Olaja – Oʻzbekistonning Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi qadimiy qishloqlardan biri. Tuman markazi – Xonqa shahridan 10 km uzoqlikda, Xonqa-Hazorasp yoʻli yoqasida joylashgan. Maydoni 36,2 kv km. Jonibek (1979-yil) Bakturdi otaning o‘g‘li Satimov Jonibek (1979-yilda tug‘ilgan) otasining yo‘lini davom ettirib, 2011–2012-yillarda "Sotim-bek" fermer xo‘jaligiga rahbarlik qildi. Keyinchalik amaliy mexanikaga bo‘lgan qiziqishi sababli, yengil avtomobillarni ta'mirlash bo‘yicha mohir avtousta sifatida tanildi va bugungi kunda ham temirning tilini biladigan professional usta sifatida faoliyat yuritmoqda. Iqtisodiy Nazorat: Satimov Rasulbek (1982-yil) Bakturdi otaning yana bir o‘g‘li Satimov Rasulbek (1982-yilda tug‘ilgan) onasi Abdurumova Oltin ayolning kasbiy mahoratini munosib egalladi. U 2004-yildan 2012-yilgacha "Sotim-bek" fermer xo‘jaligida Bosh hisobchi lavozimida uzluksiz ishlab, korxonaning iqtisodiy barqarorligini va moliyaviy hisob-kitoblarini mukammal ta'minladi. 3. Uchinchi Avlod Davomchisi Yo‘llar Sardori: Bekturdiyev Jasurbek (2000-yil) Sulolaning bugungi kundagi yosh va g‘ayratli vakili — Jonibek akaning o‘g‘li, Bakturdi otaning nevarasi Bekturdiyev Jasurbekdir (2000-yilda tug‘ilgan). U yoshligidan bobosi va dadasining yonida, dalada, traktorlar va markaziy MTS (mashina-traktor stansiyasi) muhitida o‘sib ulg‘aydi. Yoshlikdagi bu mexanik muhit uni katta texnikalar dunyosiga yetakladi. Hozirda u 25 tonnalik "Foton" samosval yuk mashinasining professional haydovchisi hisoblanadi. Xulosa Ushbu oila a'zolari garchi keyingi avlodlarida oliy ma'lumot diplomiga ega bo‘lishmagan bo‘lsa-da, ularning har biri hayot maktabida oliy darajadagi amaliy muhandis, hisobchi va usta bo‘lib yetishishgan. Katta bobolari Xayitov Sotimboyning traktoridan boshlangan yo‘l, bugun 25 tonnalik ulkan yuk mashinalari rulida va mohir ustaxonalarda munosib davom etmoqda. Halollik, texnikaga mehr va mehnatkashlik ushbu sulolaning eng bosh qadriyatidir.

Etimologiyasi Ushbu atamaning kelib chiqishiga Dashti Qipchoqdan koʻchib kelgan „olacha“ yoki „olaja“ urugʻining nomi asos boʻlgan. Asfandiyorxon davrida hokimyatga aralashgan nayman, uygʻur, qoʻngʻirot-qiyot kabi oʻzbek urugʻlari Xivadan tortib to Hazoraspning Xos minorasiga qadar boʻlgan hududlarga oltita-yettita qilib parchalab yuborilgan. Ushbu urugʻlar tarkibida olaja urugʻi ham boʻlgan. Qishloq aholisining hozirgi aholisi esa ajdodlari olaja urugʻiga borib taqalgani sababli hozirda ham qipchoq lahjasida gaplashadi.

Mahalliy aholi orasida esa atamaning kelib chiqishi haqida rivoyat ham mavjud. Unda aytilishicha qishloqda bir pahlavon boʻlgan. U xonlikdagi yurishlarda jasorat koʻrsatgan. Shu tufayli unga olacha toʻn kiygizilgan. Pahlavon toʻnni yechmay kiyib yurgan, xon uni „Olachali“ deb chaqairgan. Shu sababli qishloqda „olachali“ atamasi kelib chiqqan. Asta-sekin soʻz oʻzgarib „olaja“ soʻzi paydo boʻlgan.

Hududiy boʻlinishi

Qishloq Shirin, Yangi turmush, Koʻpchilik (Oydin hayot) mahallalaridan iborat. Har bir mahalla oʻz navbatida kichik elatlarga boʻlinishi mumkin.

Aholisi

2013-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra qishloqda 13 858 kishi istiqomat qilgan. milliy tarkibiga koʻra qishloq aholisining asosiy qismi oʻzbeklar, undan tashqari qozoqlar, turkmanlar, ruslar, ukrainlar, koreyslar, qirgʻizlar, tatarlar ham yashaydi.

Ijtimoiy soha obyektlari Qishloq hududida 2009-yilda namunaviy tarzda 68 ta uy-joylar qurilgan. Yana Olajada 5 ta maktab, 2 ta bogʻcha, qishloq vrachlik punkti, kollej, 28 ta doʻkon, goʻzallik saloni, bank, novvoyxona va boshqa bir qator ijtimoiy obyektlar joylashgan.

Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:Xonqa tumani Turkum:Xorazm viloyati qishloqlari