Kobul masjidi portlashi 2019-yilning 24-may kuni soat 13:20 (GMT 08:50) atrofida masjid imomi va namozxonlar juma namozini oʻqish uchun masjidda boʻlgan vaqtida sodir etilgan. Portlovchi moddalar masjidning imom nutq soʻzlaydigan mikrofoniga joylashtirilgan. Ushbu portlash natijasida kamida uch kishi, jumladan, imom Samiulloh Rayhon halok boʻladi, 20 ga yaqin kishi jarohatlanadi. Hozirgi kunga qadar hech bir guruh yoki shaxs uyushtirilgan ushbu hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan.
Voqea Kobuldagi Al-Taqva masjidida 13:20 (GMT 08:50) atrofida portlash sodir etiladi va juma namoziga kelgan oʻnlab namozxonlar ushbu voqea natijasida halok boʻladi, ayrimlari turli darajada jarohat oladi. Bomba portlashi oqibatida ikki kishi, jumladan, olim Samiulloh Rayhon ham halok boʻladi, shuningdek, kamida 16 kishi yaralanadi. Tolibon mintaqada muntazam hujumlar uyushtirib kelganligi bois, Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Nasrat Rahimiy ushbu hujum sababchisi sifatida Tolibonni keltiradi. Biroq Tolibon guruhi vakili Rahimiyning daʼvosini rad etadi. Tolibonning yangi yetakchisi Mavlaviy Haybatulloh Oxundzoda tayinlanganidan keyin dindorlarga hujumlar soni yanada ortadi. Tuman politsiyasi rasmiysi Jan Aghaning aytishicha, bomba masjid imomi Mavlaviy Samiulloh Rayhon nutq soʻzlaydigan masjid mikrofoniga oʻrnatilgan boʻlgan.
36 yoshli Samiulloh Rayhon, toʻrt farzandning otasi, „At-Taqvo“ masjidi imomi boʻlganGibbons-Neff, Thomas; Abed, Fahim (May 24, 2019). „Bombing at Afghan Mosque Kills Popular Religious Scholar“. The New York Times. Retrieved June 3, 2019.. U, shuningdek, parlament maslahatchisi va kundalik diniy telekoʻrsatuvning boshlovchisi ham edi. Imomga nisbatan uyushtirilgan ushbu hujumning sababi uning halok boʻlgan afgʻon askarlari oilalarini qoʻllab-quvvatlashi, Tolibonning xudkush portlashlarini qoralashi, ayollar huquqlari va Gʻarb harbiy kuchlari va Afgʻoniston hukumati oʻrtasidagi hamkorlik ishlari boʻlganSediqi, Abdul Qadir; Farzad, Hameed (May 24, 2019). „Bomb in Afghan Mosque Kills Senior Cleric During Friday Prayers“. U. S. News & World Report. Retrieved June 3, 2019.Macfie, Nick (May 24, 2019). „Bomb in Afghan mosque kills senior cleric during Friday prayers“. Reuters. Retrieved June 3, 2019.. Politsiya zobiti Firdavs Faramarzning aytishicha, portlash masjid rahbari namozni boshlash uchun foydalaniladigan „Al-Taqva“ masjidi mehrobiga yaqin joyda sodir etilgan.
The New York Times gazetasi bergan maʼlumotlarga koʻra, Afgʻonistondagi vaziyat diniy ulamolar uchun juda ogʻir hisoblanadi, chunki ulamolarning hukumatni qoʻllab-quvvatlashi Tolibon tomonidan, yoki aksincha Tolibonni qoʻllab-quvvatlashi hukumat tomonidan zarar koʻrishiga sababchi boʻladiGibbons-Neff, Thomas; Abed, Fahim (May 24, 2019). „Bombing at Afghan Mosque Kills Popular Religious Scholar“. The New York Times. Retrieved June 3, 2019..
Rasmiylar munosabati Prezident Ashraf Gʻani masjiddagi hujumni terrorchilik harakati sifatida qoralagan.
Manbalar
Turkum:Terrorizm Turkum:Portlashlar