Vladislav Stepanovich Kazakov,(, 1941-yilda tugʻilgan) – turkmanistonlik va rossiyalik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi. Kazakov yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. U Rossiya fuqaroligiga ham ega.

Klub faoliyati 1959-yil Vladislav futbolchilik faoliyatini Ashxobodning Köpetdag klubida boshlagan. Klub oʻsha paytda „Köpetdag Stroitel“ deb nomlangan. 1965-yilgi mavsumda Charjouning Zahmet klubida oʻynagan. 1965-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Toshkentning „Paxtakor“ klubiga taklif qilingan.

1967-yilda u Ashxobodning „Stroitel“ jamoasiga qaytib kelgan va u yerda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiy sifatida ish boshlagan. 1988-yilda u oʻzining futbolchilik faoliyatini boshlagan jamoasi Köpetdag Ashxobodni boshqargan. Keyinchalik esa murabbiylar shtabida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Irrigator futbol klubi (Turkmaniston) futbolchilari Turkum:Turkmaniston futbol murabbiylari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Kopetdag futbol klubi murabbiylari