Muxtorjon Mansurov Toxirjonovich (1978-yil, Uychi tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston ) – texnika fanlari doktori, professor (2023). 2023-yildan Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
Biografiyasi Muhtorjon Mansurov 1978-yil Namangan viloyati Uychi tumanida tavallud topgan.
Mehnat faoliyati 1995—1999-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi.
1999—2001-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika instituti magistranti.
2001—2008-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika instituti umumtexnika fanlari kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchi, dotsent
2008—2010-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika instituti menejment fakulteti dekan muovini.
2010—2011-yillar– Namangan muhandislik-pedagogika instituti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mudiri.
2011—2012-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika institutiumumtexnika fanlari kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi.
2012—2013-yillar – Namangan muhandislik-pedagogika instituti umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri.
2013—2014-yillar – Mingbuloq agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori.
2014—2016-yillar – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi.
2017—2019-yillar – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kadrlar tayyorlash bo‘limi rahbari.
2019—2020-yillar – Namangan muhandislik-qurilish instituti ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, transport logistikasi va xizmatlar soxasi kafedrasi mudiri, mashinasozlik fakulteti dekani.
2019—2020-yillar – Namangan muhandislik-qurilish instituti texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi mudiri.
2023-yildan hozirga qadar Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakulteti dekani.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Namangan muhandislik-qurilish instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Texnika fanlari doktorlari