TAV Airports Holding () Groupe ADP tarkibiga kiruvchi aeroportlar ekspluatatsiya va ularga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan turk shirkati. 2018-yilda 1 million reys va 152 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib dunyodagi eng yirik aeroport operatorlaridan biriga aylandi.
TAV 1997-yilda Tepe Construction, Akfen va Airport Consulting Vienna kompaniyalari oʻrtasida qoʻshma korxona sifatida tashkil etilgan. Bugungi kunda u Turkiyadagi yetakchi aeroport operatori boʻlib, bundan tashqari, duti-fri, oziq-ovqat va ichimliklar, yerda xizmat koʻrsatish, IT va xavfsizlik xizmatlarini taqdim etadi.
Tarixi 2011-yil oktyabr oyida TAV Airports 2 milliard yevroga sotuvga qoʻyildi, tender jarayonini Credit Suisse boshqardi. 2012-yil 12-martda TAV ustav kapitalining 38 foizi Aéroports de Paris guruhiga jami $874 mlnga sotish rejalashtirilgani eʼlon qilindi. Savdo qiymati kompaniyaning oxirgi yopilish narxining 32% ustamasi asosida aniqlandi. Ikki kompaniya jami 37 ta aeroportda 180 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi. Boshqaruv aʼzosi va prezident & CEO Sani Sener oʻz lavozimida ishlashni davom etdi.
2015-yil yanvar oyida TAV Airports Bahrayn xalqaro aeroportining sigʻimini 4 milliondan 14 millionga oshirishga moʻljallangan 1,1 milliard dollarlik loyiha boʻyicha tenderda gʻolib chiqdi, uni qurish uchun 51 oylik majburiyat bajarildi. 2015-yil oktyabr oyida TAV Airports Milas-Bodrum aeroportini 717 million yevrolik taklif bilan 20 yilga ijaraga oldi. AQShda TAV Jorj Bush interkontinental aeroportining boj olinmaydigan hududlari boʻyicha tenderda gʻalaba qozongan.
2016-yilning yanvar oyida TAV Airports Holding bosh direktori Sani Sener Eron bozoriga kirish niyatini maʼlum qildi. 2016-yil avgust oyidan boshlab, TAV Airports Fransiyaning Bouygues kompaniyasi bilan birgalikda Gavanadagi Xose Marti xalqaro aeroportini kengaytirish va boshqarish boʻyicha konsortsium tashkil qilish boʻyicha Kuba hukumati bilan muzokaralar olib bordi. Bitim San-Antonio de los Banos aerodromini rivojlantirishni ham oʻz ichiga oladi.
Faoliyati TAV 15 ta aeroportni boshqarishdan tashqari, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, oziq-ovqat va ichimliklar xizmatlari, yerda xizmat koʻrsatish, axborot texnologiyalari, xavfsizlik va ekspluatatsiya xizmatlari bilan shugʻullanadi.
2010-yilda kompaniya konsolidatsiyalangan daromadlarining 55% ni aviatsiyadan tashqari daromadlar tashkil etdi. U 753 million yevro yalpi daromad oldi. Kompaniya aksiyalari 2007-yil 23-fevraldan buyon Istanbul fond birjasida „TAVHL“ tiker belgisi ostida sotilmoqda.
Aeroportlar roʻyxati 2020-yil may holatiga koʻra, TAV quyidagi aeroportlarni boshqaradi:
Zagreb Franjo Tuđman aeroporti
Batumi xalqaro aeroporti Tbilisi xalqaro aeroporti
Olmaota xalqaro aeroporti
Riga xalqaro aeroporti
Ohrid Sent-Pol havoriy aeroporti Skopye xalqaro aeroporti
Madina aeroporti
Enfidha-Hammamet xalqaro aeroporti Monastir Habib Burgiba xalqaro aeroporti
Anqara Esenbogʻa aeroporti Alaniya Gʻoziposho aeroporti Izmir Adnan Menderes aeroporti Istanbul Otaturk aeroporti (eng yaxshi aeroport, Air Transport News Awards 2016, 2015-yilda 61,8 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan) Milas-Bodrum aeroporti
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayti Groupe ADP Turkum:Aeroport operatorlari Turkum:Turkiya transport operatorlari Turkum:Istanbulda joylashgan kompaniyalar Turkum:1997-yilda tashkil qilingan transport kompaniyalari