1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari, rasman VI qishki Olimpiya oʻyinlari (), shuningdek, Oslo 1952 nomi bilan ham ataluvchi, 1952-yilning 14-fevralidan 25-fevraliga qadar Norvegiya poytaxti Oslo shahrida oʻtkazilgan Qishki Olimpiada oʻyinlari.

Navbatdagi qishki Olimpiada oʻyinlarining aynan Oslo shahrida oʻtkazilishi haqidagi muzokaralar 1935-yildayoq boshlanadi. Shahar dastlab 1948-yilgi Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilish istagini bildiradi, biroq Ikkinchi jahon urushi tufayli ushbu oʻyinlarni oʻtkazishning iloji boʻlmaydi. Keyinchalik esa Oslo 1952-yilgi musobaqalarni oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritadi. Ushbu Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish boʻyicha Italiyaning Kortina-d’ampetsso va Amerika Qoʻshma Shtatlarining Lake Placid shaharlari ham oʻz nomzodliklarini qoʻyishadi, biroq yakunda Oslo shahri ushbu imkoniyatga ega boʻladi. Olimpiada oʻyinlaridan joy olgan deyarli barcha musobaqalar oʻtkaziluvchi sport inshootlari poytaxt shahar Osloda joylashgan boʻlib, birgina togʻ changʻi sporti boʻyicha oʻyinlar poytaxtdan uzoqlikda joylashgan Norefjell togʻ tizmalarida boʻlib oʻtadi. Matbuot aʼzolari va musobaqaning hurmatga sazovor mehmonlari uchun yangi mehmonxona, sportchilar va murabbiylar uchun esa uchta yotoqxona qurilib, birinchi zamonaviy sportchilar shaharchasi yaratiladi. Oslo shahri ushbu Olimpiada oʻyinlari uchun zarur barcha moliyaviy mablagʻni qoplashni oʻz zimmasiga oldi. 1952-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari aynan shu yili Finlandiyaning Helsinki shahrida boʻlib oʻtuvchi Yozgi Olimpiya oʻyinlari oldidan Shimoliy Yevropada ketma-ket oʻtkazilgan ikki Olimpiya oʻyinlarining birinchisi boʻlgan.

1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 30 ta mamlakatdan 694 nafar sportchi ishtirok etadi, sportchilar jami toʻrtta sport turi boʻyicha 22 ta musobaqalarda bahs olib boradilar. Ikkinchi Jahon urushidan keyin Yaponiya va Germaniya davlatlari 1948-yilgi oʻyinlarni oʻtkazib yuborishga majbur boʻladilar, biroq ikkala shahar ham Osloda oʻtkazilgan Qishki Olimpiya musobaqalarida ishtirok etish uchun tashrif buyuradi. Sharqiy Germaniya yagona jamoa sifatida qatnashishdan bosh tortganidan soʻng, Germaniya nomidan oʻyinlarda faqatgina Gʻarbiy Germaniya sportchilari ishtirok etishadi. 1952-yilgi Olimpiada oʻyinlari Portugaliya va Yangi Zelandiya uchun debyut musobaqa hisoblanib, ayol sportchilarga ilk bora changʻi sporti boʻyicha musobaqalarda qatnashishga ruxsat beriladi.

Norvegiyalik yuk mashinasi haydovchisi Hjalmar Andersen konkida uchish boʻyicha toʻrtta musobaqaning uchtasida gʻalaba qozonib, 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida eng yuqori natija koʻrsatgan sportchiga aylanadi. Germaniyalik sportchilar bobsley boʻyicha ikki va toʻrt kishilik musobaqalarda gʻalaba qozonib, qishki Olimpiada oʻyinlaridagi nufuzini qayta tiklab oladi. Amerikalik Dick Batton figurali uchish boʻyicha sport faoliyati davomida ketma-ket ikkinchi marotaba Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritish maqsadida musobaqa ishtirokchilari orasida birinchi boʻlib uch hatlab sakrash mashqlarini amalga oshiradi. Qishki sport turlari orasida mashhur hisoblangan koptokli xokkey sporti ham ushbu oʻyinlar safidan joy oladi, biroq faqatgina uchta Shimoliy Yevropa mamlakatlarigina oʻyinlarda ishtirok etishadi. Norvegiya davlati medallar soni boʻyicha umumiy hisobda 16 ta, shulardan 7 ta oltin medal bilan yetakchilikni qoʻlga kiritadi. 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari navbatdagi musobaqalarni qabul qilib oluvchi shaharga Olimpiada oʻyinlari bayrogʻini topshirish marosimi bilan yakunlanadi.

Mezbon shaharni tanlash jarayoni Oslo shahri 1936-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qiluvchi shaharni saylash jarayonlarida 1936-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish imkoniyatini qoʻldan boy bergan Germaniyaga magʻlub boʻlgan edi. Oʻsha paytda Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qiluvchi mamlakat Qishki Olimpiada oʻyinlariga ham mezbonlik qilish imkoniyatiga ega boʻlganFindling and Pelle (1996), p. 252. 1936-yilgi oʻyinlardan soʻng, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) yozgi va qishki musobaqalar turli mamlakatlarda oʻtkazilishi kerakligini eʼlon qiladi. Biroq Ikkinchi jahon urushi sababli oʻyinlar maʼlum muddatga toʻxtatiladi. London Ikkinchi jahon urushidan keyin oʻtkazilgan 1948-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qiladi, shuningdek, shu yili oʻtkaziladigan qishki oʻyinlarini oʻtkazish uchun Oslo shahrini nomzod sifatida tavsiya qiladi, ammo maʼlum sabablarga koʻra, XOQ ushbu shahar nomzodligini rad etadi. 1948-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari Shveytsariyaning St. Moritz shahrida boʻlib oʻtadi.

Norvegiyaliklar dastlab Qishki Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish borasida bir qarorga kelishmagan ediKlausen (1999), p. 28. Ular Norvegiya sportchilarining oldingi qishki oʻyinlarda qayd etgan yuqori natijalariga qaramay, raqobatbardosh qishki sport turlari, xususan, changʻi sporti boʻyicha musobaqalar oʻtkazilishiga qarshi edilarKlausen (1999), pp. 28–29. Ammo tashkilotchilar 1952-yilgi musobaqlarni Norvegiyada oʻtkazish mamlakat aholisi oʻrtasida milliy birlikni rivojlantirish va Norvegiyaning urushdan keyin oʻzini qayta tiklab olganini dunyoga koʻrsatish uchun yaxshi imkoniyat ekanligiga ishonishadiKlausen (1999), p. 29. Oʻyinlarga mezbonlik qilish jarayonlarida Oslodan tashqari, shuningdek, Italiyaning Kortina d’Ampezzo hamda AQSHning Lake Placid shaharlari ham daʼvogarlik qiladi. XOQ 1947-yil 21-iyunda Stokgolmda (Shvetsiya) boʻlib oʻtgan 40-sessiyasida 1952-yilgi qishki oʻyinlarga mezbonlik qilish huquqini Osloga beradiOrganising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 20. Keyinchalik, Italiyaning Kortina d’Ampezzo shahri 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga, Lake Placid shahri esa 1980-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarni oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladi. Olimpiada tarixida Norvegiya davlati Qishki Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qiluvchi birinchi Skandinaviya davlatiga aylanadi va 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari mezbon mamlakat poytaxtida oʻtkazilgan ilk Olimpiada musobaqalari hisoblanadi.

Natijalar ShaharMamlakat9-turOslo Norvegiya17Kortina-dʼampetsso Italiya9Lake Placid Qoʻshma Shtatlar1

Tashkilot 1952-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarini tashkil etish boʻyicha maxsus qoʻmita tayinlangan boʻlib, ushbu qoʻmitada Norvegiyaning sport masalalari boʻyicha toʻrt nafar yuqori martabali amaldorlari, Oslo munitsipalitetidan toʻrt nafar vakil, jumladan, mer (hokim) Brynjulf Bull faoliyat yuritadi. Qoʻmita 1947-yilning dekabr oyida tashkil etilgan boʻlibOrganising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 21, Oslo shahri Olimpiadani oʻtkazish uchun kerakli mablagʻning barchasini toʻliq moliyalashtiradiOrganising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 57. Sportchilar, ularning murabbiylari va yordamchi xodimlar uchun zarur turar-joy binolari loyihalashtiriladi va musobaqa kuniga qadar uchta yangi sport obyektlari qurib bitkaziladiOrganising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), p. 23. Oslo shahri budjetidan XOQ delegatlari, shahar tashqarisida nufuzli mehmonlarni qabul qilish va oʻyinlarning aloqa markazi sifatida foydalanish maqsadida Viking deb nomlanuvchi yangi mehmonxonani qurish uchun alohida mablagʻ ajratiladiOrganising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 42–43. Ushbu Qishki oʻyinlarda birinchi marotaba 8 ta jamoa ishtirok etuvchi yopiq xokkey arenasi quriladiFindling and Pelle (1996), p. 256. Osloning mavjud markaziy arenasi – „Bislett“ stadionidan Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlari hamda konkida yugurish sporti musobaqalari uchun foydalaniladi. Arenaning ovoz va yorugʻlik tizimlarini yaxshilash, ishtirokchi klublar va matbuot xodimlari uchun alohida xonalar qayta taʼmirlanadi, shuningdek, arenada mutlaqo yangi tibbiyot markazi binosi ham qurib bitkaziladiOrganising Committee for the VI Winter Olympic Games (1952), pp. 29–30.

Siyosat Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyaning Norvegiyani bosib olishi 1952-yilgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonlarida nemislarga nisbatan salbiy qarashlarning kuchayishiga sabab boʻladi, hatto Germaniyaning oʻyinlarda ishtirok etishiga ruxsat berish kerakmi yoki yoʻqligi borasida jiddiy muhokamalar boshlanadiFindling and Pelle (1996), p. 254. 1950-yilda Gʻarbiy Germaniya Olimpiya qoʻmitasi XOQ tomonidan tan olinishini soʻrab murojaat etganda, ularning ishtiroki boʻlajak oʻyinlarda siyosiy boykotlarga sabab boʻladimi degan savolning koʻtarilishiga sabab boʻladiEspy (1981), p. 32. Keyinchalik Gʻarbiy Germaniya Olimpiya qoʻmitasi XOQ tomonidan tan olinganidan soʻng, Gʻarbiy Germaniya 1952-yilgi qishki oʻyinlarda qatnashish uchun rasman taklif etiladiHill (1992), p. 34. Sharqiy Germaniyaga Gʻarbiy Germaniya bilan birlashgan jamoa sifatida musobaqalarda ishtirok etish taklifi beriladi, biroq ular ushbu taklifni rad etadiHill (1992), p. 35.

Avvaliga Norvegiya nemis va boshqa ayrim sportchilarni natsistlarga xayrixoh deb hisoblashgani bois, ularga musobaqalarda ishtirok etish uchun ruxsat berishni istashmaydi. Misol uchun, norvegiyalik konkida uchuvchi Finn Hodt urush paytida natsistlar bilan hamkorlik qilgani uchun unga Norvegiyaning konkida uchish terma jamoasi tarkibida musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan. Biroq bir qancha munozara va muzokaralardan soʻng, Norvegiya nemis va yapon sportchilarining ham musobaqalarda ishtirok etishiga rozi boʻlishadi. Sovet Ittifoqi XOQ tomonidan tan olinganiga qaramay, Oslodagi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun Ittifoqdan hech qanday sportchi tashrif buyurmaydiFindling and Pelle (1996), pp. 254–255Findling and Pelle (1996), p. 255.

Musobaqalar Qishki Olimpiada oʻyinlarida umumiy hisobda 4 ta sport turi boʻyicha (8 ta yoʻnalish) jami 22 ta medallar oʻynaladi.

link=|alt=|20x20px Bobsley (2) link=|alt=|20x20px Muz ustida xokkey (1) Konkida uchish link=|alt=|20x20px Figurali uchish (3) link=|alt=|20x20px Konkida yugurish sporti (4) link=|alt=|20x20px Changʻi sporti link=|alt=|20x20px Togʻ changʻi sporti (6) Changʻi poygasi (4) link=|alt=|20x20px Biatlon (1) link=|alt=|20x20px Changʻida sakrash (1)

Koʻrgazmali sport 20x20px Koptokli xokkey (1)

Ochilish marosimlari