Tarık Akan (1949-yil 13-dekabrda tugʻilgan – 2016-yil 16-sentabrda vafot etgan) – Faoliyatini 1970-yillarda boshlagan. Turk kino aktyori va prodyuseri.

Yoshligi

Akan 1949-yil 13-dekabrda Istanbulda Tarik Tahsin Üregül ismi bilan dunyoga kelgan. Akan oilada bir qiz va bir oʻgʻildan keyin uchinchi farzand boʻlgan. Otasi harbiy xizmatda boʻlganligi tufayli oilasi Turkiya boʻylab doimiy ravishda koʻchib yurishgan. Arzirum shahrida oʻqigan, boshlangʻich taʼlimni esa Qayserida tamomlagan. Otasi nafaqaga chiqqandan soʻng, oila Istanbulga koʻchib oʻtdi va Bakırköyga joylashdi. Akan, Yıldız Texnika Universitetining mashinasozlik fakultetiga oʻqishga kirgan, keyinroq Jurnalistlar kollejini ham oʻqib tugatgan name="hurriyet.com" . Aktyorlik faoliyatini boshlashdan oldin Bakırköydagi plyajlarda qutqaruvchi boʻlib ishlagan. Harbiy xizmatni 1979-yilda Denizlida tamomlaganname="hurriyet.com" . Akan 1980-yil Turkiyadagi davlat toʻntarishidan soʻng ikki yarim oyga qamaldiname="hurriyet.com" .

Aktyorlik faoliyati Akan „Ses“ jurnalining kino aktyorlari tanlovida ishtirok etdiname="milliyet.com"name="hurriyet.com", ikkinchi oʻrinni egalladi. Turk filmi rejissyori Ertem Egilmezdan (1929–1989) aktyorlik sanʼatini oʻrgangan. Akan 1970-yilda 21 yoshida „Vefasız“ filmida debyut qildi va sahna „Tarık Akan“ nomini oldi. 1970–1975-yillar orasida Turkiya kinosining gullagan davrida yiliga oʻrtacha 12 ta filmda rol oʻynagan.

Kasalligi va oʻlimi Akan oʻpka saratoni bilan kasallangan va bir yildan ortiq davolangan. 2016-yil 16-sentabr kuni erta tongda u 66 yoshida Istanbuldagi xususiy shifoxonaning jonlantirish boʻlimida vafot etdiname="milliyet.com"name="hurriyet.com". 18-sentabr kuni Harbiye Muhsin Ertuğrulda oʻtkazilgan xotira marosimi va Teşvikiye masjididagi diniy dafn marosimidan soʻng Bakırköydagi Zuhuratbaba qabristoniga dafn qilindi.

Manbalar