Muhiddin Aminzoda (1904—1966) – tojik sovet shoiri, yozuvchi, dramaturg, tarjimon, sozanda, SSSRda xizmat koʻrsatgan artist.
Hayoti Muhammad Aminzoda 1904-yil 22-martda o'qituvchi oilasida tug'ilgan. U 1925-yilda Samarqand pedagogika bilim yurtini tamomlab, muallimlik faoliyatini boshlagan. 1928—1929-yillarda Toshkent milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida pedagogik va musiqiy taʼlim olgan. Shundan so'ng, musiqa maktabida dars bergan. 1932-yildan boshlab, Xoʻjand musiqali drama teatrida adabiy direktor lavozimida ishlagan. 1937-yildan Dushanbe musiqali teatrida (1940-yildan Tojikiston opera va balet teatri) faoliyat yuritgan. Ijodi davomida u ikki marta (1954, 1957) „Hurmat Belgisi“ ordeni bilan mukofotlangan.
Ijodi Muhiddin Aminzoda ijodiy faoliyatini 1924-yilda boshlagan va uning ijodi tojik sovet sheʼriyatida alohida oʻrin tutadi. 1920—1930-yillarda yozgan sheʼrlarida u Oktyabr inqilobini ulugʻlagan, eski turmush tarzi, feodal dunyosi qoldiqlari va o‘tmish anʼanalariga qarshi fikr bildirgan. U shuningdek ayollar ozodligi uchun kurashgan va baxtli hayot haqida yozgan. Sovet yoshlari va tojik xalqining yangi hayot qurishdagi yutuqlari, Vatan, fan va bilim yutuqlarini ulugʻlagan. „Teshaboy“, „Suxani komsomol“, „Ba Modaram-Vatanam“ kabi asarlarida tojik xalqining fashizmga qarshi qahramonligini tasvirlagan.
Muhammad Aminzoda 1935-yildan boshlab Tojikiston SSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi bo'lgan. U tojik sovet adabiyotida satirik sheʼriyat asoschilaridan biri sifatida tanilgan. Aminzoda sheʼrlari ixcham va tili sodda, u qoʻshiqlar muallifi sifatida ham mashhur bo‘lgan. Aminzoda ellikdan ortiq qoʻshiqlarni yaratgan muallifdir.
Tanlangan asarlari Sheʼriy toʻplamlari „Nur“ (1935), „Yaylov“ (1937), „Bahori Vatan“ (1939), „Sadoizafar“ (1944), „Majmuai sheʼrho“ (1952), „Sheʼrhoi Muntaxab“ („Tanlangan sheʼrlar“, 1949), „Paxtakorlarga“ (1954), „Sheʼrho“ (1956), „Bahoridil“ (1964) va boshqalar Nasr „Leninobod“ (hikoya) Pyesalari „Sharaf“ (musiqiy pyesa)
Tarjima faoliyatida Aleksandr Pushkin, Mixail Lermontov, Ivan Krilov, Taras Shevchenko, Alisher Navoiy, Maksim Gorkiy, Xamza , Gʻafur Gʻulom ijodlaridan tarjima qilgan
Oilasi Xotini – Oydin Yaxyayevna Usmonova, Tojikiston SSR xalq artisti Qizi – Ozod Aminzoda, shoira Qizi – Zebo Aminzoda Muxiddinovna, sovet tojik aktrisasi, raqqosa, xoreograf, xoreograf, oʻqituvchi. SSSR xalq artisti (1986). Oʻgʻli – Muhsin Aminzoda, shoir, Tojikistonda matbuot va televideniyeda ishlagan
Mukofotlari Ikki karra „Hurmat Belgisi“ ordeni (1954-yil 23-oktabrKatalog va 1957-yil 24-aprelKatalog) SSSR medallari Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist
Xotira Xo'jandda Muhiddin Aminzoda uy-muzeyi ochilgan va Dushanbedagi maktablardan biri uning nomi berilgan.
Manbalar
Adabiyotlar Таджикская национальная энциклопедия : [25 томов ] / Главный редактор А. Курбонов ; 2011—2017, том 1). - ISBN 978-99947-33-45-3 .