Didiy Yulian (lotincha: Marcus Didius Severus Iulianus) – milodiy 193-yilda 28-martdan 1-iyungacha 2 oy davomida Rim imperatori boʻlgan. Senatorlar kengashi aʼzosi hamda antoninlar davrida u harbiy va siyosatchi sifatida faoliyat olib borgan: u bir qancha viloyatlarni boshqargan hamda nemislar bilan boʻlgan chegara urushlarida gʻalaba qozongan. Milodiy 175-yilda konsul lavozimida ishladi. Pretorlar 193-yilda imperator Pertinaksni oʻldirganidan keyin Didiy Yulian imperator etib tayinlangan, va bir tomondan Pretorian lagerida bosh hokimiyatni sotib olgan. Senat va shahar plebsi undan nafratlanardi. Yulianga qarshi shahar gubernatorlari, Siriyada Gay Pesseniy Nigerg, Pannoniyada Lutsiy Septimiy Sever, Britaniyada esa Detsim Klodiy Albin unga qarshi isyon koʻtarishgan.
Manbalar
Turkum:193-yilda tugʻilganlar Turkum:Rim imperatorlari Turkum:Rimda vafot etganlar