Tesla Roadster – Tesla, Inc tomonidan ishlab chiqariladigan toʻrt oʻrindiqli akkumulyatorli elektr sport avtomobili. Kompaniyaning taʼkidlashicha, u 1,9 soniyada 0 dan 60 milyagacha tezlasha oladiAcceleration times:. Ushbu model Teslaning 2008-yilda ishlab chiqarilgan birinchi avtomobili, Roadsterning 1-avlodini vorisi hisoblanadi.
Tesla bosh direktori Ilon Mask, Roadster sotuvi 2024-yilda boshlanishini taʼkidladi. Maskning Twitterda yozishicha, 0 dan 60 milyagacha 1.1 sekundda tezlanish imkoniyatini taqdim eta oladigan, jumladan, „SpaceX“ paketi kabi yuqori unumdorlikdagi modifikatsiyalar asosiy xususiyatlardan tashqari, qoʻshimcha tarzda mavjud boʻladi.
Umumiy maʼlumotlar
Tarixi 2011-yilda, Tesla Roadsterning 1-avlodi ishlab chiqarilish yakunida, Ilon Mask avtomobilning yangi versiyasi 2014-yilgacha ishlab chiqarilishini taʼkidladi. 2014-yilda taqdim etilgan yangi Roadster esa jamoatchilikning masxaralariga duchor boʻldi. Oʻsha paytda u Tesla Model R deb ham atalgan.
2015-yilda Mask yaxshiroq tezlanishga ega boʻlgan yangi Roadster chiqarilishini aytdi. 2016-yil dekabr oyida Ilon Mask oʻz tvitida ikkinchi Roadster ishlab chiqilayotganini yana bir bor tasdiqladi. Ikkinchi Roadster Frants fon Xolzhauzen tomonidan loyihalangan.
2017-yil 16-noyabrda boʻlib oʻtgan Tesla Semi tadbiri yakunida kutilmaganda Roadster prototipi namoyish etildi va 2020-yilda 200 000 AQSh dollari qiymatidagi boshlangʻich narx bilan sotuvga chiqarilishi eʼlon qilindi. Tadbirda avtomashinaga oldindan buyurtma berish uchun 50 000 dollarlik depozitning dastlabki 5 000 dollarini darhol toʻlaganlar uchun mashinani sinov sifatida minib koʻrish imkoniyati taqdim etildi.
2021-yil yanvarida Ilon Mask tvitterda ishlab chiqarish 2022-yilgacha kechiktirilishini maʼlum qildi. 2021-yil sentabrida esa, Mask ishlab chiqarish 2023-yilgacha, 2023 yil may oyidagi aksiyadorlar yigʻilishida esa 2024-yilgacha kechiktirilishini maʼlum qildi. Manbalar
Turkum:Mashina Turkum:Tesla Turkum:Elektromobillar
Oltiariq IM Isroiljon (munozara) 17:11, 2025-yil 12-iyun (UTC)