İsmail Hakkı Dümbüllü 1897-yil Istanbul shahrida tugʻilgan. Turk komediya (hajviy) aktyori. U anʼanaviy turk teatridagi orta oyunu (oʻrta tomosha) anʼanasining soʻnggi vakili https://www.acarindex.com/pdfs/738717. Turk kinosining mashhur komediya aktyori. Biografiyasi İsmail Dümbüllü 1897-yilda Istanbulning Uskudar Süleymanağa mahallasida tugʻilgan. U Abdülhamid Ining yonidagi qo'riqchilaridan Zaynel Obidin afandi va Fatma Azize xonimning oʻgʻli . Dümbüllü İsmail 1917-1926-yillarda turk teatrida komediya ustasi boʻlgan Hasan Efendi bilan birga ishlagan. Hasan Efendidan „tulûat“ (anʼanaviy improvizatsion teatr) sanʼatini oʻrgangan. Dümbüllü İsmaildan keyin ustoz-shogird o'rtasida tulûat ijro etgan boshqa aktyor yoki shogirdi boʻlmadi. 1928-yilda İsmail Hakkı Dümbüllü Tevfik İnce bilan Istanbulda oʻz guruhlarini tuzishib va 1922-yilda Anadolu boʻylab ilk gastrol safarini boshladilar. İsmail Dümbüllü 1947-yilda filmlarda rol oʻynashni boshlagan. „Xalq komediyachisi“ sifatida kino olamida yulduzga aylandi. Oʻzi oʻynagan filmlardagi asosan Xoʻja Nasriddin obrazi bilan gavdalangan. Bir qator komediyalarda bosh rol ijro etgan: „Dümbüllü Macera Peşinde“ (Dumbüllü sarguzasht izlashda, Şadan Kamil, 1948), „Dümbüllü Sporcu“ (Dumbüllü sportchi, Seyf Havaeri, 1952) va Dümbüllü Tarzan (Dümbüllü Tarzan, Muharrem Gürses, 1954). Film suratga olishni boshlashdan oldin TRT Istanbul radiosida orta oyunu va tulûat ijro etgan. Uning orta oyununi spektakllarini radio va kinoga koʻchirish borasidagi saʼy-harakatlari anʼanaviy turk teatri sanʼatini koʻproq odamlarga tanitish va orta oyunu anʼanasining davom etishini taʼminlashda oʻz samarasini berdi.

Yana qarang

Dümbüllü documentary at TRT (Turkish Radio TV) Archive (Turkish)

Manbalar

Kategoriya:XX asr turk erkak aktyorlari Turkum:Turk erkak sahna aktyorlari Turkum:Turk erkak kino aktyorlari Kategoriya:Qorajaahmet qabristonidagi dafnlar Kategoriya:1973-yil vafot etganlar Kategoriya:Istanbullik erkak aktyorlar Kategoriya:1897-yilda tugʻilganlar