Yelena Vladimirovna Dzyubchuk (, 1985-yil 19-may, Simferopol, Ukraina SSR, SSSR) – ukrainalik badiiy gimnastikachi . 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, 2001 va 2002-yillarda ikki karra jahon chempioni.

Biografiya Yelena Dzyubchuk 1985-yil 19-mayda Simferopol shahrida tugʻilgan.

Simferopoldagi „Dinamo“ oʻsmirlar sport maktabida badiiy gimnastika boʻyicha tahsil olgan..Uning murabbiylari Lyubov Serebryanskaya, keyinroq Oksana Rizatdinova boʻlishgan. Keyinchalik u Kiyevdagi Deryugin badiiy gimnastika maktabida oʻzini takomillashtirdi .

U Simferopol va Kiyevdan „Gratsiya“ nomidan ishtrok etgan .

2001-yilda Ukraina terma jamoasi tarkibida u Madridda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida koʻpkurash bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2002-yilda Ukraina terma jamoasi aʼzosi sifatida u Yangi Orleanda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida beshta lenta bilan guruh mashqlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2004-yilda u Afinadagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Ukraina terma jamoasiga qoʻshildi. Guruh koʻpkurashda Mariya Bilaya, Yuliya Chernova, Yelizaveta Karabash, Inga Kojokina va Oksana Paslas ham ishtirok etgan Ukraina terma jamoasi saralash bosqichida 9-oʻrinni egallab, finalga chiqa olmadi. Ukrainaliklar 42,150 ochko jamgʻarib, 8-oʻrindan finalga chiqqan ispaniyalik gimnastikachilarga 2,450 ball bilan imkoniyatni boy berishdi .

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:19-mayda tugʻilganlar