Panserraikos futbol klubi (), All-Serres futbol klubi, Gretsiyaning Markaziy Makedoniyadagi Serres shahrida joylashgan yunon futbol klubi. Panserraikos shimoliy Gretsiyadagi eng muhim va yaxshi qoʻllab-quvvatlanadigan klublardan biri boʻlib, 1960 va 70-yillarda Birinchi divizionda doimiy tarzida ishtirok etgan. Klub hozirda Gretsiya Superligasida, Gretsiya futbolining yuqori toifasida ishtirok etadi.

Tarix Panserraikos 1964-yil 31-mayda Serres shahrida ikki mahalliy klub, Apollon va Iraklis birlashishidan tashkil topgan. Evangelos Chatziathanasiadis „Panserraikos“ jamoasining birinchi prezidenti edi. Serrai xalqining kuchi va jangovar fazilatlarini koʻrsatadigan brend sifatida Amfipolis Leo tanlangan. Panserraikos 1964—1965-yilgi mavsumda birinchi marta milliy chempionatda ishtirok etdi. Keyinchalik esa Beta Etniki ligasida oʻynashdi. Yangi tashkil etilgan klubning ishtiyoqi juda katta edi va shuning uchun Panserraikos darhol Alpha Etniki ligasiga koʻtarilidi

left|thumb|257x257px| Amfipol sher

Jamoa libosi  Jamoaning odatiy koʻylak toʻplami, qizil va oq vertikal chiziqli koʻylak, qizil shortiklar va paypoqlar hsioblangan. Stadion thumb|230x230px| Serres Municipal stadioni Panserraikosning bosh qarorgohi Serres Municipal stadionidir. Bu eng qadimgi sport maydonlaridan biridir. U dastlab 1926-yilda qurilgan boʻlib, gʻarbiy tomonda faqat bitta tribuna bor edi. Oʻsha paytda uning sigʻimi 3000 tomoshabindan oshmagan. 1964-yildan keyin Panserraikos asos solinganidan soʻng, jamoaning yaxshiroq maydonga boʻlgan ehtiyoji yanada muhimroq boʻldi. 1972-yilda Panserraikos va AEL oʻyinida Serres munitsipal stadioni rekord darajadagi tomoshabinga ega boʻlgan edi. 1976-yilda stadion tribunalarda hozirgi koʻrinishini oldi. Oʻsha davrda Serres stadioni 15 000 tik tomoshabin oʻrinlariga ega edi. 2005-yilda uning stadionnu yangilash uchun uning ichki va tashqi qiyofasini oʻzgartirishda davom etdi. Oʻshanda barcha tribunalarga 9500 ta plastik oʻrindiqlar joylashtirilgan edi.

Oʻyinchilar

Hozirgi tarkib

Yutuqlar

Gretsiya ligasi

Ikkinchi divizion (5) : 1964–65, 1971–72, 1979–80, 2007–08, 2022–23 Uchinchi divizion (2) : 1993–94, 2014–15 Toʻrtinchi divizion (1) : 2019–20

Liga tarixi 1964–1965-yillar: 2-divizion 1965–1971-yillar: 1-divizion 1971–1972-yillar: 2-divizion 1972–1979-yillar: 1-divizion 1979–1980-yillar: 2-divizion 1980–1984-yillar: 1-divizion 1984–1985-yillar: 2-divizion 1985–1986-yillar: 1-divizion 1986–1987-yillar: 2-divizion 1987–1988-yillar: 1-divizion 1988–1989-yillar: 2-divizion 1989–1992-yillar: 1-divizion 1992–1993-yillar: 2-divizion 1993–1994-yillar: 3-divizion 1994–1995-yillar: 2-divizion 1995–1996-yillar: 3-divizion 1996–2008 2-divizion 2008–2009: 1-divizion 2009–2010: 2-divizion 2010–2011: 1-divizion 2011–2013: 2-divizion 2013–2015: 3-divizion 2015–2018: 2-divizion 2018–2019: 3-divizion 2019–2020: 4-divizion 2020–2021: 3-divizion 2021–2023: 2-divizion 2023-yildan hozirgacha: 1-divizion Manbalar:

Klub rekordlari

Rekord tomoshabin: 14,200 va Larissa, Beta Ethniki, 1972-yil 25-iyun Rekord liganing uydagi gʻalabasi: 6-1, AEL Limassol, Alpha Etniki, 1969-yil Rekord liganing mehmondagi gʻalabasi: 9-4, Levadiakos, Beta Ethniki, 1998-yil 29-mart Eng yuqori liga oʻrni: Alpha Ethniki -da 8-oʻrin, 1969–1970 va 1980–1981-yillar mavsumlari Eng past liga oʻrni: Alpha Etnikida 18-oʻrin, 1979-1980-yillar mavsumi

Taniqli murabbiylar

Ilie Oană Vladimír Táborský Ioannis Gounaris Christos Archontidis Nikos Anastopoulos Makis Katsavakis Konstantinos Iosifidis Dušan Mitošević Lajos Détári Giannis Papakostas Hugo Broos Ángel Pedraza Guillermo Ángel Hoyos Dragan Kokotović Momčilo Vukotić Josu Uribe Michalis Grigoriou Kostas Vasilakakis Paulo Campos Pavlos Dermitzakis

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt Panserraikos tarafdorlari „Che Gevara“ klubi

Turkum:Gretsiya futbol klublari Turkum:1946-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari