Nikolay Fedorovich Gavrilov (1958-yil 14-sentyabrda, Yanglichi qishlogʻi, Chuvash Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi) sovet va rus aviatori, general-leytenant (2007), Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (2002)Gavrilov Nikolay Fyodorovich . „Utair“ aviokompaniyasi mintaqaviy direktori.

2010-yilgacha Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati aviatsiya boshqarmasi boshligʻi.

Hayoti 1958-yil 14-sentyabrda Chuvash Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kanash tumani Yanglichi qishlogʻida tavallud topganGavrilov Nikolay Fyodorovich .

Harbiy hizmati 1979-yilda Syzran oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini imtiyozli diplom bilan tugatgan.

Nikolay 1999-yildan 2010-yilgacha Rossiya Federatsiyasining Federal xavfsizligi aviatsiyasida xizmat qilgan va „Alfa“ va „Vympel“ antiterror guruhlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan. Shu jumladan Rossiya Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin bilan birga vertolyotda 14 marta uchganMariinsko-Posadskiy rayon: Meropriyatiya, posvyaщennie pamyati vipusknikov Elbarusovskoy sredney shkoli A. Ovchinnikova i N. Kurakova. Mariya Rakova, Lichniy pilot Putina , Setevoe izdanie „BM24“, 16.12.2015.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2002-yil 14-yanvardagi farmoni bilan „Maxsus vazifani bajarish paytida koʻrsatilgan jasorat va qahramonlik uchun“ unga eng yuqori unvon Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni berilganGavrilov Nikolay Fyodorovich .

Isteʼfo 2010-yilda general-leytenant unvoni bilan Rossiya Federatsiyasining Federal xavfsizlik xizmati aviatsiya boshqarmasi boshligʻi lavozimidan nafaqaga chiqdi.

Manbalar

Turkum:SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi yubiley medali sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 3-darajali ordeni sohiblari Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:14-sentyabrda tugʻilganlar