Merksem (ilgargi nomi: Merxem) – Belgiyaning Flamand viloyatidagi Antverpen munitsipalitetining tumani. 2021-yil holatiga koʻra, 44 808 nafar aholi istiqomat qiladi
Tarixi Merksem tarixi Gallo-Rim davriga borib taqaladi. Oʻsha davrda mintaqa Merk (chegara) va Heim (posyolka) Kamerijk yeparxiyasining bir qismi sifatida tilga olingan. Ispaniya davrida Merksem Dominium boʻlgan. 16-asrda Merksem Schotendan ajratilgan.
Oʻrta asrlarda Taxminan 600-yilda franklar oʻsha paytda Merksemning eng baland nuqtasi boʻlgan mahalliy St. Bartolomey cherkovi yaqinidagi hududni mustamlaka qilishni boshlaganlar. 1561-yil may oyida Merksem va Schoten ikkiga boʻlindi.
Hozirgi Bredabaan (Breda yoʻli) Antverpen va shimolda joylashgan shaharlar oʻrtasida darvoza vazifasini bajargan. 1742-yilda yoʻl pullik yoʻlga aylantirilgan.
19-asr 19-asrning boshlarida Merksemda taxminan 750 kishi yashagan. Mahalliy fermerlar, asosan, yaqin atrofdagi Antverpen shahrini somon bilan taʼminlab, Merksem aholisiga „stroboeren“ (somon dehqonlari) laqabini berishgan. 1874-yilda hudud sanoatlashgan boʻlib, yerning katta qismi SA Etablissements Industriels et Commerciaux de Merxem tomonidan sotib olindi.
20-asr Ikkinchi jahon urushi paytida Merksem 1940-yil 20-maydan 1944-yil 4-oktyabrgacha fashistlar Germaniyasi qoʻlida boʻlgan. Mahalliy aholi siyosiy repressiyalar, deportatsiyalar, ochlik, portlashlar va hokazolardan aziyat chekkan.
Iqtisodiyoti Delsey Airlines (VG Airlines) ning bosh ofisi Merksemda boʻlgan"Contact us in Belgium:" Delsey Airlines. 3 December 2002..
Sport va madaniyati Sportpaleis va Lotto Arena Merksem tumanida joylashgan boʻlib, yirik sport tadbirlari, jonli musiqa va festivallarga mezbonlik qiladi. Merksemning futbol jamoasi – „SC City Pirates Antwerp“, Belgiyaning toʻrtinchi divizioni a'zosi.
Galereya
Manbalar
Havolalar
Merksemning rasmiy sayti: http://merksem.antwerpen.be/MIDA (sayt golland tilida). Merksem haqidagi yangiliklar sayti: http://www.stroboerke.be (sayt golland tilida).
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Antwerp tumani Turkum:Antwerp munitsipalitetidagi aholi punktlari