Qamchibek Asanbekovich Koʻlboyev (; 1974-yil 3-avgust, Choʻlponota — 2023-yil 4-oktyabr, BishkekQirgʻizistonda kriminal avtoritet Qamchi Koʻlboyev oʻldirildi) — Kolya-Qirgʻiz nomi bilan ham tanilgan, Qirgʻizistondagi uyushgan jinoyatchilik guruhlarining rahbari. Qonundagi oʻgʻri„Vor v zakone“ — „Qonundagi oʻgʻri“ kim? maqomini olgan birinchi qirgʻiz millatiga mansub shaxs deya eʼtirof etilgan.

Tarjimayi holi Qamchi Koʻlboyev Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyati Choʻlponota shahrida tavallud topgan. U Qirgʻizistondagi uyushgan jinoyatchilarning yetakchisi Risbek Akmatboyevning eng yaqin yordamchisi sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. Ular yillar davomida oʻzlarining jinoiy toʻdalarini shakllantirgan. Keyinchalik 1990-yillarning oxirida sobiq doʻstlar nihoyat janjal qilishgan. Risbek Akmatboyev Qamchibek Koʻlboyevning ixtiyorida boʻlgan bir necha shirkatni tortib olishi ortidan ikkovlon oʻrtasidagi aloqalar buziladiQirgʻiziston: qidiruvda boʻlgan „qonundagi oʻgʻri“ hibsga olindi. 2000-yillarda R.Aqmatboyevning hayotiga suiqasd qilinadi. Uning ikki hamrohi halok boʻldi. Akmatboyevning oʻzi yaralandi. Koʻlboyev ikki kishini oʻldirishda va uchinchi odamning hayotiga suiqasd qilishda ayblangan. Sud uni aybdor deb topib, 25 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Ammo Koʻlboyev jazosini oxiriga yetkazmadi. 2006-yil fevral oyida u 8-sonli axloq tuzatish koloniyasidan (Chuy viloyati Petrovka qishlogʻi) manzil koloniyasiga oʻtkazilgan va tez orada u yerdan gʻoyib boʻlganQirgʻizistondagi mashhur jinoiy avtoritet Kolya Qirgʻiz oʻldirildi. U haqida nimalar maʼlum?. Qirgʻiziston prokuraturasi unga nisbatan respublika Jinoyat kodeksining 336-moddasi (qamoqxonadan qochish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatdi.

Jinoyatlari va narkotik savdosi Koʻlboyev boshchiligidagi jinoiy guruhning 150dan ziyodQirgʻiziston: qidiruvda boʻlgan „qonundagi oʻgʻri“ hibsga olindi yoki 200 ga yaqin aʼzosi boʻlganQirgʻizistonlik narkoqirol Abu Dabida ushlandi. U „Uyushgan jinoiy guruh tuzish“, „Qonunga xilof qurol-yarogʻ muomalasi“ va „Odam oʻldirishga urinish“ va tadbirkorlarning oʻta yirik miqdordagi mol-mulklariga noqonuniy ega chiqish faktlari boʻyicha ayblanganҚирғизистонда таниқли «қонундаги ўғри» Камчи Колбаев махсус операция вақтида ўлдирилди.

Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Melis Turgʻanbayev Qirgʻizistonda narkotiklar noqonuniy aylanmasi sobiq prezidentning ukasi Janish Bakiyev va jinoiy guruhlar rahbarlari Qamchi Koʻlbayev hamda Almanbet Anapiyayev nazoratida boʻlganini aytganQamchi Koʻlbayev ozod qilindi.

AQShning qora roʻyxatiga kiritilishi AQSh hukumati jinoyatchini Bratskiy krug aʼzolaridan biri va yirik narkobaron deb hisoblaydiQirgʻizistonlik „avtoritet“ uchun 5 mln dollar. AQSh nima uchun Bishkekdagi korrupsiyadan tashvishda?. Shu sababli 2011-yilda AQSh Davlat Departamenti tomonidan eʼlon qilingan xalqaro narkosavdogarlar roʻyxatiga uni kiritgan5 млн долларов за киргизского "авторитета". Почему США встревожены коррупцией в Бишкеке.

Siyosatchilar bilan aloqalari Kriminal avtoritet qirgʻizistonlik siyosatchilar bilan yaqin aloqada boʻlganlikda gumon qilingan va tasdiqlanib ham turgan. Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Jogorku Kengesh deputati Oʻmurbek Bakirov „qonundagi oʻgʻri“ Qamchi Asanbek bilan uchrashgani haqida maʼlumot tarqatgan. Ammo deputat Bakirov bu haqiqat emasligini aytib, faktlarni talab qiladi. Ammo MXDQ Koʻlboyevni soʻroq qilish chogʻida u deputat bilan uchrashganini tasdiqlaydi.

2011-yil 1-yanvarda Qirgʻiziston parlamenti spikeri Ahmatbek Keldibekov „Kapriz“ mehmonxonasida Koʻlboyev bilan uchrashganini IIV JQBB boshligʻi tasdiqlaganTilek Alibaev: Spiker parlamenta Kirgizstana vstrechalsya 1 yanvarya 2011 goda v otele „Kapriz“ s kriminalnim avtoritetom Kamchi Kolbaevim.

Davlat rahbarlari bilan aloqalari Qirgʻiziston milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Keneshbek Duyshebayev Qamchi Koʻlbayev prezident Bakiyev davrida uning oilasi bilan birgalikda giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullangani va bu ishda u prezident oilasi himoyasida boʻlganini aytgan. Bakiyevning davrida jinoyatchi qamoqdan oqlanib chiqqanQirgʻizistonlik narkoqirol Abu Dabida ushlandi.

Sportchilar bilan aloqalari 2021-yilda Issiqkoʻlga Eagle FC turniri boʻlib oʻtadi. Unga faxriy mehmon sifatida rossiyalik sportchi Xabib Nurmagomedov tashrif buyuradiV Cholpon-Ate proshel turnir Xabiba Nurmagamedova. Prichem tut Kamchi Kolbaev?. Ushbu tashrifni mahalliy nashrlar Koʻlboyevning tavallud ayyomi bilan boʻgʻlaydiXabib Nurmagomedov kelishi Qamcha Koʻlboyevning tugʻilgan kuni bilan bogʻliqligini rad etdi. Koʻlboyevning oʻgʻli Xabib va Xasbik bilan birgalikda suratga tushgani inernet tarmoqlarida eʼlon qilinadi.

Bundan tashqari, jinoyatchi shaxsiy hayotida erkin kurash boʻyicha ikki karra jahon chempioni Aysulu Tinibekova bilan doʻstona munosabatda boʻlgan. U Aysuluga mashina sovgʻa qilgan, sportchi esa uni mening akam deya izoh berganQamchi Koʻlboyev Aysulu Tinibekovaga avtomobil sovgʻa qildi.

Oilasi Jinoyatchining otasi Asanbek Koʻlboyev 1945-yil 1-iyunda tugʻilgan. U butun hayotini sportga bagʻishlagan u mahalliy sport qoʻmitasiga rahbarlik qilgan, turli turnirlar va musobaqalar uyushtirgan. 2000-yil 7-martda vafot etgan. Uning nomi chorvachilik zavodiga berilgan va Choʻlponotadagi ippodrom uning nomi bilan ataladiЧолпон-Атинский ипподром назвали в честь отца Камчы Кольбаева.

Onasi Aliyeva Maya Saitqulovna 1948-yilda tugʻilgan. U Issiqkoʻl viloyati Orol traktidagi „Asanbek“ dehqon xoʻjaligi hamda „Batipa“ xayriya jamgʻarmasi rahbari va taʼsischisi hisoblanadi. Shuningdek Qamchi Koʻlboyev bir qancha mol mulklarini onasiga xatlab berganCholpon-Atadagi madaniyat үyүnүn jeri krimtөbөl Kamchi Kөlbaevdin apasina өtүp ketken.

Qamchi katta oilada oʻsgan, uning Sveta, Aynura, Raushan, Joʻldosh, Baqit ismli aka-uka va opa-singillari boʻlgan. 2020-yildan buyon uning ukasi Joʻldoshbek KoʻlbayevKolbaev Joldoshbek Asanbekovich Qirgʻiziston Respublikasi Milliy dzyudo federatsiyasi prezidentiRodnoy brat Kamchi Kolbaeva snova stal prezidentom Federatsii dzyudo KR va Osiyo dzyudo ittifoqi vitse-prezidenti hisoblanadiBrat Kamchi Kolbaeva stal vitse-prezidentom Aziatskogo soyuza dzyudo.

Jinoyat olami qoidalariga koʻra, qonundagi oʻgʻrining xotini va farzandi boʻlishi mumkin emas. Biroq, Koʻlboyevning ikki oʻgʻli va uch qizi, bir qancha nevaralari borligi maʼlum. Koʻlboevlar oilasining suratlari ommaviy axborot vositalarida bir necha bor paydo boʻlganKamchi Kolbaev.

U 2017-yilda toʻngʻich qizi Sanirani turmushga uzatgan. Uning qizi bilan raqsga tushgani tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan. Ikkinchi qizi Erkaoyimning toʻyi 2021-yil martida boʻlib oʻtgan. Koʻlboyevga Ruslan ismli 25 yoshli uygʻur yigit kuyov boʻlgan. Toʻy marosimi „Arzu Grand“ restoranida oʻtkazilganКамчы Көлбаев кызын турмушка узатты. Тойдо Мирбек Атабеков ырдады.

Oʻlimi 2023-yilning 4-oktyabr kuni Bishkekda amalga oshirilgan jinoyatchilarni qoʻlga olish amaliyoti chogʻida Qamchi Koʻlboyev oʻldirildiKriminal avtoritet maxsus operatsiya chogʻida oʻldirildi. Maxsus amaliyot chogʻida faqat maxsus xizmatlar ishtirok etgan, militsiya unda ishtirok etmagan. Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Koʻlboyev „qarshilik koʻrsatayotganda“ oʻldirilganini rasman eʼlon qildi. Maxsus amaliyot davomida faqat bir kishi halok boʻlgan, boshqa hech kim halok boʻlmagan yoki yaralanmagan. 5-oktyabr kuni Koʻlboyevning dafn marosimi Choʻlponotada boʻlib oʻtdiQamchi Koʻlboyevning jasadi Choʻlpon-Otada dafn qilindi. Oʻlimidan keyingi holat Qamchibek Koʻlboyevning oʻlimidan soʻng Maxsus xizmat jinoiy guruhning faol aʼzolari sifatida 40 dan ortiq kishini qoʻlga oldi. Jinoyatchilarning tavba qilishi Koʻlboyev oʻdirilganidan soʻng bir nechta jinoyat olamining vakillari video murojatlar tarqatishib tavba qilishganini aytishdi. Qonundagi oʻgʻrilar oʻzlarini maqomidan voz kechishganini eʼlon qilishdi. Norin viloyati MMA federatsiyasi prezidenti Nurlan Omokoyev, Oʻshning „nazoratchisi“ deb ataladigan Almaz Ermekbayev, uyushgan jinoiy guruhning faol aʼzosi Ulan Barchakeyev — Ulan Uzun, Djengo nomi bilan tanilgan Qadir Dosonovning jinoiy guruhi, kriminal avtoritet Soqol laqabli Ulan Toktosunov maqomidan voz kechganini eʼlon qildiKrimavtoritet Sakal uuru statusunan bash tartkanin jariyaladi. Ermekbaev va Omokeyev amaldagi hukumatni qoʻllab-quvvatlashlarini va mamlakat qonunchiligini buzmasliklarini bildirgan.

Shuningdek Rossiyadagi Qirgʻiziston fuqarosi, Qarishqir (Boʻri) laqabli Mursalim Umirzaqov qonundagi oʻgʻri maqomidan voz kechganini YouTube kanalida eʼlon qildiMursalim Umirzakov otkazalsya ot statusa „vor v zakone“. Video.

Sheriklarining hibsga olininshi Koʻlboyev uchun qasos Qamchibek Koʻlboyev uchun „qasos olish“ maqsadida uch nafar „yollanma qotillar“ Qirgʻiziston va Oʻzbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtgani haqida Qirgʻiziston MXQS iddao qilgan. Qirgʻiziston va xorijdagi bir qancha televideniye va internet nashrlari qoʻlga olish chogʻidagi video lavhala namoyish qilishdi. Shunindek ular bir qator fuqarolarning qotilligiga aloqadorligi uchun Oʻzbekiston hududida qidiruvda boʻlganhttps://kun.uz/uz/53295681.

Yollanma qotil deyilgan shaxslarni Qirgʻisziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi bilan „Alfa“ maxsus xizmati hamkorlikda 2023-yilning 13-oktyabr kuni Bishkek shahrida qoʻlga olinganKilleram dali zakaz otomstit za Kolbaeva — GKNB zaderjal inostransev. Ularni oʻsha kunning oʻzida Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirishganZaderjani uzbekistansi, sobravshiesya otomstit za smert Kamchi Kolbaeva.

Manbalar

Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:3-avgustda tugʻilganlar Turkum:Choʻlponotada tugʻilganlar Turkum:4-oktyabrda vafot etganlar Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:Bishkekda vafot etganlar Turkum:Giyohvand moddalar savdosi Turkum:2010-yilgi Qirgʻiziston inqilobi Turkum:Qirgʻizistonlik gangsterlar Turkum:Qonundagi oʻgʻrilar Turkum:Transmilliy uyushgan jinoyatchilik Turkum:Qirgʻizistonda oʻqotar quroldan vafot etganlar Turkum:Qaroqchilar Turkum:Uyushgan jinoyatchilik