʻrinishi boʻlmish Chiziqli B alifbosi Mikena yunon tilida qoʻllangan va bu til Kritda davlat boshqaruvi tili hisoblangan. Bir nechta Bronza davridan keyingi yozuvlarda qoʻllangan Eterokrit tili Minoy tilidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin degan tahminlar mavjud.
Soʻnggi Bronza davri inqirozidan keyin asosan unutilgan Minoy sivilizatsiyasi XX asr boshlarida arxeologik qazishmalar orqali qayta kashf etildi. „Minoy“ atamasi „Minoan“ shaklida britan arxeologi Arthur John Evans tomonidan muomalaga kiritilgan boʻlib, Artur Evans Knossos saroyini qazishda ishtirok etgan va uni qitʼadagi Mikena madaniyatidan oʻzgacha ekanini aniqlagan. Koʻp oʻtmay, Federico Halbherr va Luigi Pernier Phaistos saroyi va uning yaqinidagi Hagia Triada manzilgohida qazishma ishlarini olib borishgan. Sohada yirik siljish 1952-yilda Michael Ventris Alice Kober tomonidan olib borilgan oldingi tadqiqotlarga tayangan holda Chiziqli B alifbosini qayta kashf etishi bilan sodir boʻldi. Bu kashfiyot Minoy sivilizatsiyasining soʻnggi davrlaridagi iqtisodiy tizim va ijtimoiy tartibotlar boʻyicha koʻplab qimmatli maʼlumotlarning aniqlanishiga imkon yaratdi. Minoy sivilizatsiyasi manzilgohlarida bugungi kunda ham qazishma ishlari davom etmoqda va Armenidagi qabristonda va Kommos port shaharchasida yaqinda kashfiyotlar amalga oshirildi.
Nomi thumb|Knossosda topilgan Buqa oʻyinchisi freskosi „Minoy“ atamasi afsonaviy podshoh Minos nomidan olingan boʻlib, qadimgi yunonlar Minosning uzoq oʻtmishda Knossosda hukm surgani toʻgʻrisida soʻzlashgan. Bu nom Artur Evans tomonidan ommalashtirilgan boʻlib, bunga Karl Hoeck tomonidan oldinroq ilgari surilgan taklif sabab boʻlgan boʻlishi ham mumkin. Bu atama zamonaviy atama boʻlib, Minoyliklar bundan oʻzlari foydalanishmagan va ularning oʻzlari uchun bergan nomlari biz uchun nomaʼlum.Karadimas, Nektarios; Momigliano, Nicoletta (2004). „On the Term 'Minoanʼ before Evans’s Work in Crete (1894)“ (PDF). Studi Micenei ed Egeo-anatolici. 46 (2): 243–258. Qadimgi misrliklar Minoyliklarni „Keftiu“ (k-f-t-i-w) deb nomlashgan.
Xronologiya va tarixi +Minoy xronologiyasi M.av. 3100–2650Ushbu xronologiya Manning (2012) maʼlumotlariga asoslanadi. Bu yerda keltirilgan mutlaq sanalar radio-uglerod sana aniqlov tizimi maʼlumotlariga asoslanadi va ular boshqa manbalarga toʻgʻri kelmasligi mumkin. QMI Pre-palatal M.av. 2650–2200 QMII M.av. 2200–2100 QMIII M.av. 2100–1925 OʻMIA M.av. 1925–1875 OʻMIB Proto-palatal(Qadimgi saroy davri) M.av. 1875–1700 OʻMII M.av. 1750–1700 OʻMIII Neo-palatal(Yangi saroy davri) M.av. 1700–1625 SMIA M.av. 1625–1470 SMIB M.av. 1470–1420 SMII Post-palatal M.av. 1420–1330 SMIIIA M.av. 1330–1200 SMIIIB M.av. 1200–1075 SMIIIC Minoyliklar tarixini oʻrganishda ikkita nisbiy xronologik tizimlar qoʻllanadi. Ulardan birinchisi kulolchilik buyumlari naqshlaridagi oʻzgarishlarga asoslangan boʻlib, unga koʻra Minoy sivilizatsiyasi tarixi uch davrga boʻlinadi: Qadimgi Minoy (QM) Oʻrta Minoy (OʻM) va Soʻnggi Minoy (SM). Bu davrlarning har birini ham Rim raqamlardan foydalangan holda davrlarga boʻlish mumkin (masalan, QM I, QM II, QM III) va bosh harflardan foydalanib, bularni ham davrlarga boʻlish mumkin (masalan, SM IIIA, SM IIIB, SM IIIC). Ikkinchi tizim grek arxeologi Nikolaos Platon tomonidan taklif qilingan boʻlib, unda Minoy sivilizatsiyasi tarixi toʻrt davrga boʻlinadi va bu davrlar Pre-palatal (saroy qurilishidan oldingi), Proto-palatal (saroy qurilganidan keyingi dastlabki davr), Neo-palatal (saroy qurilishining soʻnggi davrlari) va Post-palatal (vayron etilgandan keyingi davr) davrlardir. Palata – saroy, yaʼni Knossosdagi podshoh saroyining qurilishi murojaat murojaat nuqtasi sifatida olingan.
Bu borada mutlaq xronologiyani oʻrnatish mushkul. Arxeologlar Minoy tarixi bilan oʻsha davrda yashagan va biz uchun koʻproq maʼlum boʻlgan boshqa sivilizatsiyalar tarixidagi voqealarni solishtirish orqali Minoy sivilizatsiyasida sodir boʻlgan voqealar kalendarini ishlab chiqishga urinishgan. Misol uchun, Minoy tarixining SM IB qismiga tegishli boʻlgan topilmalar Qadimgi Misr 18-chi sulolasi davri topilmalari orasida topilgan va Qadimgi Misr xronologiyasi bu sulola davrida sodir boʻlgan voqealar uchun kalendarga ega. Lekin bu yoʻl bilan aniqlangan sanalar har doim ham uglerod sana-aniqlovi yoki shunga oʻxshash boshqa tabiiy fanlarga asoslangan sana aniqlovi metodlari natijalari bilan mos tushmaydi. Bunga misol sifatida Thera vulqoni otilishi sanasini aniqlash borasidagi bahslarni keltirish mumkin. Bu voqea SM IA davri soʻngida sodir boʻlgan, lekin karbon sana aniqlovi natijalariga koʻra bu voqea tahminan m. a.1600 yillarga toʻgʻri kelsa (shunday ekan, SM IA), Qadimgi Misr solnomalari bilan solishtirish metodi bu sanani tahminan bir asrcha keyin sodir boʻlganini koʻrsatadi.
Kelib chiqishi Tosh-qurollar topilmalari gomininlarning Kritga 130,000 yil oldin yetib borganidan dalolat bersada, anatomik jihatdan zamonaviy koʻrinishga ega boʻlgan insonlar Kritda 10,000 – 12,000 yildan beri yashab kelmoqda. Kritda eng qadimgi inson istiqomati dalili sifatida m. av. 7000 yillarga borib taqaluvchi Neolit davri ziroatchilar jamoasi qoldiqlarini keltirish mumkin. Neolit davri aholisi ochiq qishloqlarda hayot kechirganlar. Qirgʻoqlarda baliqchilar kulbalari topilgan boʻlsa, Messara tekisligi qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanilgan.
Qadimgi Minoy left|thumb|Qadimgi Minoy davriga oid qush shaklida ishlangan idish. Qadimgi Minoy jamiyati asosan oldingi Neolit davri jamoalaridan kelib chiqqan boʻlib, sharqda yashovchi aholidan muayyan darajada madaniy taʼsir, ehtimol aholi koʻchib kelishi ham kuzatilgan. Bu davrda shuningdek mahalliy, klanlarga asoslangan qishloq maʼmuriyatlaridan shaharlashgan, tabaqalashgan jamiyatga oʻtish jarayoni boshlangan.
QM I davrida dastlabki boʻyoq bilan bezatilgan kulolchilik buyumlari yaratila boshlangan. Neolit davrida boshlangan jarayon davom etib, aholi manzilgohlari tobora oʻsib, murakkablashib bordi. Minoyliklar murakkab sharoitlarni ham oʻzlashtirishni boshlashi bilan manzilgohlar quyidagi serhosil tekisliklardan tepaliklar tomon kengayib bordi.
QM II davri odatda baynalmilal davr deb ataladi. Savdo aloqalari kengayib, Minoy kemalari Egey dengizidan tashqariga chiqishni, Misr va Suriya tomonga suzishni boshladi va bunga yelkanli kemalarning ixtiro qilinishi ham yoʻl ochgan boʻlishi mumkin. Ushbu davr Minoy moddiy madaniyati ham tashqi taʼsirning kuchayganini koʻrsatadi. Masalan, Yaqin Sharqda mavjud boʻlgan muhrlar andozasida yangi Minoy muhrlari qabul qilinadi. Minoy manzilgohlari oʻzim, hajman ikki karraga kengaygan, keyinchalik saroylar boʻluvchi hududlarda yangi mahobatli binolar barpo etilgan.
QM III davrida ham yuqoridagi trendlar rivojlanishda davom etdi.
Oʻrta Minoy thumb|Knossos saroyining Gʻarbiy fasadi. Boshqa saroylar kabi bu saroy ham Oʻrta Minoy davrida barpo etilgan lekin butun tarixi davomida yangilanib, taʼmirlanib turgan. OʻM I davrida proto-palatal jamiyat shakllandi. OʻM IA davrida Knossos, Phaistos va Malia kabi manzilgohlar aholisi shiddat bilan oʻsib, yirik qurilish ishlari olib borilgan. OʻM IB davrida shu hududlarda, yaʼni Neolit davridan buyon umumiy marosimlar oʻtkaziluvchi hududlarda dastlabki saroylar qad koʻtargan. Oʻrta Minoy hunarmandlari rang-barang boʻyoqlar ishlab chiqishgan va OʻM IB davrida kulolchilik gʻildiragidan foydalana boshlashgan.
OʻM II davrida Minoy yozuvlari boʻlmish Krit ieroglifi va Chiziqli A yozuvlari ishlab chiqilgan. Bu davr ommaviy vayronagarchiliklar davri bilan nihoyasiga yetadi. Bu vayronagarchiliklar odatda zilzilalar bilan bogʻlasada, baʼzilar buni inson qoʻli bilan sodir etilganini tahmin qiladi.