Gadde Rajendra Prasad (1956-yil 19-iyulda tugʻilgan) hind aktyori boʻlib, asosan telugu filmlarida rol ijro etadi. U toʻrtta Andhra Pradesh shtati Nandi mukofoti, uchta SIIMA mukofoti va uchta Santosham Film mukofoti sohibi.

Prasad 1977-yilda Sneham filmida ilk rolini ijro etdi. U Erra Mandaram (1991) va Aa Naluguru (2004) filmari uchun eng yaxshi aktyor – Nandi mukofotini oldi. Shuningdek, u Andhra universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor boʻlgan. 2012-yilda u "Dream" tibbiy trillerida rol oʻynadi va buning uchun Kanada xalqaro kinofestivalida Royal Reel mukofotiga sazovor boʻldi.

Mississaugada oʻtkazilgan Kanada Telugu Alyanslari tomonidan „Hasya Kireeti“ unvoniga sazovor boʻldiEenadu daily, Eenadu Cinema, page 16, 11 April 2013. U, shuningdek, 2009-yilda boʻlib oʻtgan IIFA kinofestivalida yashil gilamdan oʻtish sharafiga muyassar boʻlgan va ingliz tilidagi "Quick Gun Murugun" filmidagi oʻzining chiqishini nishonlagan.

Hayotining boshlanish davri Prasad Andxra-Pradesh shtatining Nimmakuru shahrida Gadde Venkata Narayana va Manikyamba oʻrta xol oilada tugʻilgan. Uning ota-onasi Andhra-Pradesh shtatining Krishna tumanidagi Dondapadu shahridan boʻlganEenadu Telugu newspaper daily, 19 July 2016. Uning otasi oʻqituvchi edi. Prasad kino sanoatiga kirishdan oldin keramika muhandisligi boʻyicha oʻqigan. U kompaniyaga ishga kiradi, lekin u juda yosh boʻlgani uchun ishdan ketishga majbur boʻladi. NTR va N. Trivikrama Rao taklifi bilan u aktyorlik maktabida taxsil oladi.

Shaxsiy hayoti Rajendra Prasad Vijaya Chamundesvari bilan turmush qurgan. U Rama Prabhaning qizi. Ularning bir oʻgʻil va bir qizi bor. thumb| Ammo Bomma (2001) filmini suratga olish paytida Prasad ventriloqist Ramdas Padhye bilan.

Turkum:Santosham Film mukofotlari gʻoliblari Turkum:Janubiy Hindiston xalqaro kino mukofotlari gʻoliblari Turkum:Telugu tilidagi kino aktyorlari Turkum:XXI asr hind kino aktyorlari Turkum:Hindistonlik komediya aktyorlari Turkum:XX asr Hindistonlik aktyorlar Turkum:Nandi mukofoti sovrindorlari Turkum:Andhra universiteti bitiruvchilari Turkum:Hind kino aktyorlari Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar