Timothy Dean Sweeney (1970-yilda tugʻilgan) – amerikalik video oʻyin dasturchisi va biznesmen hisoblanadi. U Epic Games kompaniyasi asoschisi va bosh direktori, shuningdek, oʻyin ishlab chiqishda eng koʻp foydalaniladigan platformalaridan biri boʻlmish Unreal Engine ning yaratuvchisi hamdir. Sweeney Shimoliy Karolinada katta miqdorda yer sotib olgan va bu bilan u shtatdagi eng yirik xususiy yer egalaridan biriga aylangan.
Hayotining boshlangʻich davri Sweeney Maryland shtatining Potomak shahrida ulgʻaygan boʻlib, uchta aka-ukaning eng kichigi hisoblanadi. Yoshligidanoq u mexanik va elektr asboblari bilan turli sinovlar oʻtkazishga qiziqib qolgan va oʻzini taʼkidlashicha besh-olti yoshlarida u maysa oʻradigan mashinani boʻlaklarga ajrata olgan hamda keyinchalik oʻzining go-kartini yashagan. U 1970-yillarning oxirida mashhur boʻla boshlagan arkada janridagi oʻyinlarga qiziqib qolgan, yoshligida olib tashlab yoki tuzatib yurgan mexanik buyumlar kabi oʻyinlar ham uskunalar yordamida yaratilishini bildi
11 yoshida Sweeney Kaliforniyadagi akasining yangi startapini borib koʻrdi, u yerda Sweeney IBM shaxsiy kompyuterlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan. Sweeney hafta davomidaBASIC tilini oʻrgandi va dasturlashga qiziqishini shakllantirdi. U ilgari Commodore 64 kompyuteriga ega boʻlgan boʻlsa-da, Sweeney IBM PC dan foydalanish qanchalik oson ekanligiga koʻproq eʼtibor qaratdi.. Uning oilasi Apple II shaxsiy kompyuteriga ega boʻlgach, Sweeney Atari 2600 oʻyini ruhidagi Sarguzasht 2 ni yaratishga harakat qilib, uni qanday dasturlashni oʻrganishni boshlab yubordi. Sweeney 11 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan vaqt oraligʻida, onlayn eʼlonlar taxtasidagi maʼlumotlardan foydalanib dasturlashni oʻrgatish uchun 10 000 soatdan ortiq vaqt sarflagan va bir nechta oʻyinlarni dasturlashni yakunlagan, lekin buni ommaga taqdim etmagan. Shuningdek, u akalaridan tadbirkorlik tushunchalarini ham oʻrgangan. U oʻsmirlik chogʻida oʻsha hududdagi badavlat insonning maysazorlarini boshqalarning xizmati narxining yarmiga oʻrib berishini taklif qilib, yaxshigina pul ishlab topgan
Mukofotlar va eʼtirof
Wired jurnali Sweeneyga 2007-yilda Gears of War blokbasterining texnologiyasi boʻlgan Unreal Engine 3 ustida ishlagani uchun Rave mukofoti ni taqdim etdi..
Uning tabiatni muhofaza qilish borasidagi saʼy-harakatlarini eʼtirof etgan holda, Sweeney 2013-yilda Shimoliy Karolina Yovvoyi tabiat federatsiyasi tomonidan „Yilning eng yaxshi yer muhofazachisi“ deb topildi va keyinchalik 2014-yilda Shimoliy Karolina yer trestlari uni „Yilning eng yaxshi koʻngilli tabiatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassisi“ mukofoti bilan taqdirladilar.
2017-yilda Sweeney Game Developers Choice Awards taqdirlash marosimida " Umr boʻyi muvaffaqiyatlari uchun „ mukofotiga sazovor boʻldi.
2019-yilda u Britaniyaning MCV video oʻyinlar sanoati savdosi jurnali tomonidan “Yil odami" deb topilgan. U, shuningdek, Shimoliy Karolina aholisining shtat uchun qoʻshgan hissalarini eʼtirof etuvchi The News & Observer jurnalining " Tar heels of the year award " mukofotining finalisti ham boʻlgan.
" Forbes Media Awards 2020 " da Sweeney oʻz kompaniyasi bilan Fortnite oʻyinini yaratgani va uni ijtimoiy tarmoqqa aylantirgani, hamda 28 millionta obunachilarni jalb etgan Travis Skottning oʻyin ichidagi kontserti kabi onlayn tadbirlarni oʻtkazgani uchun “Yil odami" deb tanlandi.
Shaxsiy hayoti Sweeney Shimoliy Karolina shtatining Keri shahrida yashaydi. Forbes maʼlumotlariga koʻra, , uning boyligi 7,6 milliard dollarni tashkil qiladi. Biroq Bloomberg uning boyligini 9,6 milliard dollarga baholagan.
2006-yildan beri Sweeney kompyuter dasturlari bilan bogʻliq bir nechta patentlarni qoʻlga kiritgan.
Nashrlar
Tim Svini (2000). Dasturlash tillariga tanqidiy qarash . GameSpy – Internet arxivi orqali. Tim Svini (2006). Keyingi asosiy dasturlash tili: Oʻyinni ishlab chiquvchining istiqboli . Dasturlash tillari tamoyillari boʻyicha simpozium (POPL) – MIT CSAIL orqali. Tim Svini (2008). Isteʼmolchilarning ish yuklari boʻyicha yovvoyi spekulyatsiya: 2012-2020 . Ish yukini tavsiflash boʻyicha IEEE xalqaro simpoziumi (IISWC). Neal Glew, Tim Sweeney va Leaf Petersen (2013). Bogʻliq turdagi tizimga ega boʻlgan koʻp qiymatli til . 2013-yilgi ACM SIGPLAN-ning bogʻliq boʻlgan dasturlash boʻyicha seminari materiallari. Neal Glew, Tim Sweeney va Leaf Petersen (2013). l ℵ Ish vaqtini rasmiylashtirish . arXiv . Lennart Augustsson, Yoaxim Breytner, Koen Klassen, Ranjit Jala, Saymon Peyton Jons, Olin Shivers, Tim Svini (2022). Oyat hisobi: Funktsional mantiqiy dasturlash uchun asosiy hisob . simon.peytonjones.org.
Manbalar
Qoʻshimcha manbalar
Qoʻshimcha adabiyotlar
Tashqi havolalar
Tim Sweeney’s profile on the Academy of Interactive Arts & Sciences BAFTA Celebrates: Epic Games – Interview with Tim Sweeney Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻyinlar Turkum:Epic games Turkum:Amerikalik millionerlar