Yelena Valeryevna Valbe ( ; 1968-yil 20-aprelda tugʻilgan) rossiyalik sobiq changʻi sport turi ustasi edi. U changʻi sport turi boʻyicha Jahon chempionati doirasida rekord darajadagi 14ta oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2010-yildan beri Rossiya Changʻi sporti Assotsiatsiyasining Rossiyadagi prezidenti, 2012-yildan esa Rossiya Milliy jamoasi menejeri lavozimida ishlab kelgan. 2020–2021- yillarda Valbe haqidagi �M2�Oq qor�M4� biografik sport dramasi omma eʼtiboriga taqdim etilgan.

U 2021-yilda Xalqaro changʻi sporti Federatsiyasi Kengashi uchun saylangan, ammo u 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoʻllab-quvvatlaganidan soʻng, bir nechta Yevropa Changʻi sporti Federatsiyalari uning 2022-yilgi saylovda ishtirok etishiga qarshilik bildirishdi. Finlyandiya, Shvetsiya, Polsha kabi davlat vakillari Valbening nomzodiga qarshi chiqishdi. Natijada, eng kam ovoz toʻplagani sababli, u lavozimidan chetlashtirildi.

Keyingi faoliyati Valbe 2010-yilda Rossiya davlati mamlkatlararo Shangʻi sporti Uyushmasining prezidenti qilib saylanadi. 2010-yil 29-iyun maqolasi 2010-yilning 30-iyunida kiritilgan. 2012-yilning oxirlarida, Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Rossiya mamlakatlararo jamoasining menejeri lavozimini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻladi. Shuningdek, 2006-yil Turin shahrida tashkillashtirilgan Qishki Olimpiya oʻyinlari paytida, Rossiya terma jamoasining menejeri sifatida oʻz faoliyatini olib borgan edi. Shaxsiy hayoti Oldin estoniyalik chanigʻi uchuvchisi Urmas Valbega turmushga chiqqan. Ularning Frans ismli farzandi boʻlgan. Keyinchalik Maksim Dovolnovga turmushga chiqadi va Polina va Varvarani dunyoga keltiradi. Hozirda u Moskva viloyatida yashaydiGlava Federatsii lijnix gonok Rossii Yelena Vyalbe, kotoroy ispolnilos 50 let.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar