Kachura koʻllari () Pokiston shimolidagi Gilgit-Baltistonning Skardu tumanidagi uchta koʻl birlashmasi natijasida hosil boʻlgan. Kachura koʻli balandlikda joylashgan. Kachura koʻli 2 qismga boʻlinadi Yuqori Kachura koʻli va Quyi Kachura koʻli. Quyi Kachura koʻli Shangrila koʻli nomi sifatida ham tanilgan. Quyi Kachura koʻli Skardu shahri tashqarisidagi Shangrila Resort nomli sayyohlik kurortida joylashgan. Zambaxa koʻli deb nomlangan yana bir koʻl Shangrilaga tutashgan Zambaxa kichik qishlogʻida joylashgan. Koʻllar gʻarbiy Himoloyning Qorakoram togʻ tizmasida, katta Kashmir mintaqasida va Hind daryosi havzasida joylashgan.

Yuqori Kachura koʻli thumb Yuqori Kachura koʻli tiniq suvdan iborat boʻlib, uning chuqurligi ni tashkil etadi. Yozda Kachura koʻli asosan haroratga ega boʻladi. Qishda Kachura koʻlining sirt yaʼni yuza qismi qattiq muzlaydi. Yuqori Hind daryosi yaqinrogʻida va uncha katta boʻlmagan tezlikda oqadi.

Yuqori Kachura koʻlining goʻzalligi deyarli oʻzgarmagan va shunday boʻlsada sayohatchilar tomonidan oʻrganilmagan, chunki uning noqulay yerlari tufayli turistik infratuzilma yoʻq. Hudud Gʻarbiy Himoloy ignabargli oʻrmonlarining boy landshaftiga ega, shuningdek, ushbu hudud yovvoyi oʻrik bilan anchagina mashhur. Yuqori Kachura koʻlidagi dam olish tadbirlari piyoda yurish, baliq ovlash va Himoloy alpinizmlarini sayohat qilishni oʻz ichiga oladi.

Yana qarang

Shimoliy hududlar Pokistondagi koʻllar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Vaqas Usmon tomonidan Yuqori Kachura koʻli va Skardudan olingan fotosuratlar Imron Ahmadning foto galereyasi