Mary Read – (tavalludi nomaʼlum – 1721-yil 28-aprelda vafot etgan)Carlova, John. Mistress of the Seas. New York: Citadel Press, 1964 Mark Read nomi bilan mashhur boʻlgan ingliz qaroqchisi. U va Anne Bonny XVIII asrning ikki mashhur ayol qaroqchilari boʻlgan va qaroqchilikning oltin davrida faoliyat yuritgan sanoqli ayol qaroqchilardan edi.
Read 1680 yoki 1695-yillarda Angliyada tugʻilgan. Manbalardahttps://worldcat.org/en/title/225292570 taʼkidlanishicha, u yoshligidan boshlab onasining iltimosi bilan meros pulini olish, keyinchalik oʻsmirlik davrida Britaniya armiyasiga qoʻshilish uchun oʻgʻil bolalar kabi kiyinishni boshlagan. U oila qurgach, koʻp oʻtmay turmush oʻrtogʻi vafot etadi va keyin oʻzi 1715-yilda Gʻarbiy Hindistonga koʻchib oʻtgan. Taxminan 1720-yilda u Jack Rackham bilan tanishadi va Anne Bonny bilan erkakcha kiyinib, ularning qaroqchilar jamoasiga qoʻshiladi. Uning qaroqchilik davri muvaffaqiyatli boʻlgan, lekin hukumat tomonidan qoʻlga olinishi sabab qisqa umr koʻradi. Read 1721-yil aprel oyida qamoqning oʻzida tugʻruq paytidagi kuchli isitmadan vafot etgan.
Hayoti Maryning onasi dastlab dengizchiga turmushga chiqqan boʻlib ularning oʻgʻil farzandi bor edi. Eri dengizda gʻoyib boʻlgach, onasi oʻgʻliga moddiy yordam yuborib turadi. U tez orada boshqa odamdan yana homilador boʻlib, bu ikkinchi homilasini yashirishga urinadi. U Mary ismli qiz farzandini koʻradi, bu orada esa oʻgʻli vafot etadi. Ikkinchi noqonuniy farzandini yashirish uchun onasi Maryni hammaga birinchi va yagona oʻgʻli deb tanishtiradi .
Read 13 yoshida oʻgʻil boladek kiyinib, uy hizmatchiligi yumushlaridan birida ish topadi, keyin esa kemada ishlay boshlaydi. Keyinchalik, u Britaniya armiyasi ekipajiga qoʻshiladi. Lekin keyin bu ishdan voz kechib, Flandriyaga koʻchib oʻtadi. U yerda kursant sifatida qurollanib piyoda polkda jasorat bilan hizmat qiladi. Mary fransuzlarga qarshi Gollandiya qoʻshinlari bilan ittifoqdosh boʻlgan otliqlar polkigaDefoe, Daniel, and Charles Johnson. A General History of Pyrates . Printed by J. Watts …, 1725. qoʻshiladi (bu toʻqqiz yillik urush yoki Ispaniya vorisligi urushi paytiga toʻgʻri kelishi mumkin). Read erkak qiyofasida jangda oʻzini salmoqli koʻrsatadi. U safdoshi flamand askariga oshiq boʻlib, ular turmush qurishadi. Ular oʻzlarining harbiy topshiriqlari hamda birodarlari tomonidan topshirilgan sovgʻalar hisobiga Gollandiyaning Breda qal’asi yaqinidagi „De drie hoefijzers“ (Uch taqa) nomli mehmonxonani sotib oladi.
Eri erta vafot etib, Read yana erkaklar kiyimida Niderlandiyada harbiy xizmatni davom ettirishga kirishadi. Ayol boʻlgani uchun muommosiz oldinga siljishga imkoniyat yoqligi sabab ishini tashlashga majbur boʻladi va Gʻarbiy Hindistonga ketayotgan kemaga qoʻshiladi. U mingan kema qaroqchilar hujumiga uchraydi. Britaniyalik ekipaj aʼzolari uni olib ketishganida, uning britaniyalik erkak qiyofasida ekanligi foyda beradi.
Qaroqchilik faoliyati thumb| Mery Readning zamonaviy gravyurasi thumb| Anne Bonnyning zamonaviy gravyurasi Readning kemasini qaroqchilar olib ketganida u bajonidil ularning buyruqlariga boʻysunadi. U hukumatga qaytarilganda qirolning kechirimini qabul qiladi va xususiy mulkdorga topshiriladi, lekin yana gʻalayon vaqtida ekipajga qoʻshilib oladi. 1720-yilda Mary qaroqchi John (Calico Jack) Rackham va uning hamrohi Anne Bonny jamoasiga qoʻshiladi. Ularning ikkisi ham dastlab uning erkak ekanligiga ishonadi. 1720-yil 22-avgustda uchalasi Nassau portidan William nomli qurolli shpalni oʻmarishga muvaffaq boʻladi.
Qaroqchilarga asirligiga tushgan Dorothy Thomas Read va Bonnyni shunday taʼriflaydi: „Ular erkaklar kurtkalari, uzun shimlar kiygan va boshlariga roʻmollar bogʻlashgan edi. Har birining qoʻllarida porox va toʻpponcha boʻlib ular uni (Dorothy Thomasni) oʻldirish uchun odamlarni laʼnatlab qasam ichdilar“. Qoʻlga olinishi 1720-yil 15-noyabrda qaroqchilar ovchisi kapitan Jonathan Barnet Yamayka koloniyasining gʻarbiy qirgʻogʻidagi Janubiy Negril nuqtasida inglizlarning boshqa ekipaji bilan rom ziyofati paytida, yaqindagi Rackham ekipajini sezib qoladi. Darhol hujumga oʻtgan Jonathan Barnet otishmada qaroqchilar kemasini ishdan chiqaradi. Rackham ekipaji aʼzolaridan koʻpchiligi mast holda qochib ketishadi va Barnetning bortiga qarshi jangga faqat ikki ayol va bir kishi qoladi. Read gʻazab bilan jang qiladi va ambar (kema qismi) ga oʻq uzib uni sindiradi, bir kishini oʻldirib boshqalarni yaralaydi. Barnetning floti son jihatdan ustun boʻlib, ayollarni qoʻlga olishga erishadi.
Vafoti Rackham va uning ekipaji hibsga olinib, Yamaykaning hozirgi Ispaniya shaharchasida sud qilinadi. Read va Bonny ham erkaklar qatori oʻlim jazosi sifatida osishga hukm qilinadi. Biroq ayollarning ikkisi ham homiladorligi sabab hukm ijrosi kechiktiriladi.
Mary Read sudda hech qachon kemada biron bir odam bilan zino qilmaganligini takidlaydi. Ammo unga oʻlim jazosi berilishida jinoyatlariga qoʻshilgan dalillardan biri uning Rackham bilan birga boʻlgani deb tahmin qilinadiDefoe, Daniel, and Charles Johnson. A General History of Pyrates . Printed by J. Watts …, 1725. .
Read qamoqxonada kuchli isitma sababli vafot etadi. Uning dafn marosimi 1721-yil 28-aprelda Yamaykadagi Avliyo Cathrine cherkovining yozuvlarida qayd etilgan. Tugʻilgan bolaning dafn etilgani haqida malumotlar mavjud emas, shu sabab Read homiladorlik vaqtida vafot etgan boʻlishi mumkin deb hisoblanadi.
Mary Readning zamonaviy talqinlari U haqidagi toʻqima hikoyalarda koʻp jihatdan XVIII asr mustaqil ayoli tasvirlanadi. Shu bilan birga jangchi ayol, jinoyatchi ayol gʻoyalari ilgari suriladi. Bularning barchasida u transatlantik sub’yekt gʻoyasiga asos boʻladiKlein, Ula Lukszo. „Busty Buccaneers and Sapphic Swashbucklers on the High Seas .“ Transatlantic Women Travelers, 1688-1843, Bucknell University, Lewisburg, PA, 2021. .
Erkakcha kiyingan ayol Mary Read oʻzini erkak qiyofasiga solib, talon-taroj qilish hamda qaroqchilik faoliyatini oson amalga oshirar edi. Bu uning uchun flotdagi erkak qaroqchilar bilan munosabatda, jang vaqtida samarali hisoblangan. Anne Bonny ham bu niqobni ishlatgan va bu bilan kemadagi erkak qaroqchilar orasida erkin oʻzini tuta olganKlein, Ula Lukszo. „Busty Buccaneers and Sapphic Swashbucklers on the High Seas .“ Transatlantic Women Travelers, 1688-1843, Bucknell University, Lewisburg, PA, 2021. .
Jinoyatchi ayol Jinoyatchi ayol taʼrifi Mary Readda yaqqol namoyon boʻlgan. Chunki u ayyor va sezgir edi va bu orqali koʻplab ekipaj aʼzolarini alday olgan. Qaroqchilarning umumiy tarixi kitobida uning qattiq va jasur feʼl-atvorga egaligi aytilgan. Bu xususiyatlar uning hayotida ham yaqqol koʻzga tashlanadi, chunki har bir qarori va harakatida qaroqchilarga hos boʻlgan qatʼiyatlilik borligi sezilganKlein, Ula Lukszo. „Busty Buccaneers and Sapphic Swashbucklers on the High Seas .“ Transatlantic Women Travelers, 1688-1843, Bucknell University, Lewisburg, PA, 2021. .
Erkaklar orasidagi roli Mary Read orqali talqin qilinishi mumkin boʻlgan yana bir tushuncha erkaklar hukmronlik qiladigan muhitda ayollarga nisbatan munosabatlar haqidagi fikrlardir. Mary Readning oʻzaro munosabatlardan oʻrganilgan maʼlumotlarga koʻra, u qaroqchilikda erkak hamkasblaridan yaxshiroq natijalarga erishgan. Ular bazida jang qilish, ichish, ishlash kabilarda erkaklardan yaxshiroq boʻlgan va bu ham Readga uzoq vaqt davomida erkak qaroqchilar orasida yurishiga sabab boʻlganKlein, Ula Lukszo. „Busty Buccaneers and Sapphic Swashbucklers on the High Seas .“ Transatlantic Women Travelers, 1688-1843, Bucknell University, Lewisburg, PA, 2021. .
Ommaviy madaniyatda thumb| Mary Read. Duel. Allen & Ginter Cigarettes uchun ispan qaroqchilarining asosiy seriyasidan namuna (N19)
Mary Readning toʻqima obrazi 2013-yilda Assassinʼs Creed IV: Black Flag video oʻyinida paydo boʻladi va Olivia Morgan tomonidan ovozlashtirilgan. 2006-yilgi True Caribbean Pirates telefilmida Kimberli Adair Mary Read shaxsiyatini tasvirlagan. 1961-yilgi Queen of the Seas italyan filmida Mary Read haqida hikoya qilinadi va uning rolini Lisa Gastoni oʻynagan. Mary Read Anne Bonny bilan birga Detective Conan: Jolly Roger in the Deep Azure animatsion filmida tasvirlangan. Mary Read Fate/Grand Order filmida Anne Bonny bilan birga kamonchi va chavandoz toifasidagi xizmatkor qahramonlar boʻlishgan. Ularni Ayako Kawasumi (Bonny) va Ai Nonaka (Read) obrazlashtirgan. Read (Kara Roberts) Black Sails serialining oxirgi qismida Mark Read nomi bilan oʻzini Anne Bonnyga tanishtiradi. Mary Read Baja Brigadasining „The Ballad of Mary Read and Anne Bonny“ qoʻshigʻida tasvirlangan. Mary Read italiyalik Secret Sphere guruhining „Under the Flag of Mary Read“ qoʻshigʻida bosh qahramon qilib olingan. Mary Read va Anne Bonny birgalikda Well-Behaved Women kitoblari seriyasida asosiy qahramon qilib olinadi. Read, Bonny va Rackham uchligi Carina Rodney tomonidan yozilgan Hell Cats audiosida namoyish etilgan. Mary Read Time Princess video oʻyinida hamroh oʻyinchi sifatida qoʻshiladi. Mary Read Julie Walkerning 2022-yilda nashr etilgan Bonny & Read fantastik kitobidagi bosh qahramonlardan biri.
Haykali
Mary Readning XVIII asrda yogʻoch haykali ishlangan va u Norfolk shtatining Heydon shahridagi XVIII asrga taalluqli The Earle Arms jamoat uyining old qismiga oʻrnatilgan. 2020-yilda Londonning Wapping shahridagi Execution Dockda Read va Bonny haykali oʻrnatilgan. Keyinchalik haykalni Devon janubidagi Burgh oroliga koʻchirish rejalashtirilgan.
Manbalar
Turkum:1721-yilda vafot etganlar Turkum:1685-yilda tugʻilganlar Turkum:Qaroqchilik Turkum:Qaroqchilar Turkum:Ayol qaroqchilar Turkum:Britaniyalik ayol qaroqchilar Turkum:Britaniya qaroqchilari Turkum:XVIII asr qaroqchilari Turkum:XVIII asr ingliz ayollari