Alexander (1999-yil 1-iyun – 2022-yil 30-iyun) – omma orasida Technoblade nomi bilan mashhur boʻlgan amerikalik YouTuber. Bundan tashqari u oʻzi yasagan Minecraft oʻyini haqida videolari hamda jonli efirlari bilan tanilgan. U Dream SMP guruhining aʼzosi ham hisoblanadi. Technoblade oʻzining asosiy YouTube kanalini 2013-yilda ishga tushiradi. Uning koʻplab videolari Minecraft oʻyini haqida boʻlgan. U koʻproq Minecraftning Hypixel serveridagi mini-oʻyinlarni oʻynaganini ommaga taqdim etgan. 2019-yilda u juda ham mashhur boʻlib ketadi. Bunga asosiy sabablardan biri uning 1vs1dagi ajoyib oʻyinlari edi. Technoblade 2020-yilda Dream SMP guruhiga taklif qilinadi va ushbu taklifni qabul qiladi.

2021-yilning avgust oyida Alexander oʻzida saraton kasalligi borligi haqida maʼlumot beradi. Kasallikga qarshi bir nechta urinishlar samarasiz natija beradi va Technoblade 2022-yilning iyun oyida olamdan koʻz yumadi. Ushbu voqea YouTube hamda Minecraft foydalanuvchilari orasida qaygʻuli reaksiyalarga sababchi boʻladi. Technobladening oʻlimi paytida, uning asosiy YouTube kanalida 11 million obunachi boʻlgan. Internetdagi faoliyati Alexander 2013-yilning 28-oktyabrida YouTube kanalini yaratadi hamda unga videolarni yuklashni boshlaydi. U yuklagan videolarning katta qismi Minecraft oʻyinning Hypixel serveridagi mini-oʻyinlar haqida boʻlgan. 2017-yilda chiqarilgan bir videoda Technoblade poyga oʻyinlari uchun ishlatiladigan ruldan foydalanib, Minecraft oʻyinini hardcore rejimida tugatadi. Boshqa bir videoda boʻlsa, Technoblade im_a_squid_kid nomli foydalanuvchi bilan bellashadi. Ushbu videoda, u Hypixel serverida juda ham koʻp kartoshka ishlab chiqarishga urinib koʻradi. Video esa „The Great Potato War“ nomi ostida YouTubega yuklanadi.

2019-yilda Technobladening mashhurligi juda ham ortib ketadi. Bunda uning Keemstarning „Minecraft Monday“ musobaqalarida gʻolib boʻlganligi katta rol oʻynaydi. Bundan tashqari u, MC Championship nomli chempionatlarda boshqa YouTuberlar bilan birga faol ishtirok etadi. Hatto, ulardan ikkitasida gʻolib ham chiqadi. Cale Micheal Technobladeni Minecraft haqida videolar chiqaradigan eng yaxshi foydalanuvchi deb taʼkidlagan.

Shaxsiy hayoti Alexander 1999-yilning 1-iyunida tavallud topadi. U asosan California shtatining San Francisco shahrida yashagan. 2018-yilda chiqarilgan videoda, Technoblade universitetda oʻqimoqchi ekanligini aytadi. Biroq, 2019-yilda u Minecraft haqida koʻproq video chiqarish uchun universitetni tashlaganini oshkor qiladi.

Technoblade faoliyati davomida intervyular berishni hoxlamagan. Bu uning hamda oilasining maxfiyligini saqlab turgan. Bunga qaramasdan, koʻplab videolarida oʻzining shaxsiy hayoti haqida gapirib oʻtadi. Uning oilasi vafotidan soʻng ham intervyu berishdan bosh tortishadi. 2016-yilda u oʻz ismini Dave ekanligini aytib obunachilarini aldaydi. Oʻlimidan soʻngina uning asl ismi Alexander ekanligi aniqlanadi.

Saraton kasaligi va vafoti

2021-yilning 27-avgustida yuklangan videoda, Technoblade oʻng qoʻlida ogʻriq hamda yelkasidagi shishish haqida maʼlum qiladi. Shifokorlar bularni aniqlagan holda unga saraton kasalligi tashxisini qoʻyishgani haqida aytadi. Ushbu xabarni eshitgan doʻsti YouTuber Dream saraton kasalligiga oid tadqiqotlarni qoʻllab quvvatlash uchun $21,409 hayriya qiladi. Saratonga qarshi kimyoterapiya va radikal terapiya muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Uning onkologi unga qoʻlini amputatsiya qilish kerakligini aytadi. 2021-yilning dekabr oyida Technoblade qoʻlini muvaffaqiyatli operatsiya qildiradi. COVID-19 pandemiyasi paytida u oʻz obunachilariga niqob taqib yurishni va virusga qarshi vaksina olishni masalahat beradi.

2022-yil 30-iyunda, „so long nerds“ nomli video uning YouTube kanaliga yuklanadi. Ushbu videoda Technobladening dadasi farzandi saraton kasalligi tufayli vafot etganini maʼlum qiladi. Technobladening otasioʻgʻlining oʻlimidan 8 soat oldin yozilgan xatni oʻqib eshittiradi. Shuningdek, u kelajakdagi savdo hamda videolardan tushadigan daromadlar Sarcoma Foundation of Americaga hayriya qilinishi va boshqa farzandlarining taʼlim olishi uchun ishlatilishini aytib oʻtadi. Video Technobladening onasi yozgan xabar bilan tugallanadi. Technoblade videoni oʻzi taqdim etishni reja qilgan ammo uning sogʻligʻiga bogʻliq muammolar bunga xalaqit beradi. Shuningdek, videoda The Killersning Exitlude qoʻshigʻi ham qoʻyilishi rejalashtirilgan. Ammo, mualliflik huquqiga oid tashvishlar tufayli bunday boʻlmaydi.

Technoblade hech qachon qanday turdagi saraton kasalligiga chalinganini aytmagan. Bunga qaramasdan, u YouTube faoliyati davomida Sarcoma Foudnation Americaga hayrida qilish uchun $500,000 yigʻadi. Bir nechta nashrlar Technoblade metastatik sarkoma kasalligi tufayli vafot etganligini xabar berishadi, SFA boʻlsa Technobladega sarkoma bilan tashxis qoʻyilganini maʼlum qilishadi.

2022-yilning 20-sentyabrida, SFA Technobladening yelkasidagi ogʻriqli shish tekshirilganda unga 4-bosqichli oʻziga xos boʻlmagan sarkoma tashxisi qoʻyilganini oshkor qilishadi.

Reaksiyalar hamda hurmat Uning vafoti etganligi haqidagi xabar YouTubeda oʻsha kunining trendiga aylanadi. Twitterda esa trend mavzusi boʻladi. Video bir necha kun davomida trendda turadi va birinchi 24 soatda 30 million koʻrishlar soniga erishadi. 2022-yilning avgust oyining oxirigacha ushbu video 80 milliondan ortiq koʻrishlar soni hamda 8 milliondan koʻproq likelarga ega chiqadi. Bu esa videoni Technobladening YouTube kanalida eng koʻp koʻrilgan videoga aylantiradi. Xabar 87 million koʻrishlar soni bilan 2022-yilda YouTube platformasida eng koʻp koʻrilgan video maqomiga ega chiqadi. 2022-yilning avgust oyida Technobladening YouTube kanali 15 million obunachilar soniga erishadi.

Dream va Dream SMPning aʼzolari kabi boshqa YouTuberlar unga nisbatan oilasiga hamdardlik bildiradi. Rasmiy Minecraft twitter akkaunti, Hypixelning asoschisi Simon Collins-Laflamme, va Elon Musklar ham shunday hisyotlarni bildirishgan. YouTube twitterda Technobladening oilasi, doʻstlari hamda muxlislariga chuqur hamdardlik bildiradi. Sarcoma Foundation of America Technobladening hurmati uchun veb-saytida maqola yozadi. Polygon Technobladeni „Minecraftdagi eng mashhur shaxslardan biri“ sifatida tariflaydi.

The New York Times bilan boʻlgan intervyuda Hypixelning bosh adminstratori Don Pereso Alexanderning oilasiga Technobladening oʻlimiga boʻgʻliq boʻlgan fikrlar boshqa yuborilmasligini aytib oʻtadi. Shuningdek, Hypixel jamoasi foydalanuvchilarga bir oy davomida oʻyin ichida bir betlik xabar yozish imkonini berishadi. 2022-yilning noyabr oyida 377,000 dan ortiq xabarlar Technobladening oilasiga yuboriladi.

2022-yilning 2-iyulida Mojang Studios Technobladega hurmat koʻrtasatish uchun Minecraft: Java Edition dasturiga unga atab belgi qoʻshadi. Studiya rasmdagi choʻchqaga toj kiydirishadi. Bu esa Technobladening YouTube kanali logosi va Minecraft oʻyinidagi skiniga oʻxshash edi. Bir oydan soʻnggi yangilanishda rasmdagi tojni olib tashlashadi. Technobladening koʻplab muxlislarining iltimosiga binoan Mojang oʻyinning sarlavha qismiga „Technoblade never dies!“ gapini qoʻshadi.

2022-yilning 28-sentyabrida Sarcoma Foundation of America Technobladening oilasiga SFA jasorat mukofotini taqdim etadi. Ushbu mukofot Technobladening sarkomaga qarshi koʻrsatgan kuch va qatʼiyati uchun beriladi.

Technoblade YouTube kanalining yaratilganidan toʻqqiz yil soʻngra 2022-yilning 28-oktyabrida YouTubening rasmiy kanalida „Technoblade never dies“ nomli video yuklanadi. Bu Technobladening 9 yilligini nishonlash uchun ommaga taqdim etiladi. YouTube uning vafotidan soʻng kuniga oʻrtacha 300 ta „Technoblade never dies“ nomli yangi videolar chiqarilganini maʼlum qiladi. Aynan shu kuni MrBeast kanalida Technoblade ishtirok etgan soʻngi video deb ishoniladigan video yuklanadi.

2023-yilning 23-iyunida Dream „Until I End Up Dead“ nomli oʻzining 4-qoʻshigʻini Technoblade xotirasi uchun ommaga taqdim etadi. Keyinchalik 2023-yilning 26-avgustida Dream Technoblade uchun yana boshqa „The Duel“ nomli klip ham chiqaradi.

Manbalar