Artyom Ivanovich Ajgirevich (1976-yil 18-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – rossiyalik olim. 2023-yildan Moskva davlat texnika universiteti rektori.
Hayoti Artyom Ivanovich Ajgirevich 1976-yil 18-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Moskvadagi Suvorov nomidagi harbiy bilim yurtini tugatgan. 2000-yilda Moskva iqtisodiyot va huquq akademiyasini tamomlagan. Artyom Ajgirevichning ilmiy faoliyat sohasi ekologiya hisoblanadi va ushbu sohada 2002-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Dissertatsiya mavzusi esa Intensifikatsiya UF-texnologii obezzarajivaniya vodi
dlya lokalizatsii negativnix vozdeystviy sistem vodosnabjeniya na okrujayushuyu sredu boʻlgan. 2009-yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya davlat boshqaruvi akademiyasi Oliy kasbiy taʼlim davlat taʼlim muassasasida tahsil olgan. 2015-yilda esa Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabida kasbiy qayta tayyorlov kursida oʻqigan. 2007-yildan 2019-yilgacha Rossiya mashinasozlik muhandislari uyushmasi ijrochi direktorining birinchi oʻrinbosari. 2012-yildan 2019-yilgacha Liga sodeystviya oboronnim predpriyatiyam uyushmasi ijrochi direktori. 2019-yildan 2022-yilgacha esa Tver viloyati hokimyati raisining oʻrinbosari. 2023 yil yanvardan – amaldagi Moskva avtomobil va magistral davlat texnika universiteti rektori. Artyom Ivanovich Ajgirevich bir qator nashr etilgan ilmiy va uslubiy ishlar, shuningdek, 40 ga yaqin ixtirolar uchun patent olgan muallif hisoblanadi.
Mukofotlari 2014-yil
Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligining Faxriy mexanik muhandis faxriy unvoni
Rossiya Federatsiyasining ekologik, texnologik va yadroviy nazorat boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari uchun Melnikova medali
2017-yil
Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligining oʻqotar qurollar dizaynerigi sohasida koʻrsatgan xizmatlari uchun Kalashnikov medali
2020-yil
„Vatanga xizmatlari uchun“ medali
Manbalar
2