Aleksandr Vasilyevich Shevchenko (1883-yil 26-may, Xarkov, Rossiya imperiyasi – 1948-yil 28-avgust, Moskva, SSSR) – sovet rassomi va grafik dizayneri, sanʼat nazariyotchisi, avangard rassomi.
Hayoti 1883-yil 26-may Xarkovda tugʻilgan"Bolshaya sovetskaya ensiklopediya".
1898—1907-yillarda Stroganov nomidagi rassomchilik va sanʼat maktabiga oʻqishga kirgan. 1905-yilda u maktabda oʻqishni toʻxtatib, Parijga joʻnab ketgan va u yerda 1906-yilgacha Ejen Keryer qoʻlida ishlagan va Keryer vafotidan soʻng Etyen Dinet va Jan-Pol Loranlar bilan Julian akademiyasida ishlagan. Parijdan Rossiyaga qaytishdan oldin Angliya, Ispaniya, Misr va Turkiya boʻylab sayohat qilgan.
Moskvaga qaytib, Shevchenko Stroganov nomidagi rassomchilik va sanʼat maktabidagi oʻqishni tugatgan (1907-yil).
1908—1909 yillarda u Moskva rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura institutida oʻqigan, uning oʻqituvchilari A. E. Arkipov va K. A. Korovin boʻlishgan.
1910-yillarda boʻlib oʻtgan Mir iskusstva, Soyuz molodyoji, Osliniy Xvost nomli koʻrgazmalarda Aleksandr Vasilyevich Shevchenkoning asarlari ham qoʻyilganA. V. Shevchenko. Sbornik materialov. – M.: Sov. xudojnik, 1980. – 280 s. – 20 000 ekz.;.
1914-yilda u armiya safiga chaqiruv xati olgan. 1916-yilda Birinchi jahon urushida qatnashgan va yaralangan. 1917-yilda demobilizatsiya qilingan.
U Xalq Maorif Komissarligi sanʼat kollegiyasining adabiy-badiiy boʻlimini boshqargan (1918—1921-yillar) va Moskva rassomlari jamiyati aʼzosi boʻlgan.
1920-yillarning oxiri – 30-yillarning boshlarida Qozogʻiston, Ozarbayjon, Gruziyada boʻlib, sharq mavzularida bir qancha asarlar yaratganStareyshie sovetskie xudojniki o Sredney Azii i Kavkaze. – M.: Sov. xudojnik, 1973..
Aleksandr Vasilyevich Shevchenkoning asarlari hozirgi kunda Moskva Davlat galereyasida, Qoraqalpog‘iston davlat sanʼat muzeyida (Oʻzbekiston), va boshqa shaxsiy galareyalarda saqlanadiKatalog vistavki proizvedeniy A. V. Shevchenko. – M., 1924;.
1941-yildan Moskva toʻqimachilik institutida rassomchilik boʻlimini boshqargan.
U 1948-yilda vafot etgan va Vagankovskoye qabristoniga dafn qilingan.
Manbalar
Turkum:1883-yilda tugʻilganlar Turkum:1948-yilda vafot etganlar Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:Rassomlar Turkum:Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi Turkum:Muzeylar