Aleksandr Aleksandrovich Murashov (19-noyabr 1928-yil – 12-oktyabr 1957-yil) – sovet sobiq futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Biografiyasi Murashov oʻz futbolchilik faoliyatini 1950-yilda Moskva dengiz floti klubida harbiy xizmatni oʻtayotgan vaqtida boshlagan va jamoa bilan birgalikda SSSR „A“ toifasidagi ligada ishtirok etgan.

Murashov 1951-yilda „A“ toifasidagi ligada, jamoa uchun quyidagi jamoalarga qarshi 5 ta oʻyinda maydongga tushgan: Zenit Leningrad (0:0), CDSA (0:4), Dinamo Tbilisi (0:0), Shaxtyor Stalino (0:1) va Moskva Spartak (3:5). Mavsum oxirida jamoa SSSR „A“ toifasidagi ligani tark etdi. 1952-yilda Murashov oʻzining eng yaxshi mavsumini oʻtkazdi. 1953-yilda 4 oʻyindan soʻng jamoa tarqalib ketdi va Murashov Moskvaga qaytib keldi. Murashov Moskvada uch yil „Zenit“ jamoasida oʻynadi (1955-yilda Moskva viloyatining Kaliningrad jamoasi).

1956-yilda yanggi tashkil etilgan "Paxtakor" jamoasida oʻynash taklifini qabul qildi. 1956-yil 8-aprelda SSSR chempionatining „B“ toifasidagi birinchi rasmiy uchrashuvida Molotov shahri jamoasiga qarshi (1:0) ishtirok etdi.

Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlarining birinchi Spartakiadasida qatnashib, 4 ta oʻyin oʻtkazgan.

1956-yil 5-noyabrda „Paxtakor“ tarkibida Olimpiada oldidan soʻnggi mashgʻulotni oʻtkazayotgan SSSR terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:11) ishtirok etdi.

Yutuqlari Jamoa

B toifasi gʻolibi: 1950-yil

Shaxsiy

1952-yilgi mavsumda dengiz floti jamoasining eng yaxshi toʻpurari – 9 ta gol

Klub statistikasi

Oʻzbekiston SSR terma jamoasining ishtiroki № Sana Raqib Musoboqa Hisob Oʻynagan daqiqalar Urilgan gollar 1 1956-yil 4-avgust RSFSR I Spartakiada 1:3 90' 2 1956-yil 7-avgust Turkmaniston SSR 3:0 90' 3 1956-yil 9-avgust Moldaviya SSR 3:4 90' 4 1956-yil 14-avgust Estoniya SSR 2:0 90'

Manbalar

Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:19-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1957-yilda vafot etganlar Turkum:12-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar