Valeriy Ivanovich Shaveyko (; 1956-yil 4-fevralda tugʻilgan) – sobiq sovet futbolchisi, SSSR sport ustasi (1979), rossiyalik murabbiy, hakam va inspektor.

Futbolchilik faoliyati Bolaligida u tennis, boks, dzyudo bilan shugʻullangan. 10 yil ichida yunon-rum kurashi boʻyicha „Dinamo“ jamiyati chempionligini qoʻlga kiritgan. Minsk-5 sport maktabida murabbiy Leonid Lapunov qoʻl ostida taʼlim olgan. 1974-yilda professional futbolda Minskning „Dinamo“ klubi tarkibida debyutini amalga oshirgan. Dinamo jamoasi tarkibida yetti mavsum davomoda toʻp surgan soʻng, bosh murabbiy Eduard Malofeev Shaveykoning „Neftchi“ PFK bilan uy uchrashuvidagi magʻlubiyatda (0:2) ayblovidan keyin jamoani tark etishga qaror qildi.

1981-yilda Shaveyko Moskvaning „Torpedo“ klubiga borishga qaror qildi. Yanggi jamoasi tarkibida avval birgalikda oʻynagan tanish doʻstlari Kruglov, Petrenko, Vasilyev, Prigoda kabi futbolchilar bilan jamoada asosiy futbolchilardan biriga aylandi. 1986-yilgi SSSR kubogi gʻolibi, 1982-yilgi finalchi 1988-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazgan, keyinroq Polshada (Sovet harbiy chempionatida Shimoliy kuchlar guruhida oʻynagan) va Rossiya chempionatida „Metallurg“ Novotroitsk FK va „Lada Dimitrovgrad“ jamoalarida oʻynagan.

Hakamlik faoliyati 1996–2004-yillarda oliy ligada futbol hakami boʻlib ishlagan va 48 ta oʻyin oʻtkazgan. 1999-yil 7-noyabrda „Lokomotiv“ (Sankt-Peterburg) – „Tyumen“ oʻyini oʻtkazilgach, ikki yilga futboldan chetlatilgan va oliy divizion oʻyinlarida hakamlik qilish huquqidan mahrum etilgan. 2007-yilda u Moskvaning Torpedo FShM klubi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. 2008-yildan futbol oʻyinlari inspektori.

Manbalar

Havolalar

Statistika igr v evrokubkax

Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Belaruslik erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Torpedo Moskva klubi futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar