Igor Petrovich Taran (; 23-may 1971-yil) – ukrainalik sobiq futbolchi, himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyati Kiyevning „Dinamo“ klubi maktabi tarbiyalanuvchisi, 1989-yilda SSSR futbol federatsiyasi kubogida asosiy jamoa tarkibida 1 ta oʻyin oʻtkazgan. 1992—1995-yillar oraligʻida Kiyev klubi oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan. Igor dastlab asosiy jamoa tarkibida mashgʻulot olib borgan va keyinchalik Dinamo-2 farm jamoasi tarkibida oʻynagan.
„Bukovina“ jamoasi tarkibidada ijara asosida oʻynab, Ukraina oliy ligasida debyut qilgan. 1998-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi boʻlgan „Doʻstlik“ jamoasi tarkibida faoliyat olib borgan.
Terma jamoadagi faoliyati 1995-yilda u Yaponiyada boʻlib oʻtgan Universiadada Ukraina talabalar jamoasi aʼzosi sifatida ishtirok etgan. Turnir yakuniga koʻra ukrainaliklar 4-oʻrinni egallagan.
Havolalar
Igor Taran Footbookru saytida Igor Taran Footballfactsru saytida
Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:23-mayda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Dinamo Kiyev futbolchilari Turkum:FC Dinamo-2 Kiyev futbolchilari Turkum:FC CSKA Kiyev futbolchilari Turkum:FSC Bukovyna Chernivtsi futbolchilari Turkum:MFC Mykolaiv futbolchilari Turkum:FC Fakel Varva futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari