Yuriy Antoniyevich Izrael – sovet va rus meteorologi, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi (1994, 1974-yildan beri SSSR Akademiyasi muxbir aʼzosi). CNN maʼlumotlariga koʻra, Vladimir Putinning prezidentlik davridagi eng nufuzli ilmiy maslahatchisi boʻlgan, ammo Izraelning oʻzi bu bayonotni rad etgan.

Izrael 1969–1972-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Amaliy geofizika institutiga va 1974–1991-yillarda SSSR Gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish davlat qoʻmitasiga (1978-yilgacha SSSR Vazirlar Soveti Gidrometeorologiya xizmati bosh boshqarmasi) rahbarlik qilgan. Yuriy1990–2011-yillarda Global iqlim va ekologiya instituti (Roshidromet va RAS IGCE) asoschisi va birinchi direktori boʻlgan.

U Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo komissiya raisining oʻrinbosari va WMO vitse-prezidenti ham boʻlib faoliyat yuritgan.

SSSR Oliy Kengashi deputati (1979–1989), KPSS aʼzosi (1981–1990).

Biografiyasi Yuriy Antoniyevichning xotiralariga koʻra, uning otasi Antoniy Ivanovich Izrael Estoniyada Vilyandi shahri yaqinida tavallud topgan, millati eston boʻlgan. 1914-yilda Birinchi jahon urushiga ketgan va inqilobdan keyin harbiy tibbiyot institutini tamomlagan. Petrograd akademiyasida shifokor boʻlib ishlagan. Antoniy Ivanovich 1932-yilda kasallik tufayli demobilizatsiya qilingan va Oʻrta Osiyo Davlat universitetida ish boshlagan. Qisqa muddatda odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasini boshqargan. Onasi, Antonina Stepanovna Shatalina, millati rus boʻlgan. 1925-yilda Saratov universitetini tugatgandan soʻng, Toshkentda ish boshlagan. Keyinchalik Antonina Shatalina Oʻrta Osiyo davlat universitetida ishlagan va 1944-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildan. Antoniy Izrael rahbarlik qilgan kafedrada professor lavozimida ishlagan.

Tanqid Izrael Chernobil AESdagi avariya vaqtida Gidrometeorologiya davlat qoʻmitasi raisi boʻlgan. Shuningdek, uning rahbarligi davrida SSSRda havoning ifloslanishi misli koʻrilmagan darajaga yetgani uchun tanqidlarga uchradi. 2004-yilda „Nature“ jurnalida chop etilgan maqolada Quirin Schiermeier va Bryon MacWilliams Yuriyni „qazib olinadigan yoqilgʻi kommunisti“ deb atashgan.

Bibliografiyasi 400 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 24 ta monografiya yozgan. Ulardan yettitasi xorijiy tilga tarjima qilingan va nashr etilgan.

Manbalar

Turkum:Qoraqalpogʻiston ASSR Millatlar Kengashi deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2014-yilda vafot etganlar Turkum:23-yanvarda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:15-mayda tugʻilganlar Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 4-darajali ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 3-darajali ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 2-darajali ordeni sohiblari