Farxat Soyibov (1957-yil 2-yanvar; Buxoro viloyati, Jondor tumani) — Oʻzbekiston qahramoni, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.
Tarjimai holi Farxat Soyibov 1957-yil 2-yanvar kuni Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻilgan. 1985-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. 1974-yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ish boshlagan. 1975—1989-yillarda Markaziy kon boshqarmasi 2-gidrometallurgiya zavodi qurilish sexida nasos qurilmalari mashinisti, katta usta, usta-texnolog, quyultirish boʻlinmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2009—2015-yillar oraligʻida shu kombinatning Shimoliy kon boshqarmasi 3-gidrometallurgiya zavodida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Soyibov 1989-yildan 1992-yilgacha Zarafshon shahri rahbariyatida faoliyat yuritgan. Keyingi 2 yilda 2-gidrometallurgiya zavodi quyultirish sexida texnolog-sex va 1994—1995-yilddarda „Zarafshon-Nyumont“ Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasi moddiy taʼminot boʻlimi boshligʻi boʻlgan.
Mukofotlari „Mehnat shuhrati“ ordeni (2003-yil) Oʻzbekiston qahramoni (2008-yil)
Manbalar
Adabiyotlar