Bolta Ortiqov (1924-yil 5-may, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2001-yil 19-noyabr, Dushanbe, Tojikiston) – yozuvchi, Tojikiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. „Samarqand qissasi“ muallifi. Hayoti Bolta Ortiqov 1924-yil 5-may kuni Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagach, 1948-yili Samarqand davlat pedagogika institutining filologiya fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. 1952-yilda „Pioneri“ nomli tojik gazetasida boʻlim mudiri sifatida faoliyatini boshlaygan. Shundan soʻng, „Maorif va madaniyat“ gazetasida muxbirlik qilgan. 1953-yilda Samarqandga qaytib, ijodini davom ettirgan. U 1960-yilda Tojikiston SSR yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan. Bolta Ortiqov 2001-yil 19-noyabr kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida vafot etgan.
Ijodi Bolta Ortiqovning ijodiy ishlari 1953-yildan boshlab nashr qilina boshlagan. Uning ilk kitobining nomi „Yoshlik ovozi“ boʻlib, 1954-yil nashr qilingan. 1958-yilda „Qishloq bolalari“ kitobi chop etilgan. Soʻng, 1962-yilda „Shirinliklar“ asari, 1965-yilda „Yaxshi qiz“ qissasi, 1966-yilda „Pishmagan olma“ toʻplami nashrdan chiqqan. 1971-yilda „Uch burchakli maktub“, 1973-yilda „Handalak“, 1959-yilda esa „Yozgi taʼtil“ nomli toʻplamlar kitobxonlar eʼtiboriga havola etilgan. Shundan soʻng, 1964-yili „Polvon“, 1965-yil „Atirgul“, 1975-yilda „Lolazor bolalari“ nomli kitoblari chop etilgan. Uning 1985-yilda „Samarqand qissasi“ kitobi nashrdan chiqqan. Ushbu kitob yana 3 marotaba (1987-yil, 1989-yil va 1991-yil) nashr etilgan.
Kitoblari „Qishloq bolalari“ „Shirinliklar“ „Yaxshi qiz“ „Pishmagan olma“ „Uch burchakli maktub“ „Handalak“ „Yozgi taʼtil“ „Polvon“ „Atirgul“ „Lolazor bolalari“ „Samarqand qissasi“ „Qon izi“
Manbalar
Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:5-mayda tugʻilganlar Turkum:1924-yilda tugʻilganlar Turkum:19-noyabrda vafot etganlar Turkum:2001-yilda vafot etganlar Turkum:Dushanbeda vafot etganlar Turkum:Tojikistonlik yozuvchilar