Ahad Ochilov (1912-yil, Samarqand, Rossiya imperiyasi – 1989-yil 14-noyabr, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) – davlat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Hayoti Ahad Ochilov 1912-yilda Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatining Samarqand shahrida tugʻilgan. U oʻrta maktabni tugatgach, 1927-yilda Samarqand davlat universitetining pedagogika fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. Ushbu oliygohni 1931-yil muvaffaqiyatli tamomlagan. Ahad Ochilov 1931-yildan 1932-yilgacha Samarqand shahridagi maktablarning birida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga dars bergan. U 1932-yil Dushanbe shahriga koʻchib oʻtgan. Ahad Ochilov 1932-yildan 1933-yilgacha Tojikiston Oliy sudida kotib sifatida ishlagan. U 1933-yilda Hisor xalq sudi sudyaligiga tayinlangan. 1937-yildan 1938-yilgacha ichki ishlar xalq komissarligida harbiy inspektor lavozimida ishlagan. Ahad Ochilov 1939-yildan 1941-yilgacha Tursunzoda moliya boʻlimiga rahbarlik qilgan. U 1941-yildan 1942-yilgacha Tursunzoda Ijroiya qoʻmitasi instruktori lavozimida faoliyat yuritgan. Ochilov 1942-yil Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan. Armiyada 1946-yilgacha xizmat qilgan. Ahad Ochilov 1959-yil Tojikiston qishloq xoʻjaligi xodimlari birlashmasiga aʼzo boʻlgan. 1969-yildan 1970-yilgacha Tojikiston suv xoʻjaligi qoʻmitasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 1971-yildan 1973-yilgacha Vaxdat tumani Ijroiya qoʻmitasi kotibi boʻlgan. 1986-yildan 1989-yilgacha Vaxdat tumani mexanika zavodi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Ahad Ochilov 1989-yil 14-noyabr kuni Tojikiston SSR tarkibidagi Dushanbe shahrida vafot etgan.

Mukofotlari Ahad Ochilov koʻplab orden va mukofotlar bilan mukofotlangan: „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ „Lenin ordeni“ „Mehnat Qizil Bayroq ordeni“ „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali „Jasoratli mehnati uchun“ „Gʻalabani 20 yilligi“ „Mehnat faxriysi“

Manbalar

Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:14-noyabrda vafot etganlar Turkum:1989-yilda vafot etganlar Turkum:Dushanbeda vafot etganlar Turkum:Davlat arboblari