Qozoqboy Yoʻldoshev – (1949-yil, Sirdaryo) — adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori.
Taʼlim Qozoqboy Yoʻldoshev 1949-yil 9-mayda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. 1956–1966-yillarda Boyovut tumanidagi 8-oʻrta maktabda tahsil olgan.1966–1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Sirdaryo davlat pedagogika institutining oʻzbek filologiyasi fakultetini imtiyozli bitirgan.
Faoliyati 1970–1977-yillarda Guliston tumanidagi 1–15-maktablarda til va adabiyot oʻqituvchisi. 1977–1979-yillarda 9-hunar texnika bilim yurtida oʻquv boʻlimi mudiri, direktor oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 1980–1985-yillarda Oʻzkompartiya Guliston raykomida instruktor, qishloq xoʻjalik xodimlari kasaba uyushmasi Guliston raykomi raisi, „Qizil tong“ kolxozi parkomi kotibi lavozimlarida ishladi. 1986–1994-yillarda Guliston davat universtiteti oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, dotsent, „Pedogogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi“ kafedrasi mudiri, „Oʻzbek filologiyasi“ fakulteti dekani lavozimlarida mehnat qildi.
1994-yildan 1998-yilgacha Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbek pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari boʻlib ishlagan.1998-yilning aprelidan 2000-yilning avgustigacha Oʻzbekiston Milliy universtiteti „Oʻzbek filologiyasi“ fakulteti dekani boʻldi. Shundan soʻng Qozoqboy Yoʻldoshev hozirga qadar „Matnshunoslik, milliy uygʻonish davri va hozirgi oʻzbek adabiyoti“ kafedrasi professori boʻlib ishlaydi.
Ilmiy faoliyati 1985-yilda „Oʻzbek sovet satirik hikoyalarida xarakter tasviri evolutsiyasi“ mavzusida filologiya fanlari nomzodi, 1997-yilda esa „Yangicha pedagogik tafakkur va umumtaʼlim maktablarida adabiyot oʻqitishning ilmiy-metodik asoslari“ mavzusida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya yoqladi. 2000-yilda professor ilmiy unvoniga sazovor boʻldi. Qozoqboy Yoʻldoshev ilmiy rahbarligida 3 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi va filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori tayyorlangan. U hozirgi kungacha 35 ta kitob va 393 nomda ilmiy maqolalar muallifidir,
Kitoblari
Kiyik soʻqmoqdagi yoʻlovchi (2014); Soʻz yolqini (2018); Jilovlanmagan tafakkur mahsuli (2024).
Adabiyotlar Oʻzbek adabiyoti antologiyasi.-Toshkent: Adabiyoti sanʼati.-2022.-276 b. Manbalar
Havolalar Qozoqboy Yoʻldoshev bilan intervyu Rost24OFFICAL yutub kanaliga bergan intervyusi Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari