Jizzax viloyat bolalar kutubxonasi — Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi kutubxona. Muassasa 1974-yilda tashkil etilgan. Dastlab Jizzax viloyat bolalar kutubxonasi sifatida faoliyat yuritgan. 1994-yilda kutubxona Sh. Rashidov nomidagi Jizzax viloyat ilmiy-universal kutubxonasi bilan birlashtirilgan.

Fondi va moddiy-texnik bazasi

Kutubxona fondida 40 300 dan ziyod adabiyot hamda 100 dan ortiq boshqa nashr mavjud. Fond tarkibiga fanning turli sohalariga oid, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop nashrlar, ijtimoiy-siyosiy kitoblar, jurnallar, O‘zbekiston va Rossiyada nashr etilgan bolalar hamda kattalar uchun gazeta va jurnallar, ensiklopediyalar va lugʻatlar, CD-ROMlar, video va audio kassetalar kiradiJizzax viloyat bolalar kutubxonasi — Davaktiv.

Kutubxonaning moddiy-texnik bazasida 48 ta kompyuter mavjud boʻlib, ulardan 23 tasi internet tarmogʻiga ulangan. Shuningdek, kutubxona fondida bolalar oʻqishi boʻyicha ilmiy-uslubiy va bibliografik nashrlar mavjud.

Tarixi

Jizzax viloyat bolalar kutubxonasi 1974-yilda tashkil etilgan. 1994-yilda kutubxona Sh. Rashidov nomidagi Jizzax viloyat ilmiy-universal kutubxonasi bilan birlashtirilgan. 2006-yilda uning negizida Viloyat Axborot-resurs markazi tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qaroriga asosan, 2022-yil 1-martdan muassasa Viloyat bolalar kutubxonasi sifatida qayta tashkil etilgan.2006-yilda Viloyat Axborot-resurs markazi tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qaroriga asosan, 2022-yil 1-martdan boshlab muassasa Viloyat bolalar kutubxonasi sifatida qayta tashkil etilgan. Joylashuvi

Jizzax viloyat bolalar kutubxonasi Jizzax shahrining Jizzaxlik mahallasida, Hamid Olimjon va Zulfiya bogʻida joylashgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi kutubxonalar