Google Meet ― Google tomonidan ishlab chiqilgan video-qoʻngʻiroq xizmati. Oldingi Google Hangouts oʻrniga kelgan ikkita ilovadan biridir, birinchi ilovasi Google Chat serivisi boʻlgan. Xizmat 2022-yil oxirida Google Duo oʻrnini egalladi, keyinchalik Duo mobil ilovasi Meet deb qayta nomlandi va Duo faoliyati bosqichma-bosqich toʻxtatildi.

COVID-19 pandemiyasi davrida Google Meet ilovasini faqat Google Workspace foydalanuvchilari emas, balki qolgan foydalanuvchilar uchun ham taqdim qildi. Google Meetdan foydalanish 2020-yilning yanvar-aprel oylarida 30 baravarga oshdi. Zoom kundalik foydalanuvchilari 200 millionga yetgan paytda Google Meet ilovasiga kuniga 100 million nafar foydalanuvchi tashrif buyurdi.

Tarixi thumb|150x150px|2017-yil martidan 2020-yil oktyabrigacha foydalanilgan Google Meet logotipi 2017-yil fevral oyida alohida mijozlar uchun iOS ilovasi ishlab chiqilgach, Google Meet ilovasini 2017-yilning mart oyida rasman ishga tushirdi. Xizmat dastlab 30 ta ishtirokchiga ega video-konferens-aloqa ilovasi sifatida taqdim etildi. Shunindek, Meet ilovasi Hangouts korporativ mijozlari uchun qulay versiya sifatida tanilgan.

2020-yil avgust oyida Google Duo ilovasini Google Meet bilan birlashtirish rejalashtirilayotgani haqida xabar berdi. 2021-yil dekabr oyida reja bekor qilindi. Duo platformasini ishlab chiqish davom ettirildi va yangilandi. 2022-yil iyun oyida Google oʻz rejalarini oʻzgartirdi va Duoning Meet bilan birlashishini eʼlon qildi. Platformalarni birlashtirish avgust oyida boshlandi, Duo mobil ilovasi Meet nomiga oʻzgartirildi. Google Duo veb-ilovasi ham Google Meet veb-ilovasiga yoʻnaltirildi.

Imkoniyatlari Google Meet quyidagi imkoniyatlarga ega:

Ikki tomonlama va koʻp tomonlama audio-video qoʻngʻiroqlar Dastur litsenziyasiga qarab, 720p yoki 1080p gacha boʻlgan video aloqa Oʻzaro hamkorlar suhbati Foydalanuvchilar qoʻngʻiroqlarini shifrlash Shovqinni kamaytiruvchi audio filtr Video qoʻngʻiroq uskunalari: umumiy doska, reaksiyalar, soʻrovnomalar, ovoz berish va savol-javob uskunalari Google hujjatlarni ulashish Ekranlarni almashtirish Jamoaviy faoliyatlar – birgalikda YouTube va Spotify tomosha qilish, UNO! Mobil, Kahoot! kabi mini oʻyinlarni oʻynash Google Taqvim va Google Contacts bilan integratsiya Yigʻilishlarda kirish raqami orqali qoʻngʻiroq qilish imkoniyati Qoʻngʻiroqqa foydalanuvchining kirishini rad etish, foydalanuvchini oʻchirish, mikrofon va videoga kirishni boshqarish Video filtrlari, effektlar, fon va yuz maskalari Veb-brauzer, Android va iOS ilovalari orqali uchrashuvlarga qoʻshilish imkoniyati va boshqalar.

Google Workspace hisoblari Google Workspace hisobi foydalanuvchilari quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlarga ega boʻlishadi:

Google Workspace Starter tarifi egalar uchun 100 ta qoʻngʻiroq, Google Workspace Business tarifi 150 tagacha va Google Workspace Enterprise foydalanuvchilari uchun 250 tagacha qoʻngʻiroq qilish Boshqa mamlakatlar telefon raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish Video-qoʻngʻiroqlarni yozib olish Google Workspace Enterprise tarifi foydalanuvchilari uchun telefon raqamlarni parol bilan himoyalash. Speech Recognition funksiyasi. Orqa fonni xiralashtirish va virtual fonlar qoʻshish. Real vaqt rejimida avtomatik tarjima va boshqa imkoniyatlar.

Shaxsiy hisoblar 2020-yil mart oyida Google Meetni shaxsiy Google hisobi foydalanuvchilari uchun ham chiqardi. Bepul Meet qoʻngʻiroqlari faqat bitta host va 100 tagacha ishtirokchiga ega boʻlishi mumkin. Meet biznes qoʻngʻiroqlaridan farqli ravishda, foydalanuvchi qoʻngʻiroqlari yozib olinmaydi va saqlanmaydi. Googlening taʼkidlashicha, Meetdagi foydalanuvchi maʼlumotlaridan reklama tavsiyalari uchun foydalanilmaydi. Biroq, Google qoʻngʻiroqlar davomiyligi, kimlar qatnashayotgani va ishtirokchilarning IP manzillari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash huquqini oʻzida saqlab qoldi.

Texnologiya WebRTC standartiga asosan, Google Meet video oqimini ixchamlash uchun VP8 va VP9 video kodeklaridan va ovoz oqimini sozlash uchun Opus audio kodeklaridan foydalanadi. 2020-yil aprel oyida Google AV1 video kodekni qoʻllab-quvvatlashini eʻlon qildi.

Google Meet audio va video oqimini boshqarish uchun xususiy dasturiy protokollardan foydalanadi. Bunda, asosan, SIP/H.323 asosidagi konferensiya uskunalari va dasturiy ta'minotlari qoʻllanadi. Shuningdek, Google Workspace hisobi foydalanuvchilari uchun uchinchi tomon xizmatlari ham mavjud.

Texnik taʼminoti 2020-yilning may oyida Asus konferensiya xonalarida Google Meetdan foydalanish uchun moʻljallangan video-konferens-aloqa uskunasini taqdim etdi, unga „Meet Compute System“ deb nom berildi.

2020-yil 15-sentyabrda Google Lenovo bilan hamkorlikda Meet Series Oneni taqdim etdi. Ushbu toʻplam Meet Compute System, „Smart Camera“, shovqinni kamaytiruvchi „Smart Audio Bar“, masofadan boshqarish pulti va sensorli ekranni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, Google Assistantni ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Yana qarang

Microsoft Teams Zoom

Manbalar

Turkum:Kross-platformali dasturlar Turkum:Google