Tan olinmagan Arsax Respublikasida navbatdan tashqari bilvosita prezidentlik saylovlari 2023-yil 9-sentyabrda boʻlib oʻtdi. Saylovga qadar Milliy Assambleya Prezidenti prezident vazifasini bajardi. Yagona nomzod Samvel Shahramanyan mavjud 23 deputatlar tomonidan 22-1 nisbatdagi ovoz bilan saylandi. Bir qancha davlatlar va millatlararo tashkilotlar, jumladan Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi saylovlarni noqonuniy deb eʼlon qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham oʻtkazilgan saylovlar tan olinmasligini maʼlum qildi.

Manbalar