Arda ( [ˈardɐ], [ˈarðas], [ˈaɾda]) uzunligi 290 km boʻlgan BolgariyaStatistical Yearbook 2017, National Statistical Institute (Bulgaria), p. 17 va Gretsiyadan oqib oʻtuvchi daryo. U Maritsa (yoki Evros) daryosining irmogʻidir. Uning manbai Smolyan munitsipaliteti tarkibiga kiruvchi Arda qishlogʻi yaqinidagi Rodop togʻlarida joylashgan. Rudozem, Kardjali va Ivaylovgraddan sharqqa qarab oqib oʻtadi va Evros mintaqaviy birligining shimoliy qismida Gretsiya hududiga kirib keladi. Yunoniston va Turkiya chegarasida, Gretsiyaning Kastanies qishlogʻi va Turkiyaning Edirne shahri oʻrtasida Maritsa daryosiga kelib quyiladi. Bolgariya qismida uchta gidroelektr va sugʻorish toʻgʻonlari mavjud, bular: Kardjali toʻgʻoni, Studen Kladenets va Ivaylovgrad toʻgʻoni. Bolgariya hududidagi qismining uzunligi boʻlganligi sababli ham, Arda daryosini Rodopdagi eng uzun daryoga aylantiradi.
Arda daryosi qirgʻoqlari qadim davrlardan beri aholi yashashi uchun qula manzilgohlardan biri hisoblanadi
2005-yil 18-fevraldagi uchta suv toshqini (suv sathi ga teng) 2005-yil 1-mart va 7-mart kunlari past-baland hududlarni suv bilan toʻldirdi, ayniqsa Kastanies hududida bu toshqin uni laguna (koʻlmak)ga aylantirdi. Maritsa (Evros yoki Meriç) suvlarining birlashishi koʻchalar va binolarni, shu jumladan uylarni suv bosishiga va odamlarning uylarida qolib ketishiga sabab boʻldi.
Janubiy Shetland orollari tarkibidagi Livingston orolida joylashgan Arda choʻqqisi, Antarktida va mineral ardait Arda daryosi nomi bilan bir xil tarzda nomlangan.
Galereya
Manbalar
Turkum:Turkiyadagi daryolar Turkum:Bolgariyadagi daryolar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda