Anna Aleksandrovna Pokrovskaya (1999-yil 15-dekabr, Volgograd) – Anya Pokrov nomi bilan tanilgan, rossiyalik videobloger (tiktoker, youtuber) va xonanda. TikTok Dream Team Housening birinchi tarkibi aʼzosi (2020-yil mart oyidan beri). 2020-yil oktyabr oyida Forbes Russia uni eng koʻp haq toʻlanadigan TikTokerlar roʻyxatida 9-oʻringa qoʻygan. Internetda Antigrustin va Avokado taxallusidan ham foydalanadi.
Biografiyasi 1999-yil 15-dekabrda Volgogradda tugʻilgan. Anyaning onasi Volgograddagi „Kaustik“ kimyo zavodida, otasi esa Lukoyl neftni qayta ishlash zavodida ishlagan. Anya 4 yoshida boʻlganida ota-onasi ajrashishdi. Anya onasi bilan bir xonali kvartirada qoldi. Anya musiqa maktabida oʻqigan, doʻmbira sinfini tamomlagan. Bundan tashqari, bolaligidan raqsga tushishni yaxshi koʻrgan va shu bilan shugʻullangan. Oilada pul kam boʻlganligi sababli, oʻsmirlik davrida Anya oʻzi varaqalar tarqatib, kichik kafelarda ofitsiant boʻlib, yarim kunlik ish bilan pul ishlashni boshladi. Oʻrta maktabni tugatgach, Volgograd davlat sanʼat va madaniyat institutiga „teatr tomoshalari va bayramlar rejissyori“ mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga kiradi. 2020-yil mart oyidan beri Anya Moskvadagi Tiktokerlar Dream Team Houseda istiqomat qiladi. U yerga taklif qilingan paytda Anya hali ham Volgogradda yashardi, shuning uchun darhol koʻchib oʻtishga qaror qilmaydi. Oʻsha yilning may oyida oʻzining musiqiy karyerasini boshlanadi, „Ne igra v Sims“ debyut singlini chiqaradi. Ushbu qoʻshiq uchun olingan videoklipda Anyaning tiktoker doʻstlari Danya Miloxin, Artur Babich va boshqalar qatnashgan. Artur Babich bilan tandemda Amerikaning „Total Blackout“ telekoʻrsatuvining ruscha shaklida rol oʻynadi. Koʻrsatuv STSda 13-sentyabr, yakshanba kuni boshlangan. Ular oʻsha kuni koʻrsatilgan birinchi epizodda ishtirok etishdi va gʻalaba qozonishdi. 2020-yil 21-sentyabrda Anya oʻzining ikkinchi singli „Paren iz sela“ni chiqardi. Anyaning soʻzlariga koʻra, qoʻshiq ataylab gʻayrioddiy uslubda yaratilgan, stilistik jihatdan uni zamonaviy shanson deb atash mumkin. 2020-yil 10-dekabrda Mia Boyka bilan duetda „Snejinka“ yangi yil qoʻshigʻini chiqaradi. 2021-yil yanvar oyida sobiq sevgilisiga bagʻishlagan „Posledniy predatel“ qoʻshigʻini chiqardi. 2021-yil 3-iyunda „Ti svoboden“ qoʻshigʻini, 14-iyunda esa Asiya bilan birga yozilgan „Lyubov s kartinki“ qoʻshigʻini chiqardi. 2021-yil noyabr oyida TNT Music musiqa kanali Anya Pokrov boshchiligidagi „Svetotvet“ nomli shouni boshlaydi. 2022-yil fevral oyida TNT kanalidagi „Afrikadagi yulduzlar“ shousining ikkinchi mavsumida ishtirok etdi va u yerda uchinchi oʻrinni egalladi. 2022-yilda AQShda yashagan. 2023-yilda Rossiyaga qaytib keldi. Kanali mavzulari TikTok uchun hazil-mutoyiba, raqslar va qoʻshiqlar suratga oladi. 2020-yil may oyida Anya blogerlar olamidagi yangiliklarga bagʻishlangan YouTube kanalini ishga tushirdi. Reytingi Forbes maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp maosh oluvchi tiktokerlar orasida 9-oʻrin; 2020-yilda Rossiyada eng tez rivojlanayotgan Instagram blogerlarining 20 taligi – 3-oʻrin; TikTokning eng yaxshi 5 ta qoʻshiqchi yulduzi – 3-oʻrinni egallagan Manbalar
Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:15-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar