thumb|Arpiar Arpiarian Arpiar Arpiarian ( ) (1851-yilning 21-dekabrdan 1908-yil 12-fevral) - 19-asrning nufuzli arman yozuvchisi, arman adabiyotida realizmning kashshofi va siyosiy faol .
Erta hayot va ta'lim Arpiar Arpiyan 1851-yilda kema bortida tugʻilgan, ota-onasi asli Akndan ( Arman qirgʻinidan oldin Furot qirgʻogʻogʻoqlari armanlar yashovchi shaharcha) Samsundan Konstantinopolgacha ketayotgan edilar. Oila oʻrtakoʻy chekkasida joylashadi, u yerda Arpiar Tarkmanchats (Թարգմանչաց) Istanbulda arman maktabida oʻqidi. Soʻngra uni 1867-yilda u Venetsiyaga Murat-Rafael maktabiga yuboriladi. Murat-Rafaelyandagi ustozi Gevond Alishan qoʻlida arman tili va tarixini oʻrgangan. U fransuz va italyan adabiyoti bilan ham yaqindan tanish edi. U maktabini tugatgach u Istanbulga qaytib keldi va u yerda Arman Patriarxiyasida kotiblik lavozimini taklif qilishadi. Bu davrda esa u hisobchi bo‘lib ham ishlagan. Biroq, Arpiarianning haqiqiy sohsi jurnalistika va adabiyot edi.
Gazetalarda ishlashi va Tiflisga tashrif buyurishi Uning adabiyotdagi ilk asarlari Grigor Artsruniyning tahalusi ostida Tiflisda shahrida nashr etiladigan Mshak (kāngā) gazetasida boshlangan. U Istanbuldagi arman hayotining turli jabhalari haqida yoritish uchun u "Haygag" taxallusi ostida maqolalar yozar edi. 1878-yilga kelib, u taniqli arman yozuvchisi va siyosatchisi Krikor Zohrab bilan birga muharriri bilan (1884-1893) boʻlgan Masisdagi kundalikgidagi va davriy nashrlarning doimiy muallifiga aylangan. Uning maqolalari Kavkaz armanilari orasida juda mashhur boʻlib ketadi. 1884-yilda u Echmiadzinda yangi katolikos unvoniga saylangani munosabati bilan Tiblisga tashrif buyurdi va u yerda taniqli yozuvchi sifatida qabul qilinadi. U yerda u Sharqiy arman mualliflaridan Raffi, Proshian, Agayan va boshqa yozuvchi armanlar bilan uchrashish imkoniga ega boʻldi.
Yangi taassurotlar va ma'lumotlar bilan Istanbulga qaytib kelgach, u "Ughevorutiun i Kovkasia " (Ուղեւորութիւն Կովկասիա, Kavkazdagi sayohatlar) haqida sarlavhali turkum maqolalar yozadi. 1884-yilda u boshqa ziyolilar qatorida Sharqiy va Gʻarbiy armanlar oʻrtasida yaqinroq munosabatlarni rivojlantirish va tiklash maqsadida Arevelk (Arevelk, Sharq) nomini olgan yangi kundalik gazetalari chiqarila boshladi. Demokratik tendentsiyalarga ega adabiy-siyosiy gazeta boʻlgan Arevelk realizm maktabining asosinii tashkil etadigan bir qator yosh yozuvchilarni oʻziga tortdi. Maqolalar 1912-yilgacha nashr etilgan
Siyosiy faollik Arpiar Arpiyan yozuvchi boʻlishi bilan birga u siyosiy faol va inqilobchi va hamda jurnalist ham boʻlib. U Sulton Abdulhamid II ning arman aholisiga nisbatan munosabati nuqtai nazaridan Usmonlilar imperiyasini aramanlar uchun islohotlarni qoʻllab-quvvatlagan. 1889-yilda Arpiyan sotsial-demokrat Hunchayan partiyasiga qoʻshildi va Usmonli viloyatlarida arman taʼlimni yoyish uchun bir guruh yoshlar bilan maktablarda Ararat jamiyatiga asos solgan. 1890-yilda u Kum Kapu namoyishida qatnashgan va boshqa bir qator Hunichaklar bilan birga inqilobchi sifatida hibsga olingan va ikki oyga qamoq jazosiga olingan. U umumiy amnistiya asosida qamoqdan ozodlikka chiqarilgan. 1891-yilda u doʻsti Ovannes Shahnazaryan bilan “Hayrenik” (“Vatan”) gazetasiga asos solganlar va muharriri boʻlgan. Bu qogʻozlarni demokratik gʻoyalari uchun sulton tomonidan gazeta yoʻq qilindi.
Hamidiylar qirgʻinidan qochish 1896-yilda Hamidiy qirgʻinlari boshlandi va boshqa armanlarning taqdiridan qutulish uchun u Istanbuldan Londonga qochib ketishlariga sabab boʻladi. Bular qatorida Arpiar Arpiyan ham boʻlgan. Londonda u ikki oylik qolib ketgan sharhlarni nashr etishga urinib koʻrdi, " Mart " va "Nor Kyank " (ya'ni, "Yangi hayot"). Bu vaqtda esa siyosiy partiya ham boʻlinib ketadi. Arpiarian fraksiyalardan biri Veragazmial Hunchakiannerni yashovchi tashkilotga aylantirdi, ammo oxir-oqibat partiyani tark etdi. Bu qaror bilan u oxir-oqibat oʻzining eski atrofidagi dushmanlarni yaratdi.
Qohiraga sayohati va suiqasd 1901–1902-yillarda u Parijga, soʻngra esa Venetsiyaga sayohat qilib, u yerda oʻzining eng muvaffaqiyatli asarini yozishga erishadi va uning nomini esa “Garmir Jamuts” (“Qizil qurbonlik”) romani siafitida yozilib chop etadi. 1905-yilda u Qohiraga sayohat qildi. Qohirada u Shirag (Շիրակ) oylik adabiy sharhini tahrir qildi va mahalliy gazeta, Lusaper (Լուսաբեր, Lucifer: yorugʻlik tashuvchisi)ga oʻz hissasini qoʻshdi.
1908-yilda Arpiarian bozordan uyiga qaytayotganida siyosiy dushmanlari uni oʻldirishdi.
Merosi va asarlar Arpiarian zamonaviy arman adabiyotida muhim janrlarlari arman realizm asoschisi edi, Maktabi yoʻq adabiy oqimning ham rahbari hisoblanadi. O‘sha paytda ko‘plab yozuvchilar romantizm bilan shug‘ullangan bo‘lsa-da, u arman adabiyotida inqilob yoki revalutsiya qilgan yangi oqimni kiritdi. U o‘z fikrlarini to‘g‘ri, uyalmasdan bayon qilib, o‘quvchilarining ishonchini qozondi. U Tigran Kamsarakan, Levon Pashalian va Eruxon kabi arman realist yozuvchilarining butun bir avlodining ustozi va doʻsti edi edi.
Uning adabiy asarlarining aksariyati qissa tarzida yozilgan bo‘lib ular asosan mehnatkashlar sinfi va ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan holda yozilgan. Uning mashhur hikoyalaridan ba'zilari:
Hoku zavag (Հոգու զավակ, asrab olingan bola) Vosgi abrchan (Ոսկի ապրջան, tilla bilaguzuk) Yerazi me kine (Երազի մը գինը, tushning bahosi) Gadag me (Hazil, hazil) Abushe (Ապուշը, ahmoq) Garmir Jamuts (Կարմիր ժամուց, qip-qizil nazr) Kevork Marzbeduni (Գէորգ Մարզպետունի, Gevork Marzpetuni)
Manbalar
Adabiyotlar
20-asrda jahon adabiyoti entsiklopediyasi, Leonard S. Klein, Stiven Serafin, Valter D. Glanze, 1993, p. 120 Qisqacha arman entsiklopediyasi, Ed. akad. K. Xudaverdyan, Yerevan, 1990, jild. 1, p. 426. Arman adabiyoti merosi: XVIII asrdan hozirgi zamongacha, Agop J. Hacikyan, Gabriel Basmajian, Edvard S. Franchuk, s. 452
Turkum:1908-yilda vafot etganlar Turkum:1852-yilda tugʻilganlar Turkum:Usmonlilar imperiyasi armanlari