Aram Andonian (; 1875 – 1951-yil 23-dekabr) – arman jurnalisti, tarixchisi va yozuvchisi.

Biografiyasi Andonian Konstantinopolda tugʻilgan, etnik arman. U yerda armanlarning „Luys“ (Nur) va „Dzaghik“ (Gul) jurnallariga va „Surhandak“ (Harld) gazetalariga muharrirlik qilgan. Keyin Andonyan Usmoniy imperiyasining harbiy senzura boʻlimida xizmat qildiA Crime of Silence: The Armenian Genocide, by Permanent Peoples' Tribunal, Gerard J. Libaridian, 1985, p. 123.. 1915-yil 24-aprel arafasida Usmoniy imperiyasining ichki ishlar vaziri Talʼat poshoning buyrugʻi bilan hibsga olindi va Usmonlilar poytaxtidan surgun qilingan koʻp sonli arman zodagonlari safiga qoʻshildi. Andonyan Chankiriga surgun qilindi, soʻngra yarim yoʻlda Anqaraga qaytib keldi. Va yana Ras al-Ayn va Meskene lagerlariga surgun qilindiThe Armenian Genocide: Cultural and Ethical Legacies, by Richard G. Hovannisian, Transaction Publishers, 2007, p. 55.. Biroq, Andonian Halabda yer ostida omon qoldiAt the crossroads of Der Zor, by Hilmar Kaiser, Nancy Eskijian, Luther Eskijian — 2002 — p. 93. Britaniya kuchlari Halabmi egallab olganida, turkiyalik quyi mansabdor mulozim, Naim Bey oʻz xotiralarini, armanlarning deportatsiyasi haqidagi hikoyasini nashr etishda Aram Andonyan bilan hamkorlik qilganThe Lions of Marash, by Stanley Elphinstone Kerr — 1973, p. 15. „The Memoirs of Naim Bey“ () 1920-yilda nashr etilgan boʻlib, baʼzan „Andonia telegrammalari“ yoki „Talʼat posho telegrammalari“ deb ham yuritiladi. Telegrammalar 1915—1917-yillardagi arman genotsidi Usmoniy imperiyasining davlat siyosati boʻlganiga toʻgʻridan-toʻgʻri dalil boʻlishi koʻrsatilgan. Ular Sogʻomon Tehlirian sudida dalil sifatida taqdim etilganDadrian, Vahakn. "The Naim-Andonian Documents on the World War I Destruction of Ottoman Armenians: The Anatomy of a Genocide, " International Journal of Middle East Studies, 18 (1986), pp. 311-360..

Robert Melsonga koʻra, Andonianning 1915-yildan keyingi deportatsiya va armanlarning oʻldirilishi haqidagi hisoboti oʻsha davr tadqiqoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlganRevolution and Genocide: On the Origins of the Armenian Genocide and the Holocaust, By Robert Melson, Contributor Leo Kuper, University of Chicago Press, 1996, , p. 147.

1928-yildan 1951-yilgacha Andonian Parijdagi Nubarian kutubxonasiga rahbarlik qildi va Parijni nemislar bosib olganida kolleksiyaning katta qismini yashirishga va saqlashga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, genotsid guvohlarining guvohliklarini toʻplash bilan shugʻullangan.

U asli arman tilida nashr etilgan „Complete Illustrated History of the Balkan War“ () (1-5-jildlar, 1912—1913) kitobining muallifi.

Ishlari

„Շիրվանզադէ“ (Aleksandr Shirvonzodaning tarjimai holi), Konstantinopol, 1911-yil. „Պատկերազարդ ընդարձակ պատմութիւն Պալքանեան պատերազմին“ (Bolqon urushining toʻliq tasvirlangan tarixi) 5 vols. Konstantinopol, 1912—1913 „Այն սեւ օրերուն“ (Oʻsha qorongʻu kunlarda), Boston, 1919. „Մեծ Ոճիրը“ (Buyuk jinoyat), Boston, 1921. The Memoirs of Naim Bey, London 1920.

Yana qarang

1915-yil 24-aprelda arman ziyolilarining deportatsiyasi

Manbalar

Qoʻshimcha oʻqish uchun

Soulahian-Kuyumjian, Rita. The Survivor: Biography of Aram Andonian . London: Gomidas instituti, 2010-yil 9-iyun. .

Havolalar

Aram Andonyanning tarjimai holi

Turkum:Istanbullik yozuvchilar Turkum:1951-yilda vafot etganlar Turkum:1875-yilda vafot etganlar Turkum:Usmonli imperiyasi armanlari