Oʻzbek masjidi () – tarixiy masjid, Iroqning Bagʻdod shahridagi al-Rusafa tumanida joylashgan. U oʻzining arxitekturasi va 17-asrga oid tarixi bilan ajralib turadi. Masjid Bagʻdodga koʻchib kelgan va shu yerda istiqomat qilgan oʻzbek xalqi (masjid nomini olgan) bilan aloqadorligi sababli ham oʻziga xosdirHistory of Baghdad Mosques and their Antiquities – Authored by Mahmoud Shukri Al-Alusi. Shayx Jalol Hanafiy 1930-yillarning oxirida masjidning imomi va voizi boʻlgan.
Tarixi
Sugʻorish ishlari, ziyoratgoh holati va ahamiyati left|thumb| Masjidning eski tashqi koʻrinishi, 1917–1919. Masjidning qurilishi 1682-yilda Buxoro xonligi amiri Abdulazizxon tomonidan 1650-yilda Bagʻdodda haj safari chogʻida vafot etgan amakisi Qulixon qabri ustida qurilish qilgan davridan boshlangan. Ukasi Subhonqulixon 1680-yilda xonlik taxtini egallaganidan ikki yil oʻtib, Abdulazizxon amakisining huzurida boʻlish uchun masjidga joylashadi. Usmonlilar sultoni Murod IV davrida koʻplab oʻzbeklar Bagʻdodga koʻchib kela boshlagan va masjid oʻsha paytda shaharda yashovchi oʻzbek xalqining yigʻilish markazi sifatida tanilgan. Masjid 1818-yilda Bagʻdodning Mamluk hokimi Dovud Posho hukmronligi davrida vayrona ahvolda boʻlgan, shu sababli u masjidni taʼmirlab, kichik minora barpo ettiradi, bu holat masjidni diqqatga sazovor joylardan biriga aylantiradi. Masjidda Dovud Posho tomonidan tashkil etilgan madrasa ham mavjud.
Keyingi yillari va qayta qurishi 1917-yilda ingliz askarlari Bagʻdodga bostirib kirgach hospis masjid binosiga koʻchiriladi. Masjid keyinchalik 1961-yilda Abdulkarim Qosim davrida sobiq Mudofaa vazirligini kengaytirish ishlari davomida buzib tashlangan va hozirgi koʻrinishida qayta qurilgan. 2019-04-05. Archived from the original on 2019-04-05. Retrieved 2023-06-23.. U buzib tashlanishidan biroz avval madrasada taʼlim berish ishlari tugatilib, oxirgi muallim Shayx Salim bin Mustafo boʻlgan. Masjid keyinchalik rahbarning boshpanasiga aylandi. 1963-yilda Abdulqosim hukumatini agʻdargan Ramazon inqilobi paytida Qosim hibsga olinishdan oldin masjidda bir necha kun tunab, keyin qatl etilgan. Hozirda masjid Sunniy Vaqf idorasi tomonidan nazorat qilinmoqda va al-Ahmadiya masjidi yaqinidagi al-Maydan maydonida joylashgan.
Oʻzbek masjidining taniqli shaxslari orasida 1930-yillarning oxirida uning imomi va voizi boʻlgan Shayx Jalol al-Hanafiy va bu masjidda omma oldida maʼruzalar oʻqigan islom huquqshunosi va olimi Abdulkarim Zaydon ham boʻlgan.
Tavsifi Hozirgi masjid qayta qurilishidan avval farqli koʻrinishga ega boʻlgan hamda kichik minoraga ega boʻlmagan. Masjid ikkita minoradan iborat boʻlib, eskisida faqat poydevori saqlanib qolgan va Bagʻdoddagi eng kichik minora boʻlgani bilan ajralib turadi. Ikkinchisi yangi minoradirHistory of modern Baghdad Mosques by Yunis al-Samarrai. Minora yonida baland gumbaz borThe history of the Baghdad hospice and the Sufi sheikhdom in the Ottoman era, 2014.
Galereya
Yana qarang
Iroqda islom Iroqdagi masjidlar roʻyxati Bagʻdoddagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Adabiyotlar
Zamonaviy Bagʻdod masjidlari tarixi (2023), Yunis as-Samarrai Turkum:Bagʻdoddagi masjidlar Turkum:Iroqdagi sunniy masjidlar Turkum:17-asr masjidlari Turkum:Iroq arxitkturasi Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Buxoro arxitekturasi Turkum:Ashtarxoniylar