Yegor Ship (haqiqiy ismi, familiyasi Yegor Vladimirovich Korablin; 2002- yil 12-fevralda tugʻilgan, Moskva) — rossiyalik videobloger, xonanda.

Biografiyasi 2002-yil 12 fevralda Moskvada tugʻilgan. Igor Krutoyning musiqa akademiyasida tahsil olgan. 2018-yilda Dmitriy Guberniyev, Olimpiada Tetich va ushbu akademiyaning yana bir talabasi Mila Shevich bilan birgalikda Artekda boʻlib oʻtgan „Junior Eurovision“ qoʻshiq tanlovining Rossiya milliy saralash bosqichi finaliga boshlovchilik qilgan. Shuningdek, NTV kanalida Katya Maneshina bilan birgalikda „Super Deti Fest“ televizion loyihasini olib borgan. 2019-yilda oʻz faoliyatini videobloger sifatida boshladi, Yegor Dexterning kanalida „boy maktab oʻquvchisi“ rolini oʻynaydi. Har bir epizod shunga oʻxshash ssenariy boʻyicha davom etdi: ular Yegor Ship yoki boshqa maktab oʻquvchisiga tashrif buyurishdi va u esa oʻzining hashamatli mashinalari va uyini koʻrsatadi. Aslida, bularning barchasi suratga olish paytida ijaraga olingan. „Ushbu shouda hamma narsa haqiqiy boʻlmagan, lekin hamma bizni qandaydir boyvachchalar deb hisoblashardi“, deydi Ship. 2019-yil 20-avgustda Ship YouTubeda oʻz kanalini ochdi. Videolarning mavzulari oʻz hayotidan lavhalar, qiyinchiliklari va hazillarni oʻz ichiga olgan. Birinchi yilda uning kanaliga deyarli ikki million kishi obuna boʻldi. Bundan tashqari, Yegor Youtuber Pasha Dvoretskiy bilan hamkorlik qilib, „Bolshe menshe“ kanalida pranklarda rol oʻynaydi. 2020-yilda Hype House Rus tik-toker uyi asoschilaridan biriga aylandi, ammo tez orada shartlarni buzgani uchun haydaldi. Keyin Freedom Team Housega asos solgan, lekin, baʼzi manbalarga koʻra, u yerdan ham ketgan. Bahorda Make It Music leyblida „Fake Love“ trekini chiqarish orqali musiqiy karyerasini boshladi. 28-may kuni „DIOR“ trekini chiqardi. 1-iyun kuni YouTubeda klipini joylashtirildi. Iyun oyining oxirida „Kak tvoi dela?“ treki va 1-iyulda esa klipi chiqdi. Yegor bu qoʻshiqni Valya Karnavalga bagʻishlagan. Iyul oyining oxirida „Pikachu“ nomi ostida Mia Boyka bilan duet qoʻshigʻini taqdim etdi, qoʻshiq TopHit portali tomonidan eʼlon qilinadigan YouTubedagi eng mashhur musiqiy videolar chartida birinchi oʻrinni egalladi. Atigi 50 ming rublga suratga olingan klip YouTubeda juda mashhur boʻlaib ketadi. 13-avgustda Pasha Lim ishtirokida „Gameboy“ deb nomlangan treki chiqadi. 17-sentyabrda „Ne grusti“ yakkaxon qoʻshigʻi chiqdi. 9-oktyabr kuni Ganvest bilan birgalikda „Bezalkogolnoye vino“ treki chiqadi. Shu kuni qoʻshiq uchun olingan videoklip ham chiqarildi. 12-noyabrda Rus bilan ijro qilgan „Ne vlyublyus“ nomli qoʻshigʻi chiqdi. 2-dekabrda „Nevidimka“ yakkaxon treki, 8 dekabrda esa videoklipi chiqdi. 2021-yil sentyabr oyida qoʻshiqchi Make It Music leyblidan Black Star Incga oʻtayotgani maʼlum boʻldi. 2023-yilda STS telekanalidagi „Faktor straxa“ shousida ishtirok etdi va u yerda 300 000 rubl yutib oldi.

Shaxsiy hayoti 2020-yil boshidan Valya Karnaval bilan uchrashadi, ammo oʻsha yilning yozida ular ajralishdi.

Manbalar

Turkum:Black Star Mafia a`zolari Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:18-fevralda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar