Deyan Tyagu-Stankovich (serbcha: Dejan Tiago-Stanković 2-noyabr 1965-yil, Belgrad – 21-dekabr 2022-yil Lissabon) – serb va portugal yozuvchisi va tarjimoni. „Eshtoril“ (2015) romani uchun Serbiya Fanlar va sanʼat akademiyasining Branko Lopik nomidagi mukofoti va „Zamalek“ romani uchun Yevropa Ittifoqining adabiyot boʻyicha mukofoti (2020) laureatiThe European Union Prize for Literature. Tarjimai holi Deyan Tyagu 1965-yil 2-noyabr Belgradda tavallud topgan. 1995-yil Londonda yashagan va u yerda Portugal ayoliga uylangan. Keyinchalik ayoli bilan Lissabonga koʻchib oʻtgan va Portugaliya fuqaroligini olganKako portugalski mediji pišu o smrti Dejana Tiaga Stankovića. U portugal tilidan serb tiliga va serb tilidan portugal tiliga bir qancha tarjimalar qilgan – Saramag, Ivo Andrik va Dragoslav Mixaylovich asarlari bilan ishlagan. U koʻplab Serbiya, Xorvatiya, Portugal, Britaniya va Braziliya nashrlari uchun hujjatli insholar yozgan. Yozuvchi Belgrad haftalik NIN (Nedeljne informativne novine) gazetasining sharhlovchisi boʻlgan. Xorvatlar, serblar, bosnyaklar va chernogoriyaliklarning umumiy tili toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzolagan (serbcha: Deklaracija o zajedničkom jeziku)Signatories of the Declaration on the Common Language, official website, retrieved on 2018-08-16. U 2022-yil 21-dekabrda Lissabondagi uyida toʻsatdan vafot etganU Lisabonu iznenada preminuo pisac i prevodilac Dejan Tiago-Stanković va Belgraddagi Yangi qabristonga dafn qilingan. Bibliografiya Ingliz tilida „Estoril“, urush haqidagi romani (London 2017) „Tales of Lisbon“ nomli asarlari bor. Portugal tilida „Estoril“ urush haqidagi romani (Lissabon 2016) „Contos de Lisboa“ (Estoril) „Lisboa ultrasecreta“ (San-Paulu) nomli asarlari bor. Serb tilida „Zamalek“, taqdir haqidagi romani (Belgrad, 2020) „Estoril“, urush haqidagi romani (Belgrad 2015). Manbalar

Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:21-dekabrda vafot etganlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:2-noyabrda tugʻilganlar