Shoh Sulton Husayn masjidi () XVIII asrga oid tarixiy masjid boʻlib, Ozarbayjonning Absheron tumanidagi Novxani qishlogʻida, Bokudan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Taxminlarga koʻra, masjid bir vaqtlar qadimiy turar-joy punktlarining markazida joylashgan boʻlib, ushbu hudud hozirda choʻldan iborat.

Tavsifi Shoh Sulton Husayn masjidi Absheron meʼmorchilik maktabi namunalari asosida bunyod etilgan.

Masjidning hajmi nisbatan kichik boʻlsa-da, devorlarga ishlangan meʼmoriy bezaklar masjidning oʻziga xosligini taʼminlaydi. Devorlardagi unchalik katta boʻlmagan naqsh va arxitekturaviy elementlar hozirgacha saqlanib qolgan. Masjidning namoz oʻqish zaliga ham alohida bezaklar bilan ishlov berilgan boʻlib, u yerdagi asosiy elementlardan biri gumbaz hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi zal atmosferasini doimiy saqlash, yoritish va zalda aks sado hosil qilishdan iborat. Masjidning tashqi koʻrinishi va uning meʼmoriy yechimi birgalikda umumlashib ketgan. Namozxona masjidga tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish xonasi bilan birlashtirilgan.

Dinga qarshi siyosat kuchaygan bir davrda, yaʼni 1930-yillarda masjid sovet hukumati tomonidan ziyoratchilar uchun yopib qoʻyilgan. Natijada masjid vayron boʻlib, yaroqsiz holga kelib qolganTurkum:CS1 Russian-language sources (ru).

Galereya

Manbalar

Turkum:Ozarbayjondagi masjidlar Turkum:Ozarbayjon meʼmoriy yodgorliklari