Oleg Anatoliyevich Mozgoviy (; 1982-yil 24-mart,Ukraina SSRda tugʻilgan) — ukrainalik nafaqadagi futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Klub faoliyati Kiyevning „Vostok“ klubi tarbiyalanuvchisi, 1998—1999-yillarda Ukraina bolalar va oʻsmirlar futbol ligasida (DUFLU) ushbu klub safida toʻp surgan. Futbolchilik faoliyatini 1999-yilda Ukraina havaskorlar chempionatida ishtirok etgan „Obolon-2“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1999-yil yozida Vengriyaga yoʻl olib, u yerda „Dunaferr“ klubi bilan shartnoma imzolaydi, biroq darhol Vengriyaning quyi diviziondagi boshqa bir klubi — „Erd“ jamoasiga ijaraga beriladi va yil oxirigacha shu jamoada oʻynaydi. 2001-yilda Ukrainaga qaytib, Dnepropetrovskning „Dnepr“ klubi bilan shartnoma imzolaydi, ammo asosiy jamoa tarkibiga kira olmagach, yil oxirigacha dnepropetrovskliklarning farm-klublari — „Dnepr-2“ va „Dnepr-3“ jamoalarida toʻp suradi. 2002-yil boshida Irpin shahrining „Nafkom-Akademiya“ jamoasi tarkibini kuchaytiradi va „Dnepr“ bilan shartnomasi yakunlanguniga qadar u yerda ijara asosida oʻynaydi. 2004-yildan boshlab yana xorijda toʻp surishni boshlaydi va Litvaning „Shilute“ klubi bilan shartnoma imzolaydi. 2004-yilning yozida „Kaunas“ jamoasi safiga qoʻshildi (oʻsha yilning oktyabr oyida „Kaunas“ning farm-klubi boʻlgan „Yegeray“da toʻp surdi), keyingi yili esa Isroilning „Hapoel“ (Petax-Tikva) klubiga oʻtdi. Shundan soʻng yana Ukrainaga qaytib, plyaj futboli bilan shugʻullandi. 2006—2007-yillarda poytaxtning „Transstroy“ va „Ples“ klublari sharafini himoya qildi. 2008-yildan boshlab yana katta futbolga qaytib, Kiyev chempionatida „Zvezda“ jamoasi safida oʻynay boshladi.

2009-yilda u yana xorijga, bu safar Oʻzbekistonga yoʻl oladi. Bu mamlakatda oliy divizion ishtirokchisi  — Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Oʻzbekiston Oliy ligasida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. 2010-yil boshida yana Ukrainaga qaytib, u yerdagi „Oleksandriya“ PFK tarkibini kuchaytiradi. U „professional“lar safidagi debyutini 2010-yil 3-aprelda Birinchi liganing 21-turi doirasida Alchevskning „Stal“ jamoasiga qarshi (1:2) oʻz uyida kechgan magʻlubiyatli oʻyinda oʻtkazadi. Oleg 65-daqiqada Valeriy Ivashchenko oʻrniga maydonga tushirilgan. 2010-yil aprel oyi boshida u „Oleksandriya“ libosida ikkita oʻyin oʻtkazgach, jamoani tark etadi. Shundan soʻng u Ukraina havaskorlar chempionati va Kiyev viloyati chempionatida Vishgorodning „Dinaz“ jamoasi safida toʻp suradi. 2016-yildan 2017-yilgacha Kiyev viloyati chempionatida ishtirok etuvchi „Sokol“ (Mixaylovka-Rubejovka) va „Kristall“ (Kozin) jamoalarida bir mavsumdan oʻynaydi.

Terma jamoadagi faoliyati 2006-yildan buyon plyaj futboli boʻyicha Ukraina terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Plyaj futboli boʻyicha ilk Yevropa chempionatining saralash bosqichlarida Ukraina jamoasining eng yaxshi toʻpurariga aylanganSbornaya Ukraini po plyajnomu futbolu pobejdaet v otborochnom turnire / Plyajniy futbol. Ukraina vperedi! / Futbol — www.sport.ua.

Yutuqlar

Klublar

Vengriya chempionati link=Fayl:Gold_medal_icon.svg|15x15px Chempion (1): 2000

A-liga (Litva) link=Fayl:Gold_medal_icon.svg|15x15px Chempion (1): 2004

Toto kubogi link=Fayl:Cup_Winner.png Sohibi (1): 2005

Manbalar

Havolalar

Oleg Mozgoviy worldfootball.net saytida Oleg Mozgoviy „UKRAIN FUTBOLI (tarix va statistika)“ veb-saytidagi Oleg Mozgoviy Futbolinis.lt saytidagi

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak sohil futboli futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Obolon-2 Bucha futbolchilari Turkum:Dunaújváros FC (1952) futbolchilari Turkum:FC Dnipro-2 Dnepropetrovsk futbolchilari Turkum:FC Nafkom Brovary futbolchilari Turkum:FK Šilutė futbolchilari Turkum:FBK Kaunas futbolchilari Turkum:Hapoel Petah Tikva F.C. futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:FC Oleksandriya futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Litvadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Vengriyadagi muhojir erkak futbolchilar