thumb| Fereshteh Forough Xalqaro Migratsiya Tashkiloti videosida Fereshteh Forough (1985-yilda tugʻilgan) – afgʻonistonlik ijtimoiy faol va mamlakatidagi qizlar uchun birinchi kodlash maktabi – Code to Inspire (CTI)ning bosh direktori hamda asoschisi. Shuningdek, gender tengligi va rivojlanayotgan mamlakatlarda raqamli savodxonlik orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy faol ayol.

Taʼlimi right|thumb| Fereshteh Forough Xalqaro Migratsiya Tashkiloti uchun videoda oilasini qoʻllab-quvvatlashni muhokama qilmoqda. Fereshteh Forough Eronda afgʻon oilasida tugʻilgan. U qochqinlikda katta boʻlgan. 2001-yilda Tolibon magʻlubiyatidan bir yil oʻtgach, uning oilasi Afgʻonistonning Hirot shahriga koʻchib oʻtdi.

Forough Eronda adabiyotga ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlagan. U dastlab informatika faniga, umuman, texnologiyaga qiziqmasdi, lekin kollejga kirish imtihonini topshirgandan soʻng ushbu sohaga qiziqishi ortdi. Otasi qizini zamonaviy sohalarda sinab koʻrishga undadi. Keyin u Hirot universitetida kompyuter ixtisosligi boʻyicha bakalavr darajasini, keyinchalik Germaniyaning Berlin Texnik universitetida magistrlik darajasini oldi.

Faoliyati Fereshteh Forough magistrlik darajasini olib, Hirotga qaytgach, oʻzining oʻzi tahsil olgan Hirot universitetida informatika professori boʻldi va u yerda uch yil ishladi. 2015-yil yanvar oyida „Code to Inspire“ ga asos solishdan oldin „Womenʼs Annex Foundation“ hammuassisi va boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlgan. Hozirda Raqamli Fuqarolar Jamgʻarmasi nomi bilan tanilgan ushbu tashkilot notijorat tashkilot boʻlib, qizlar va ayollarni raqamli savodxonlikka oʻrgatadi va rivojlanayotgan mamlakatlardagi qizlarga texnologiya va internetdan foydalanishni taʼminlash uchun faoliyat olib boradi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Olima ayollar