Lev Nikolayevich Popov (1932-yil 18-mart – 2008-yil 8-oktyabr, Moskva, Rossiya) – sovet va rus arxitektori. Moskva, Novosibirsk, Praga, Boku va Toshkent metropolitenlarining yerosti va yerusti inshootlari loyihachisi.
Hayoti Lev Nikolayevich Popov 1932-yil 18-martda tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng, Moskva arxitektura institutiga oʻqishga kirgan va u yerni 1965-yilda tamomlagan. Mehnat faoliyatini Metrogiprotrans institutida boshlagan. U oʻtgan asrning 70—80-yillarida qurilgan bir necha metro stansiyalari loyihalarining muallifi hisoblanadi. Lev Popov butun dunyoga Moskva metrosining meʼmori nomi bilan mashhur. Biroq, uni bir qancha avangard loyihalari uchun tez-tez tanqid qilishgan. Lev Popov buyuk sovet meʼmori Aleksey Nikolayevich Dushkin tomonidan ishlab chiqilgan meʼmorchilik tamoyillarini qayta koʻrib chiqish orqali oʻzining yangi ijodiy uslubini yaratgan.
Lev Nikolayevich Popov oʻn uchta Moskva metro stansiyalari loyihalarining hammuallifi hisoblanadi. Shuningdek, Boku (Ganjlik bekati, 1967) va Toshkent (Mustaqillik maydoni bekati, 1977) shaharlaridagi metro bekatlarini loyihalashda ham faol tarzda ishtirok etgan. Lev Popovning soʻnggi loyihasi Dostoyevskaya metrosi boʻlib, 2010-yilda meʼmorning oʻlimidan keyin foydalanishga topshirilgangan.
Loyihalari
Moskva metro stansiyalari BekatYoʻnalishIshga tushgan yiliHammuallifChistye Prudy (qayta qurish)11971-yilA. F. FokinaTurgenevskaya61971-yilA. F. FokinaPolejaevskaya71972-yilA. F. FokinaBelyaevo61974-yilV. G. Polikarpova, V. I. KlokovSxodnenskaya71975-yilA. F. FokinaBabushkinskaya61978-yilV. I. KlokovIlyich maydoni81979-yilV. I. KlokovNaximovskiy prospekti91983-yilV. S. Volovich, V. I. Klokov, G. S. MunOrexovo21985-yilV. S. Volovich, G. S. MunBorovitskaya91986-yilV. S. VolovichOtradnoye91990-yilV. S. VolovichRimskaya101995-yilN. V. RasstegnyayevaDostoyevskaya102010-yilN. V. Rasstegnyayeva
Boshqa metropolitanlarning bekatlari Boku: „Ganjlik“ (hammuallif), 1967-yil.
Toshkent: „Mustaqillik maydoni bekati“, 1977-yil.
Novosibirsk: „Garin-Mixaylovskiy maydoni“, 1984-yil.
Praga: „Andel“, 1985-yil.
Mukofotlari Lev Nikolayevich Popov metro stansiyalarini loyihalash boʻyicha tanlovlarda ishtirok etgan. Ushbu tanlovlarda oʻz loyihalari uchun bir necha bor taqdirlangan:
Leningrad – bitta mukofot. Moskva – ikkita mukofot. Minsk – beshta mukofot. Novosibirsk – bitta mukofot. Dnepropetrovsk – bitta mukofot. „Naximovskiy prospekt“ stansiyasi – Sovet arxitektorlari ittifoqining mukofoti.
Galereya
Manbalar
Havolalar Лев Попов. Станция «Московская» в Праге . Иван Николаев. Путь к «Достоевской» Кусочек Москвы на пражском Смихове 18 марта 1932 года — родился выдающийся архитектор Лев Попов
Turkum:Toshkent meʼmorlarlari Turkum:Sovet meʼmorlari Turkum:Moskvada vafot etganlar