Halit Özgür Sarı (1993-yil 4-oktyabrda tugʻilgan) – turk aktyori va modeli.
Yoshlik yillari Halit 1993-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng Istanbul Bilgi universitetining iqtisod fakultetini tamomlagan. U oʻrta maktab va kollej yillarida model boʻlib ishlagan va koʻplab brendlarning yuziga aylangan. Turk aktrisasi Esra Qizildoʻgʻandan aktyorlik sirlarini oʻrgangan va Basic and Advanced Acting Craft Studio studiyasida Enginay Kanat yordamida kamera qarshisida mahoratini oshirgan.
Faoliyati 2018-yilda oʻz faoliyatini koʻplab seriallarda rol oynashdan boshlagan va shulardan biri Mehmet Bozdag suratga olgan Diriliş: Ertugʻrul serialida Selcan Hatun oʻgʻli Suleyman Alp rolini ijro etgan Keyinchalik Netflix tomonidan 2020-yilda suratga olingan " Himoyachi " filmida „Orif“ rolini oʻynaydi. Shuningdek, u "Qırmızı Oda " serialida „Klinik Muduru Murat“ rolini oʻynagan va serial TV8 telekanalida efirga uzatilgan. U qisqa vaqt ichida katta loyihalarda ishtirok etishi bilan tanilgan. 2021'da Kardeşlerim kinoda Yiğit Koçak bilan bashrolda ijro etgan.
Shaxsiy hayoti Halit yoshligidan "Fenerbaxche" futbol klubining ashaddiy muxlisi boʻlgan va oʻsha paytlarda kosmonavt boʻlishni orzu qilganini aytgan. Shuningdek, u juda koʻp uxlashini va kimdir uni uygʻotmagancha oʻzi uygʻonmasligini, lekin hech qachon hech qayerga kechikmasligini aytadi. Uni Instagramda 1 million kuzatuvchilari bor.
Filmlardagi ishtiroki Film YilNomi Roʻllari 2021-yil Geçen Yaz Burak 2022-yil Shaxsiy dars Burak Televizion formatda 2018–2019-yillar Diriliş: ErtugʻrulSulaymon Alp 2019–2020-yillar Karem 2020-yil Xoqon: Muhafiz Orif 2020-yil Klinika menejeri Murat 2021-yil KardeshlerimKadir Eren 2022-yil Gizli SaklıPamir Ulaş/Levent Güneş 2023-yil Yabani Yoman
Manbalar
Yana qarang
Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar